A. Berns, Stoddart, Konnoli, Abbot, Shekspir kabi bir qancha ingliz missionerlari XIX asrning 30-50 yillari davomida birnecha bor o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun kelgan bo’lsalarda, ularning hammasi o’z maqsadlariga yeta olmadilar. XIX asr o’rtalariga kelib, Rossiya va Angliya o’rtasidagi raqobat va keskinlik chuqurlashdi. 1856 yil 19 martda har ikki davlat o’zaro keskinlikni yumshatish maqsadida bitim imzolaydi. Biroq bu bitim ham vaziyatning yumshashiga ta’sir ko’rsata olmadi. 1858 yil mart oyida Angliya parlamenti Hindistonda mustamlaka siyosatini amalga oshirish va Turkiston xonliklari bilan savdo aloqalarini kengaytirish ko’zda tutuvchi qarori va mahsus qo’mita tashkil etdi. Bu esa rus hukumatining qattiq tashvishga soldi va o’zbek xonliklarini bosib olish masalasini kun tartibidagi birinchi o’ringa olib chiqdi. Dastlabki harbiy harakatlar qo’qon xonligiga qarshi qaratildi. Rossiya imperiyasining keyingi yillaridagi olib borgan tashqi siyosati Angliya bilan keskin vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Har ikki davlat ham yuz berishi muqarrar bo’lgan harbiy to’qnashuvning oldini olib, 1869 yilda muzokaralar o’tkazdi. Bu muzokaralar ikki davlat o’rtasidagi betaraf hududni aniqlab berishi lozim edi. Biroq Rossiya hukumati Angliyaning betaraf hudud Afg’oniston va O’rta Osiyo bo’lishi kerak degan talabiga qarshi chiqib, betaraf hudud Afg’oniston bo’lishi, O’rta Osiyo esa Rossiya imperiyasi ta’sir doirasida bo’lishi kerak degan siyosatni ilgari surdi. Oqibatda bu masala ochiq qoldi. Keyinchalik Rossiyaning O’rta Osiyodagi bosqinchilik siyosatini kuzatib turgan Angliya hukumati vakili, Hindiston vitse-qiroli Forsayt 1873 yildi yashirincha Toshkentga keldi va Kaufman bilan uchrashib, Rossiyaning O’rta Osiyoni butunlay bosib olishga roziligin iva Afg’oniston betaraf hudud bo’lib qolishni bildirdi. Shu tariqa Angliya va Rossiya o’rtasidagi O’rta Osiyo masalasida yuzaga kelgan raqobatchilik rus diplomatiyasining ustunligi bilan tugadi. Biroq Angliyaning aralashuvi bilan Buxoro amirligi o’z mustaqilligini qisman saqlab qolishga erishdi.
Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi. 1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga yetib keldi va amirlik haqida birqancha ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. 1920 yilda A.F.Negriboshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meyendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq ma’lumot yig’ish uchun keldi. G.Meyendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi. 1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan qozon universitetining Sharqshunoslik fakulteti talabasi P.CH.Demizonrahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Ja’far nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta muhim bo’lib, Rossiya bilan Xiva o’rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bo’lishini aniqlashdan iborat edi. 1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya yuborildji va unga Turkistondagi mavjdu oltin va boshqa ma’dan konlarini xaritalashtirish topshirildi. SHuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik ma’lumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi. 1841 yil Buxoroga N.Xanikov boshchiligidagi missiya o’z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va O’rta Osiyo flora va faunasini o’rganishga kirishdi. 1843 yilda N.Xanikov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq hisobt tegishli idoralar uchun yo’llanma sifatida «Opisanie Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi. 1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevgayanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi. Xuddi shunday missiyalar Xiva va qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan. 1820 yilda kapitan Murav`yov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yo’l ochadi va butun O’rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Murav`yovning maslahatlariga amal qilgan graf Perovskiy rus hukumatining roziligini olib, 1839 yil Xivaga yurish qiladi va to’la mag’lubiyatga uchraydi. Yurish ishtirokchisi M.Ivanin «Opisanie zimnego poxodav Xivu (1839-1840gg)»nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa eklogik urush e’lon qilish, ya’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bu g’oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham o’tib ketgan edilar. 1858 yil O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignat`ev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar ekan, «O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olishkerak» – mazmunidagi o’ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni chiqaradi. Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Xonliklar orasida birlikning yo’qligi, ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlik ularni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.