1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish


Tabiiy xom ashyolardan biologik faol moddalarni ekstraktsiya usuli bilan olish



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə12/13
tarix20.11.2023
ölçüsü40,08 Kb.
#165412
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1.majmua

Tabiiy xom ashyolardan biologik faol moddalarni ekstraktsiya usuli bilan olish.Bu bir qancha jarayonlar asosida olib boriladi.Kerakli moddani begona moddalardan ajratish juda qiyin. Kerakli modda erkin holda bo’lmaydi, u to’qimalarda boshqa moddalar bilan bog’langan bo’ladi. Uni erkin holatga ya'ni erituvchiga o’tkazib chiqazish zarur. Buning uchun asosan jarayon sxemada keltirilgan:
Biologik faol modda

erituvchi

(spirt, efir)

tayyor mahsulot
Yuqoridagi sxemada ko’rinib turibdiki, biologik faol moddani ko’proq erituvchiga o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Misol uchun, paxta urug’idan yog’ olish uchun
1) qobig’i olib tashlanadi.
2) spirt, efir, xloroform, benzol kabi yaxshi, arzon bo’lgan erituvchi tanlanadi.
3) ekstraktorda ekstraktsiya olib boriladi.
Oblepixa eziladi va suvda ekstraktsiya (anti ekstraktsiya) qilinadi.
Fitin xom ashyoning tarkibida 12 % bo’ladi, zavodda o’simlikdan 3,7 % gina fitin olinadi. Chunki u o’simliklar to’qimasida oqsillar va boshqa moddalar bilan mustahkam bog’langan bo’ladi. Shuning uchun oqsillar polisaxaridlar (tsellyuloza) xalaqit beradi. Ya'ni biotexnologiyani qo’llab, sellyuloza, protennaza, amilaza fermentlarini xom ashyoga berib, mahsulotning chiqish unumini 8 % ga oshishini kuzatishdi.
Xom ashyo → ishlov berish → ekstragent → ekstragent
Ferment → suv + ekstrakt – ta'sirida keraksiz narsalar cho’kmada qoladi.
Mikrobiolog olim Raximov M.M. biotexnologiya uslublarini qo’llash bilan mahsulotning chiqish unumi oshdi.
Ekstraktsiyadan so’ng filtr qog’ozdan, filtr kortondan yoki bo’z matodan o’tkazilib suziladi, so’ng sentrifuga qilinadi.
Shundan so’ng modda ekstraktga erkin holda o’tadi. Endi ekstraktni tozalash zarur. Uni yo cho’ktirish, bug’latib kondensatsialash yoki boshqa narsalarni cho’ktirib, uni eritmada qoldirish kerak. Demak, ekstraktsiya qilgan zaxoti uni ajratish zarur. Chunki eritmada xar xil reaksiyalar ketishi mumkin, natijada kerakli modda buziladi.
Ajratish turli xil usullarda olib boriladi:

  1. Kimyoviy

  2. Fizikaviy

  3. Fizik-kimyoviy

Tabiiy xom ashyolardan dorivor vositalarni ekstraktsiyalab olishning xar xil usullari bor. Ba'zi fermentlar avtolizga kam uchraydi, suv va tuz aralashmasi bilan ekstraktsiya qilinsa bo’ladi. Masalan: Karboksipeptidaza, amilaza, elastaza (pankreato-peptidaza), kollogenaza fermentlarini NaCl (elektrolit) eritmasida ekstraktsiya qilsa bo’ladi. Oshqozon osti bezi fermentlarni elektrolitga ekstraktsiya qilsa ribonukleazani chiqarsa bo’ladi, chunki bu ferment avtolizga uchramaydi. Kislotali ekstraktsiyaga qilsa ribonukleaza, dezoksiribonukleaza, ximotripsin, spirtlarining suvli eritmalari yoki setoplazmalarida ekstraktsiya qilsa bo’ladi. Gialuronidazani xloroform qo’shilgan fiziologik eritmada ekstraktsiya qilinadi.
Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin