1-Ma`ruza. O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining manbashunoslik masalalari. (XIX asrning ikkinchi yarmi 1917 yil). Reja



Yüklə 79 Kb.
səhifə7/7
tarix25.09.2023
ölçüsü79 Kb.
#148097
1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza O`rta Osiyo xalqlarining chor Rossiyasi tomonidan bosib

Niyozbek qal’asiga hujum qiladi. Ruslar bilan hozirgi qibray tumanidagi Do’rmon, Uymovut atroflarida bo’lib o’tgan qisqa to’qnashuvlardan so’ng Niyozbek qal’asi bosib olinadi. Bu voqea 29 aprelda sodir bo’lgan va bunda shaharlik ayrim xoin kimsalar ruslarga yordam ko’rsatgan edilar. Bosqinchilar shaharga kiradigan suvni Chirchiq daryosiga burib yuboradilar. Bu habar qo’qonga yetishi bilanoq Aliquli Amirlashkar barcha harbiy kuchlarni olib Toshkent mudofaasiga otlanadi. U Toshkentning Mingo’rlik mavzesiga 8 may kechasi yetib keladi va ortiqcha tayyorgarliklarsiz 9 may erta tongdanoq ruslarga qarshi janglarni boshlab yuboradi. Salor arig’i atroflarida bo’lib o’tgan jangda mudofaachilar dastlab ruslarga qattiq zarba berib ularni chekinishga majbur qiladilar, kunning o’rtalariga yaqin ruslar zambaraklardan o’q otib jangni boshlaydilar. Aliquli ham keyingi yillarda takomillashtirilgan xonlik zambaraklarining ruslarga qarshi o’q otishlarini shaxsan o’zi boshqarib boradi. Shu vaqtda uning yaqinida ruslarning zambarak snaryadi portlaydi va Amirlashkar og’ir yarador bo’ladi. Kunning ikkinchi yarmida u vafot etadi va bundan habardor bo’lgan fitnachi qirg’iz va qipchoq sarbozlari jang maydonini tashlab ketadilar. Mudofaa ishlarining butun og’irligi shahar aholisi ustiga tushadi. Shahar ulamolarining sa’y-harakatlari bilan Buxoro amridan so’ralishi ham natijasiz tugaydi. Shaharliklar bosqinchilarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Biroq kuchlarning teng emasligi, oziq-ovqat va suvsizlik, qurol-yarog’larning kamligi mudofaachilarning mag’lubiyatiga sabab bo’ladi. Ruslar 1865 yilning 16-17 iyun` kunlari shiddatli janglar qilib, Toshkent shahrini bosib oladilar. Ruslar tomonidan bosib olingan joylarning barchasi Rossiya mulki deb e’lon qilindi.
Jizzaxning bosib olinishi va erjar yonidagi mag’lubiyat amir Muzaffarxonning K.P. Fon Kaufman bilan sulh shartnomasi tuzish fikriga olib keldi va u Kaufmanga sulh shartnomasi imzolashni taklif qildi. Biroq, Kaufman amir Muzaffar oldiga og’ir shartlarni qo’ygach, sulhdan umidini uzgan amir Muzaffar Turkiya sultoni Abdulazizxonga, Afg’oniston amiri SHeralixonga va Turkmanlarga o’z elchilarini yuborib, Rossiyaga qarshi kurashda harbiy madad so’radi. Biroq bu elchiliklar ijobiy natijaga erisha olmadilar. Fon Kaufman Buxoro amiriga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirib 1868 yil 1 may kuni Samarqandga qarshi kurash boshladi. Amirlik Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari o’rtasidagi jang Samarqand yonidagi Cho’pon ota tepaligida bo’lib o’tdi. qattiq va shiddatli tarzda kechgan harbiy to’qnashuvdan so’ng, 2 may kuni Samarqanda shahri ruslar tomonidan bosib olindi. O’rta Osiyodagi yuz berayotgan voqealarni kuzatib turgan chet el ommaviy axborot vositalari bu voqealarni o’z matbuotlarida yoritib o’tdilar. Ulardan birida ruslar Samarqandni bosib olishi butun urushlar tarixida eng katta shovqshuvli voqea bo’ldi, Jahongir Temur poytaxtning bosib olinishi rus qurolining qudrati deya baholangan bo’lsa, Samarqandning ruslar tomonidan bosib olinishi halqlarimiz uchun juda katta yo’qotish bo’ldi. Garchi amir qo’shinlari mag’lubiyatga uchragan bo’lsalarda, halq urushni davom ettirish va bir tomchi qonlari qolguncha dushmanga qarshi kurashga harakat qiladilar. Samarqanda shahrini qaytarib olish uchun jang Zirabuloqda bo’ladi. Zamonaviy qurol-yarog’lar va 8000 dan ortiq qo’shinga ega bo’lgan Kaufman amir Muzaffar qo’shinlari bilan shiddatli janglar olib borishga majbur bo’ladi. Buxoroliklar Zirabuloq jangida katta qaxramonliklar ko’rsatishga qaramay mag’lubiyatga uchraydilar. Zirabuloqda janglar davom etayotgan bir paytda qarshi, Kitob va SHahrisabz beklari o’z qo’shinlari bilan Samarqandliklarga yordamga yetib keladilar va Samarqandda qoldirilgan rus garnizonini mag’lubiyatga uchratadilar. Bundan habar topgan Kaufman zudlik bilan Samarqandga yetib keladi va vatan himoyachilariga qarshi kurash boshlaydi.1868 yilning 2 iyunidan boshlangan Samarqand qo’zg’olonida Kitob Begi Bobobek va SHahrisabz begi Jo’rabeklar katta jasorat ko’rsatadilar. Bu qo’zg’olon rus qo’shinlari tomonidan 8 iyunda bostiriladi va juda ko’p begunoh shahar aholisi qirg’in qilinadi. Samarqanda va Kattaqo’rg’onning bosib olinishi, CHo’ponotp va Zirbuloqdagi mag’lubiyatlardan so’ng amir Muzaffar 1868 yil 23 iyunda general-gubernator Fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. Bunga ko’ra amirlik o’z mustaqilligini yo’qotib, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi yerlardan mahrum etiladi va 500 ming oltin to’lashga, mustaqil tashqi siyosat yuritmaslikka majbur etiladi. Bu voqealardan so’ng amirning katta o’g’li Abdumalik to’ra Jo’rabek, Bobobek, Sulton Sodiqlar bilan birgalikda ruslarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ruslarga va amir Muzaffarga qarshi qaratilgan bu kurash rus harbiylar tomonidan bostiriladi. Buxoro amirligi esa bundan buyon Rossiya imperiyasining vassal davlatiga aylanadi.
Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin