1-Ma`ruza. O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining manbashunoslik masalalari. (XIX asrning ikkinchi yarmi 1917 yil). Reja



Yüklə 79 Kb.
səhifə1/7
tarix25.09.2023
ölçüsü79 Kb.
#148097
  1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib


1-Ma`ruza. O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining manbashunoslik masalalari. (XIX asrning ikkinchi yarmi - 1917 yil).
Reja:
1. Mavzuning manbashunosligi.
2. Rossiya imperiyasining O`rta Osiyoda o`z ta`sirini mustahkamlash yo`lidagi qat`iy harakatlari.
3. Ingliz-rus raqobatining kuchayishi.
4. Chor Rossiyasining O`rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlarining keskinlashuvi.
5. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.

Rossiya hukmron doiralarining Turkiston yerlarigag‘arazli maqsadlardako‘z olaytirishlari hali o‘lkadashayboniylar hukmronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan. Kavkaz, Volgabo‘yi, Sibir va O‘rtaOsiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy va asriy orzusi bo‘lgan. «Grozno‘y» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Ivan IV ning Moskvauchinchi Rim, to‘rtinchi Rimning esa bo‘lishi mumkin emas, degan so‘zlarida anashu maqsad ro‘y-rost aks etgandi. Shu orzuni amalgaoshirishni Ivan «Grozno‘y»ning o‘zi boshlab beradi, 1553-yili Qozon va 1556-yilda Ashtarxon xonliklarini bosib oladi. Moskva davlati 1581-yildaSibirdagi musulmon podsholigigahujum qilib, uni zabt etadi. Rus davlati O‘rtaOsiyo mintaqasigako‘z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng ko‘lamda josuslik ma’lumotlarini to‘play boshlaydi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshchiligidagi elchilarning faoliyatidayaqqol namoyon bo‘ladi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Richard vaRobert Jonsonlar 1558–1559-yillarda, Moskvasavdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov 1621-yildaXiva, Buxoro vaSamarqandga asosan o‘lkani o‘rganish vajosuslik ma’lumotlarini to‘plash maqsadidakelgan edilar. Lekin Turkistonni Rossiyagaqaram qilish uchun to‘g‘ridanto‘g‘ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlanadi. U o‘zining Sharqqanisbatan tajovuzkorlik siyosatini, O‘rta Osiyo va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o‘tirmaydi. «Sharq bilan aloqada Qozog‘iston tasarrufi kalit va


Darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab mablag‘ sarflasa ham Qozog‘istonni bo‘ysundirish yoki hech bo‘lmasau yerda Rossiya ta’sirini o‘rnatish zarurdir» , deydi Pyotr I.
V.P.Vejevskiy, L.I.Neplyuev.«Orenburgskiy kray». ªozon, 1897, 1-jild 136-bet.
Pyotr I Hindiston boyliklarigasuqulib qarayotgan edi. U faqat qulay vaziyatni kutardi. Bunday vaziyatni 1714-yildaturkman zodagonlarining vakili Xo‘ja Nafas Peterburggaborib Amudaryodaoltinli qumlarning o‘pligi to‘g‘risidabergan ma’lumoti tezlashtiradi. Oltin vaboylik vasvasasi bilan Pyotr I tajovuzkorlik siyosatini amalgaoshirish maqsadidaO‘rta Osiyoga1717-yildabiz yuqoridatilga olgan knyaz Bekovich-Cherkasskiyni kattaqo‘shin bilan yuboradi. Ammo Xiva xoni Sherg‘ozixon tomonidan bu qo‘shin batamom qirib tashlanadi. Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida dushmanlik vaziyati kuchaydi. Pyotr I O‘rta Osiyo yerlariga bo‘lgan o‘z tajovuzkorligidan voz kechmadi. U Buxorogajosuslik maqsadlaridaelchi qilib italiyalik Florio Benevenini jo‘natadi. Bu safar ham muvaffaqiyatsiz chiqadi va Benevenining o‘zi zo‘rg‘a jon saqlab qoladi vafaqat Pyotr I o‘limidan so‘ng 1725-yildaRossiyagaqaytadi. Florio Beneveni hali Buxoroda bo‘lgan chog‘idayoq josuslik ishlari bilan shug‘ullanadi varus podshosigayozgan xatlarining chetlaridashifrovkabilan maxfiy xabarlarni yuboradi. Anashu xildagi xatlardan biridabunday xabar beriladi: «Amudaryo Samarqand tog‘laridan boshlanadi va ayniqsa, oltingaboy qumlari Badahshondan Gioqchadaryosiga oqib keladi. Yerli xalq tog‘lardagi yirik oltinlarni qazib oladi. Shuningdek ular loyqasoy suvlarigaqo‘y terisini yoyib qo‘yib, so‘ngraoftobdaquritadilarda, sof oltin zarralarini terib oladilar. Bu tog‘lardaoltin vakumush izlash man etilgan, ularni maxsus sarbozlar qo‘riqlaydi.Buxoro yerlaridamis, achchiqtosh, ruh vatemir ham topiladi. Xivaning Shayxjayli tog‘laridakumush ma’danlar mavjud. Mazkur kondan xabar topgan Xiva xoni Arokxon qo‘rqib ketib bir konchini tiriklayin ko‘mdirib yuborgan. Chunki xazinadaragi qo‘shni xonliklargayetib borsayanag‘animlik boshlanishi mumkin, edi».Xususan, rus elchisi o‘z shohigashunday maslahat beradi: «Agar Siz o‘z xazinangizni yanaboyitish niyatini hosil qilsangiz bu joylarga tadorlik ko‘ring.
Chor atrofdan ko‘p xavf tug‘ilmasligi ayon. Chunki, Xiva, Buxoro o‘zbeklari, shuningdek Paytxon (atxoy)lar ham birbirlari bilan urushib turadilar. Faqat hindlar tinch, ammo ularning ham knyazlari o‘zaro urishishadi. Toshkentliklar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar vaqozoqlar hech qachon Sizgaxalaqit bermaydilar». «Aytishlaricha, – deb yozadi A.S.Pushkin, – Pyotr I o‘limi
oldidan ikki narsani amalgaoshiraolmagani uchun armon bilan ketayotganini aytgan; Prut yonidagi jangdaTurkiyadan yengilganini vaBekovichning o‘limi uchun Xivadan o‘ch ololmagani uchun qattiq afsus chekkan.»
O‘rta Osiyoni bosib olish maqsadidaPyotr I zamonidayoq Qozog‘istonning zabt etilgan hududlaridaharbiy qal’alar va istehkomlar qurilaboshlangan edi. 1717-yildaOmsk, 1718-yildaSemipalatinsk, 1720-yildaUst-Kamenogorsk, 1742-yilda Orenburg qal’alari quriladi. Faqat XVIII asrning o‘zida Chor ma’murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog‘iston hududlarida 46 takatta va 96 ta kichik harbiy qal’a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning boshlaridahar uchalaJuzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostidaog‘ir ahvolgatushib qoladi. 1723-yildaro‘y bergan og‘ir ocharchilik qozoqlarning o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf ostigasolib qo‘yadi. OqibatdakattaJuz jungarlargasiyosiy qaram bo‘lib qoladi. O‘rta Juz Buxorogako‘chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning bir qismi esaXiva xonligigatobe bo‘ladi. Bunday og‘ir vaziyat KattavaKichik Juzning xoni Abulxayrxonni o‘z hokimiyatini saqlab qolish vaqalmiqlar xataridan saqlanish ilinjidachor hokimiyati bilan yaqinlashuvgamajbur etadi. Anashu tariqa1731-yildaKichik Juz, 1731–1740-yillardaesaKattaJuz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligigao‘tadi. Bu Pyotr I orzu-armonlarining ro‘yobgachiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma’murlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlarigaqulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq Yevropadagi davlatlar o‘rtasidagi vaziyatning
O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mambetovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi SHohruxiy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
XIX asr o’rtalariga kelib chor Rossiyasi va Angliya davlatlarning mustamlakachilik siyosatidagi manfaatlari O’rta Osiyoda to’qnashdi. Har ikki davlatning Turkistonga bo’lgan qiziqishlari bundan ancha avvalroq boshlangan bo’lib, har ikki davlat ham Turkistonni o’z manfaatlari doirasiga kiritishga harakat qilardilar. XIX asr boshlaridanoq Angliya o’zining Hindiston va Afg’onistondagi mulklaridan turib o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalarini boshlab yubordi. Angliya siyosatchilari Rossiyaning o’zbek xonliklari bilan tobora iqtisodiy jihatdan yaqinlashib borayotganidan tashvishga tushib, xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishidan xavsirardi. O’z navbatida Rossiya ham Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizi sharqidagi yerlarni bosib olishdan tashvishga tushgan edi. Bu siyosiy o’yinda Angliyaning asosiy maqsadi o’zbek xonliklarini birlashtirib, Rossiya impreriyasi tomonidan bosib olinishiga yo’l qo’ymaslik va shu bilan birga O’rta Osiyo bozorlarini egallashdan iborat edi. Angliya o’z maqsadlarini amalg aoshirish uchun XIX asr 30 – yillaridan boshlab O’rta Osiyo xonliklariga o’z elchilari va missionlarini yubora boshladi.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin