Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishga kirishish.Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va uning bitmas tuganmas boyliklariga egalik qilishni bir asrlar avval o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik ma’lumotlariga tayangan holda Petr I O’rta Osiyoni qo’lga kiritish uchun dastlab qozoq juzlarini bo’ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni ilgari surgan edi. Turliy o’llar bilan qozoq yerlariga kirib kelgan ruslar birin ketin zab etilgan yerlarda harbiy qal’alar va istehkomlar ko’ra boshladi. 1717 yilda qurilgan Omsk, 1718 yilda qurilgan Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust`-Kamenogorsk, 1735 (1742 -?) yil qurilgan Orenburg qal’alari kabi mustahkam harbiy istehkomlar ruslarning bu yerdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo’lga kiritgan yerlar bilan qanoatlanib qolmasliklarni bildirardi. 1731-1740 yillar davomida Kichik va Katta qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o’tish Rossiyai mperiyasining O’rta Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi hududlarni qo’lga kiritganlaridan so’ng, Rossiya davlati chegaralari bevosita o’zbek xonliklari chegaralari bilan tutashib qolgan edi. Biroq Rossiyaning Yevropada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi O’rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari qosimov ruslarga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi. Bu qo’zg’olonlarni bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo’lgan general Obruchev, polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hech qanday natijaga erisha olmadilar. Bunda xulosa chiqargan rus hukumati bepayon qozoq dashtlarida ko’plab harbiy qal’alar va istehkomlar ko’rishga kirishdi. Natija XIX asr o’rtalariga kelib qozog’iston hududlarida