3-ta’rif. Bo‘sh to‘plamlar sinfining umumiy xossasiga esa son 0 soni deyiladi, 0= n(∅). 0 soni va barcha natural sonlar birgalikda nomanfiy butun sonlar to‘plamini tashkil qiladi. Bu to‘plam N0 ko‘rinishida belgilanadi. N0 = {0}∨N. Bu yerda, N — barcha natural sonlar to‘plami.1 3. Nomanfiy butun sonlarni taqqoslash. Sonlarni taqqoslash qanday nazariy asosda yuz berishini aniqlaylik. Ikkita nomanfiy butun a va b son berilgan bo‘lsin hamda ular chekli A va B to‘plamlar bilan aniqlansin. 4-ta’rif. Agar a va b sonlar teng quvvatli to‘plamlar bilan aniqlansa, u holda ular teng deyiladi. a = b ⇔ A ~ B, bu yerda n(A) = a; n(B) = b. Agar A va B to‘plamlar teng quvvatli bo‘lmasa, u holda ular bilan aniqlanadigan sonlar turlicha bo‘ladi. 5-ta’rif. Agar A to‘plam B to‘plamning o‘z qism to‘plamiga teng quvvatli va n(A) = a; n(B) = b bo‘lsa, a son b sondan kichik deyiladi va a < b kabi yoziladi. Xuddi shu vaziyatda b son a sondan katta deyiladi va b > a kabi yoziladi. a < b⟺A ~ B, bu yerda B1⊂B va B1≠B B≠∅. 4. Nomanfiy butun sonlar yig‘indisi, uning mavjudligi va yagonaligi. To‘plamlar ustida bajariladigan har bir amalga shu to‘plamlar bilan aniqlanadigan sonlar ustidagi amallar mos keladi. Masalan, o‘zaro kesishmaydigan A va B to‘plamlar birlashmasidan iborat C to‘plam Ava B to‘plamlar bilan aniqlanadigan a va b nomanfiy butun sonlarning yig‘indisi deb ataluvchi c sonni aniqlaydi. 6-ta’rif. Butun nomanfiy a va b sonlarning yig‘indisi deb n(A)=a; n(B)=b bo‘lib, kesishmaydigan A va B to‘plamlar birlashmasidagi elementlar soniga aytiladi. a + b = n(A∪B), bu yerda n(A) = a; n(B) = b va A∩ B =∅. Berilgan ta’rifdan foydalanib, 5 + 2 = 7 bo‘lishini tushuntiramiz. 5 — bu biror A to‘plamning elementlari soni, 2 — biror B to‘plamning elementlari soni, bunda ularning kesishmasi bo‘sh to‘plam bo‘lishi kerak. Masalan, A = {x; y; z; t; p}, B= {a; b}to‘plamlarni olamiz. Ularni birlashtiramiz: A∨B = {x; y; z; t; p; a; b}. Sanash yo‘li bilan n(A∨B) = 7 ekanligini aniqlaymiz. Demak, 5 + 2 = 7. Umuman, a + b yigindi n(A)=a, n(B)=b shartni qanoatlantiruvchi kesishmaydigan A va B to‘plamlarning tanlanishiga bog‘liq emas. Bu umumiy da’voni biz isbotsiz qabul qilamiz. Bundan tashqari, butun nomanfiy sonlar yig‘indisi har doim mavjud va yagonadir. Boshqacha aytganda, biz qanday ikkita nomanfiy a va bsonlar olmaylik, ularning yig‘indisi — butun nomanfiy c sonni har doim topish mumkin. U berilgan a va b sonlar uchun yagona bo‘ladi. Yigindining mavjudligi va yagonaligi ikki to‘plam birlashmasining mavjudligi va yagonaligidan kelib chiqadi. Yigindi ta’rifidan foydalanib, «kichik» munosabatiga boshqacha ta’rif berish mumkin: 7-ta’rif. ∀a, b∈N uchun a = b + cbo‘ladigan cson topilsa, b < a(yoki a > b) deyiladi. (∀a, b∈N)(∃c∈N)(b < a⟺a = b + c). 1.6. Qo‘shish amalining xossalari. 1°. Qo‘shish amali kommutativdir: (∀a, b∈N0)(a+b=b+a), ya’ni ixtiyoriy nomanfiy butun a va b sonlar uchun a + b = b + a tenglik o‘rinli. Isbot. a = n(A), b = n(B) va A∩B = ∅bo‘lsin, a+b=n(A∪B)=n(B∪A)=b+a (to‘plamlar birlashmasining kommutativligiga asosan). 2°. Qo‘shish amali assotsiativdir: (∀a, b, c∈N0) a + (b + c) = (a + b) + c). Isbot: a = n(A), b = n(B), c = n(C) va A∩B = ∅, B∩C = ∅, A∩C = ∅bo‘lsin. a + (b + c) = n(A ∪(B∪C)), (a + b) + c = n((A∪B)∪C) to‘plamlar birlashmasining assotsiativligiga ko‘ra A∪(B∪C) = (A∪B)∪C. Demak, a + (b + c) = (a + b) + c. 3°. 0 ni yutish qonuni: (∀a∈N0) a + 0 = a. Isbot. a = n(A), 0 = n(∅), a + 0 = n(A∪∅) = n(A) + n(∅), A∪∅ = A bo‘lgani uchun. 4°. Qo‘shish amali qisqaruvchandir: (∀a, b, c∈N0) a + c = b + c.⟺a = b, Isbot.a = n(A), b = n(B), c = n(Q)bo‘lsin. A = B⇒A∪C = B∪Cbo‘ladi. Qo‘shish amali ta’rifidan N(A)=n(B)⇒n(A∪C) = n(B∪Q, a = b⇒a + c = b + c. 5°. Qo‘shish amali monotondir: (∀a, b, c∈N0) a < b ⇒a +c< b +c. Isbot.a = n(A), b = n(B)bo‘lsin. a < b ⇒A~ B1⊂B, bu yerda B1≠B, B1≠∅,u holda
A∪C ~ B1∪C⊂B∪C ⇒a + c < b + c. «<» munosabati N0 to‘plamda qat’iy tartib munosabati bo‘lishini isbot qilamiz. Buning uchun «<» munosabatining tranzitiv va asimmetrik ekanligini ko‘rsatamiz. tranzitivligi: a <b∧b <cbo‘lsin, 7-ta’rifgako‘ra, shundaykvahsonlartopiladiki, b = a + kvac=b + h bo‘ladi, bundanc = b + h = (a + k) + hvaqo‘shishningassotsiativligigako‘rac = a + (k + h)ekanliginiyozishmumkin, buesaa < cdeganxulosaniberadi.
asimmetriklikni teskarisini faraz qilish yo‘li bilan isbotlaymiz. Faraz qilaylik, bir vaqtda a < b va b < ao‘rinli bo‘lsin. Bundan tranzitivlik xossasiga ko‘ra a < a ekanligi kelib chiqadi, demak, farazimiz noto‘g‘ri va bir vaqtda a < b va b < a bo‘lishi mumkin emas, degan xulosaga kelamiz.
Nazorat uchun savollar: Nazariyani aksiomatik qurish to‘g‘risida ma’lumot bering.
Natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi tarixi haqida ma’lumot.
Nomanfiy butun sonlar to‘plamini to‘plamlar nazariyasi asosida qurish.