1-MA`RUZA
Mavzu: Virusologiya predmeti va vazifalari
Reja:
1. Viruslarni kelib chiqish tarixi.
2. Virusologiya predmeti xaqida tushuncha.
3. Viruslarning o‗ziga xos xususiyatlari
Tayanch iboralar: virion, kapsid, kapsamer, nukloid, gemosorbsiya, gemaglyutinasiya.
Virusologiya fanining tarixi, rivojlanish etaplari.
1. Viruslarning birinchi bo‘lib 1892 yilda D.I. Ivanovskiy kashf qilgan (tamaki bargi kasalligi
bilan shug‘illangan).
2. 1911 yilda P. Raus onkogen viruslarni kashf qildi.
3. 1917 yilda F. D Erell ichburug‘ bakteriofagini kashf qildi.
4. E. Gudpascher E Vudraff 1931 y. Va F. Bernet 1933 y. Viruslarni tovuq embrionida
o‘stirishni kashf qilishdi.
5. I.G‘.Enderes va bosh. 1949 yilda poliomielit virusini ko‘paytirishda hujayra kulturasidan
foydalandi va virusologiyaga viruslarni ajratib olish usullarini olib kirdi.
1.
1950 – 1960 yillar virusologiya fanining oltin davri deb yuritiladi, bu davrda ko‘plab
viruslar (enteroviruslar-Koksaki, YeSNO, respirator – adenoviruslar, resperator sintsital virus)
kashf qilindi.
2.
1970 -1980 y.y. elektron mikroskop, ultiratsentrifuga kashf qilinishi viruslarning
strukturasini chuqur o‘rganishga olib keldi.
3.
Bu yillarda bioximiya, molekulyar biologiya fanlari o‘ta rivojlana boshladi, ularda
o‘tkazilgan eksperimental tajribalar ob‘ekti deyarli bakteriyalar yoki viruslar xisoblangan. Bu
davrda virusologiya fani molekulyar darajada rivojlandi.
4.
Viruslar – alohida podisholik Vira ga kirib quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
1) bitta tip nuklein kislotasi tutadi (DNK yoki RNK);
2) o‘zining oqsil sintez qilovchi va energetik sistemasi bo‘lmaydi;
3) hujayra tuzilishiga ega emas;
4) diz‘yunktiv (alohida-alohida) usulda reproduktsiyaga ega (virus oqsillari va nuklein
kislotalari har xil joylarda sintezlanadi.
5) viruslarning obligat parazitligi genetik darajada bo‘ladi, shuning uchun ularning genetik
parazitlar deb ham yuritiladi;
6) Viruslar bakteriologik filtrlardan o‘tib ketadi;
Virusologiya fani mikrobiologiya va immunologiya fanlari kabi juda keng o‗rganilgan tibbiy-
biologik fanlardan biri xisoblanadi. Viruslar tabiatda xilma-xil bo‗lib, yuqimli kasalliklarning
etiologik omillardan xisoblanadi.
Virusologiya fanini rivojlanishida birinchilardan bo‗lib 1796 yilda Angliya vrachi E.Djenner
virusi infeksiya sanalgan –chechakga qarshi vaksina ishlab chiqdi.
Virusologiya faninig rivojlanish davrlari.
XX asr 30-40 yillarida viruslarni o‗stirish va aniqlash uchun laboratoriya hayvonlari
ishlatilishini, bularga sichqon, kalamush, quyonlarda gripp viruslari o‗rganildi. 40- yillarning
oxirida tovuq embrionni qo‗llash yo‗lga qo‗yildi.
Sun‘iy oziq muhitlarida, hujayra to‗qima kulturalarida viruslarni o‗stirish mumkinligi aniqlandi.
Viruslardan vaksinalar tayyorlandi. Poliomielit (shol) kasalligiga qarshi Solk-Sebin,
CHumakov, Smorodinsovlar tomonidan o‗ldirilgan va tirik poliomielit vaksinasi ishlab chiqildi.
1960 yillarda molekulyar biologiyaning asosiy metodlari ishlab chiqildi. Bunda viruslar
tuzilishi, ularning hujayraga kirish yo‗llari, metodlari o‗rganildi.
1970 yillarda viruslarning submolekulyar tushunchalar- yangiliklar ochildi, bunda nuklein
kislotalar va oqsillar birligi strukturasi o‗rganildi. DNK va RNK tutuvchi viruslar aniqlandi.
Viruslarni kelib chiqishi to‗g‗risida xar xil taxminlar bor. Ba‘zi bir avtorlarning ko‗rsatishicha
bakteriyalarning yoki bir xujayrali organizmlarning eng oxirgi paydo bo‗lgan natijasidir. Bunda
regressiv evolyusiya gipotezi deb yuritiladi.
2-gipoteza bo‗yicha viruslar hujayrali hayot bo‗lguncha paydo bo‗lgan qadimgi avlodlar
deyiladi.
3-gipotezada viruslar hujayraning genetik elementlaridan paydo bo‗lishgan, bular avtonom
xolda bo‗lgan, shuning uchun viruslarning genetik materiali (DNK, RNK) har xil, chunki ular
shu elementlarning qaysi birlaridandur paydo bulgan va shuning uchun har xil degan
taxminlarni aytadilar.
Viruslar klassifikatsiyasi
Virusologiya tabiatda nihoyatda keng tarqalgan va nihoyatda mayda bo‗lgan viruslar
to‗g‗risidagi fandir. Virus- ―Virus‖ so‗zi hayvon zaxari ma‘nosini bildirib, bu L.Paster
tomonidan berilgan. Viruslar ko‗pgina yuqimli kasalliklarning sababchilari ekanligi aniqlangan.
1892 yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan tamakining mozaik kasalligining sababchisi viruslar
ekanligini birinchi bo‗lib isbotladi. Virusologiya fanining rivojlanishida olimlardan Morozov
M.A., Zilber L.A., CHumakov M.P.,Smorodinsov A.A., Jdanov V.M.lar ishlari nihoyatda katta
ahamiyatga ega.
2. Virusologiya predmeti haqida tushuncha
Ma‘lumki, XIX va XX asrlarda viruslar olamini ochgan rossiyalik olim Dmitriy Iosifovich
Ivanovskiy (1864-1920) virusologiya fanining asoschisi bo‗lib hisoblanadi. Hali talabalik
davridayoq, ta‘til vaqtida, u tamaki ishlab chiqarishda katta iqtisodiy zarar keltirayotgan tamaki
mozaikasi kasalligini o‗rganishga kirishdi. U zararlangan tamaki barglaridan tayyorlangan
sharbatni bakteriyalar o‗tadigan Shamberlan filtridan o‗tkazganda, bu kasallikni filtrdan o‗tuvchi
juda mayda mikroorganizmlar qo‗zg‗atishini va sun‘iy yuqtirilganda bu mikroorganizmlar
kasallik keltirib chiqarish qobiliyatiga ega ekanligini aniqladi.
Viruslar -juda mayda hujayrasiz biologik obyekt hisoblanib, ular tirik hujayralarning
(o‗simliklar, bakteriyalar, hasharotlar, hayvonlar) genetik apparatida doimiy parazitlik qilishi
bilan boshqa organizmlardan farqlanadi. Viruslar genomida faqatgina bir turdagi nuklein kislota
bor. Hayotning barcha shakllari, ya‘ni o‗simliklardan to odam organizmigacha viruslar bilan
zararlanishi mumkin. Ulaming xo'jayin hujayrasi genetik apparatiga yangi ma‘lumotlarni olib
o‗tish qobiliyatiga egaligi barcha tirik organizmlar biologik evolyusiyasi va o‗zgaruvchanligida
muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, olimlar o‗sma kasalliklari, ateroskleroz, diabet, ruhiy
va asab kasalliklari hamda boshqa yuqumli patologiyalarning kelib chiqishini ham viruslar bilan
bog‗lashmoqda.
Mikrobiologiya asosida hosil bo‘lgan virusologiya fani hozirgi vaqtga kelib, mikrobiologiya
sohasidan ajralib chiqdi va mustaqil fundamental ilmiy yo‗nalishga aylandi.
Virusologiya fani yuqumli kasalliklar bo‗yicha ishlayotgan shifokorlarning nazariy tayyorgarligi
va amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Virusologik tekshirish usullarining takomillashib
borishi, molekulyar biologiya, genetika, bioximiya, fizika va matematika fanlari yutuqlaridan
keng foydalanish hisobiga virusologiya tez rivojlanib bormoqda. Bu fanning keng ko‘lamda
o‗qitilishi natijasida virusologiya ko‗plab yutuqlarga erishmoqda.
Viruslar hayotning elementar birligi bo‘lib, molekulyar biologlar va genetiklar uchun ideal
obyekt hisoblanadi. XX asrda viruslarga bog‗liq buyuk biologik yangiliklar qilindi, bunda oqsil
va nuklein kislotalar sintezining mexanizmi aniqlandi va genetik kod ochib berildi.
Oxirgi o‗n yillikda bakterial infeksiyalar epidemiyasining kamayishi va virusli yuqumli
kasalliklaming oshib ketishi kuzatilmoqda. Viruslar keltirib chiqargan yuqumli kasalliklar
umumiy yuqumli kasalliklaming 80% ini tashkil qiladi. Gripp, adenovirusli infeksiyalar, virusli
gepatitlar va virus tabiatli boshqa infeksiyalar jamiyat salomatligiga va iqtisodiyotga katta ziyon
yetkazadi. Tabiatda ko‗plab o‗ta xavfli viruslar mavjud bo‗lib, g‗arb siyosatchilari ulardan
biologik urushda samarali vosita sifatida foydalanish mumkin deb baholamoqdalar.
0‗zbekiston Respublikasida virusologik xizmat tarmoqlari mavjud bo‗lib, ular barcha viloyatlar
sanitariya - epidemiologik tashkilotlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, 1978 yildan boshlab
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni Saqlash Vazirligiga qarashli Virusologiya Ilmiy Tadqiqot
Instituti ishlab kelmoqda.
Bu o‗quv qo‗llanma magistrlar tayyorlash va talabalarga virusologiya kursi bo‗yicha dars o'tish
uchun tavsiya qilinadi.
3. Viruslarning o‗ziga xos xususiyatlari (ta‘rifi)
Viruslar - bu mustaqil genom (DNK yoki RNK) tuzilishiga ega bo‗lgan, tirik organizmda yoki
hujayra kulturalarida ko‗paya olish (reproduksiya) va moslashish (adaptasiya) hamda
o‗zgaruvchanlik xususiyatlariga ega bo‗lgan hayotning hujayrasiz shaklidir.
Hozirda odamlar, umurtqali hayvonlar, qushlar, baliqlar, o‗simliklar va mikroorganizmlami
zararlovchi viruslar juda ko‗p uchraydi.Viruslar boshqa mikroblardan mutlaqo farq qiladi va
alohida - Virapodsholigiga kiradi.
Viruslarning xususiyatlari:
Viruslarda sitoplazma, yadro, mitoxondriya va ribosoma kabi organellalar yo‗q, shuning uchun
ularda hujayraviy jarayon bo`lmaydi.
Viruslar o‗z tarkibida genom vazifasini bajaruvchi faqat X nuklein kislota (DNK yoki RNK)
tutadi. Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va energiyani boshqaruvchi tizimi yo‗q, ya‘ni
to‗liq xo'jayin hujayrasiga bog‗liq bo‗lmagan genetik darajadagi qat‘iy hujayra ichi paraziti
hisoblanadi. Viruslar dis‘yunktiv usulda ko‗payadi va sezuvchan hujayrada reproduksiyalanadi,
bunda u xo‗jayin hujayra resurslari va biosintetil tizimlaridan foydalanadi.
Viruslarning 2 xil ko‗rinishi farqlanadi - hujayradan tashqaridagi va hujayra ichi
virusi.Hujayradan tashqaridagi virus fanda virion deb nomlanadi (esk adabiyotlarda nomlanishi -
virusli bo‗lakcha). Bu hayot faoliyatini namoyon etmaydigan yetilgan virus ko‗rinishidir. Virion
virusni tashqi muhitda saqlash va uni bir organizmdan boshqa bir organizmga hamda„ bir
hujayradan boshqa bir hujayraga o‗tkazish vazifasini bajaradi.
Hujayra ichi virusi —vegetativ virusdir. U zararlangan hujayrada reproduksiyalanadi, produktiv
infeksiyani qo‗zg‗atadi, virionning yangi avlodi shakllanadi va natijada hujayra halok bo‗ladi.
Reproduksiya jarayoni tugallanmasdan ham qolishi mumkin, bunda virion hosil bo‗lmaydi va
abortiv infeksiya kelib chiqadi.
Ayrim viruslar o‗zining genetik material ini xo‗jayin hujayra xromosomasiga provirus
ko‗rinishida o‗tkazish qobiliyatiga ega. Provirus bo‗linish jarayonida hujayra xromosomasi bilan
birgalikda replikatsiya qilinadi va yangi qiz hujayraga o‗tadi. Virusli infeksiyaning bunday
shakli integrativ deb nomlanadi va uzoq vaqt saqlanishi yoki yana produktiv infeksiyaga
aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |