Xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklarga bo’lgan qiziqishning oshib borishi va ularni o’rganish faqat o’z tibbiyotida qadimdan an‘anaviy ravishda ko’plab dorivor o’simliklar qo’llab kelgan davlatlar (Hindiston, Xitoy, Vetnam, Birma, Filipgaga, arab davlatlari, boshqa Janubi — Sharqiy Osiyo davlatlari, Afrika davlatlarida) gina emas, balki kimyoviy sintez yo’li bilan ko’plab dorilar olishi mumkin bo’lgan kimyo farmatsevtika sanoati yaxshi taraqqiy etgan davlatlarda ham kuzatilmoqda.Butun dunyo xalqlarining an‘anaviy tibbiyotida qo’llaniladigan dorivor o’simliklar shu kunlarda ham ko’pchilik olimlarning jiddiy e‘tiborini o’ziga tortmokda. Chunki, ularni har taraflama va chuqur o’rganish ko’pincha yaxshi natijalarga olib kelmokda. Yangi biologik faol moddalar ajratib olish va ular asosida yangi, samarali fitopreparatlar yaratish yo’lga ko’yilmokda yoki ma‘lum bo’lgan biologik faol moddalarning yangi manbaalari topilmoqda. Pirovardida tibbiyot amaliyoti yangi dorivor preparatlarga ega bo’lmokda. Xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklarning farmakologik tasiri o’rganilganda ularning hammasi o’zini tabobatda ishlatilishini tasdiklaydi deyish qiyin va albatta xato bo’ladi. Lekin o’tkazilgan farmakologik, keyinchalik klinik sharoitidagi o’rganishlar an‘anaviy tibbiyotda ishlatiladigai dorivor o’simliklarning ko’nchiligi o’zlarini ishlatishlarini tajribalarda tasdiqlashlarini ko’rsatmoqda. N.R.Farisvort, O.Lkrsle va boshqalarning (39) tekshirishlari shunday natijalarga olib keldi. Mualliflar ilmiy tibbiyotda qo’llaniladigan 119ta fitopreparatlar (o’simliklardan olingan) ni ta‘siri yoki ishlatilishini ularning olinadigan manbalari -o’simlik-larini ananaviy tibbiyotda qo’llanishi bilan solishtirib ko’rishgan. Natijada 119 fitopreparatlardan 78 (65,54 %) tasini hozirgi zamon ilmiy tibbiyotida qo’llanishi va ularni olish manbalari bo’lgan dorivor o’simliklarni an‘anaviy tibbiyotda ishlatilishi bir xil ekanligini kuzatganlar. Misol tariqasida quyidagi preparatlarni va ularni olingan maibalari - o’simliklarini keltirish mumkin: bahorgi adonisdan -adonizid; belladonadan –atropin 6,7; ko’knoridan -kodein, morfin –papaverin; kuzgi savrinjondan -kolxitsin; may marvaridguldan konvallyatoksin; kulrang rauvolfiyadan -rezerpin; ilon rauvolfiyadan -rezerpin; qizil angishvonaguldan -digitalin va gitalin; ipekakuanadan —emetin; qalqonsimon podofillumdan -podofillotoksii; oddiy qizilmiyadai -glitsirrizin; qora mingdevonadan -giossiamin;tishli kelladan -kellin; katta kelladan -ksantotoksin; Ledger sinxonasi (xin daraxti)dan -xinin;oq toldan -salitsin; o’tkirbarg sano va torbarg sanolardan -A va V sennozidlar; oddiy silibumdan -silimarin; shokolad daraxtidan -teobramin; choydan teofillin; dorivor valerianadan -valepotreatlar; kichik bo’riguldan -vinkamin va boshqalar.Yuqorida keltirilgan dalillar ilmiy tibbiyot amaliyotida qo’llash uchun yangi samarali dorivor preparatlar yaratishda an‘anaviy tibbiyotni boy meroslarini o’rganishni qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol ko’rsatadi.Bizning an‘anaviy tibbiyotimiz hozirgi O’rta Osiyo territoriyasida uzoq vaqtlar va turli tibbiyot sistemalar ta‘sirida taraqqiy etdi. U o’zining an‘anasiga, dorilariga boy xazinasiga va dunyoga mashxur ulug’ arboblariga egadir. Bizning an‘anaviy tibbiyotimiz birinchi galda yurtdoshimiz buyuk Abu Ali Ibn Sino nomi hamda uning butun dunyoga mashhur asari - "Kitab al - Qonun Fi -t -tibb" bilan bog’liqdir. An‘anaviy tibbiyotda ishlatilgan hamda hozirgi kunda turli kasalliklarni davolash uchun xalq tabobatida qo’llanilayotgan dorivor o’simliklar bitmas-tuganmas boylikdir. Ularning soni ko’p. Lekin hozirgi kunda etarli darajada o’rganilmagani uchun ilmiy tibbiyotda ularning bir qismidangina foydalaniladi. Agarda xalq tabobati, birinchi galda Ibn Sino qo’llagan dorivor o’simliklar o’rganilsa foydadan holi bo’lmas edi. Bu holda ilmiy tibbiyot bir qancha samarali yangi dorilarga ega bo’lishi ham shak-shubxasizdir.Ma‘lumki, hozirgi ilmiy tibbiyotda qo’llanilib kelinayotgan deyarli barcha o’simliklar xalq tabobatida qo’llanilib kelingan bo’lib, ular tajribalarini o’rganish natijasida olingan. Xalq tabobati ma‘lumotlariga e‘tibor bilan qarash, ko’pincha dorivor o’simliklarni izlashda samarali natija beradi.