60 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida o’zbek xonliklariga qarshi kurashga puxta tayyorgarlik ko’rilganligini bildirar edi. Chor Rossiyasining xonlikarga qarshi harbiy yurishlardan dastlabkilaridan biri 1839 yilda Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf Pervskiy tomonidan amalga oshirildi. 1839 yil 16 fevralda tasdiqlangan rejaga ko’ra Xivagacha bo’lgan 1300 chaqirim masofa uch oy ichida bosib o’tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining kuchli qarshiligiga duch keldi va 1045 kishi o’ldirildi, 609 kishi yarador bo’ldi. Harbiy yurish esa to’laligicha mag’lubiyatga uchradi. Keyingi yillarda ruslar xonliklar bilan chegaralarda kichik-kichik harbiy to’qnashuvlar bilan cheklangan bo’lsalarda, bu hududlarda o’z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish va endi qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo’ygan edilar.XIX asrning 50 – yillariga kelib Rossiya mohiyatiga ko’ra adolatsiz va bosqinchilik xususiyatiga ega bo’lgan mustamlakachilik yurishlarini qo’qon xonligiga qarshi faollashtirib yubordi va xonlikka qarshi rosmana urush harakatlarini boshlab yubordi. Deyarli o’rta asrlarga xos qurollanishga ega bo’lgan qo’qon xonligi zamonaviy quro-yarog’larga ega bo’lgan va Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan dahshatli dushmanga qarshi urushga kirdi. Bu vaqtga kelib qozog’iston hududlarini egallab olgan Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari qo’qon xonligi hududlariga ikki yo’nalishda Orenburg harbiy okrugi va /arbiy Sibir harbiy okrugi tomonidan harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1851-1852 yillarda polkovnik Karabashevboshchiligidagi harbiy otryad Ili daryosidan kechib o’tib, To’ychibek qal’asini bosib oldi, Orenburg yo’nalishida mayor Engman Yoqubbek Badavlat boshchilik qilgan qo’qon xonligi sarbozlarini mag’lubiyatga uchratdi va yordamga yetib kelgan polkovnik Blaramberg otryadlari yordamida qushqo’rg’on, CHimqo’rg’on va Kumushqo’rg’on istehkomlarini qo’lga kiritib, vayron qildi. 1852 yilda xonlikning