Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.
Mehnatning bu turi bilan bog’liq, qo’shiqlar rang- barang bo’lib, ulardan bizga qadar «Qo’sh qo’shiqlari», «O’rim va o’rimchilar qo’shig’i», «Xirmon qo’shiqlari» yoki «Xo’p mayda» kabi janrlar yetib kelgan.
Qo’sh qo’shiqlari. Markaziy Osiyo xalqlari qadim- qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib keladi. Dehqonchilik esa erta bahorda yerni haydashdan boshlanadi. Yer xaydash og’ir jismoniy mehnat bo’lib, bunday og’ir mehnat paytida dehqonlar qo’shiq kuylab, o’zlarini ovutganlar. Yozib olingan namunalarda esa og’ir mehnatdan, shafkatsiz tengsizlikdan shikoyat ohanglari ish xayvonlari tilidan bayon qilinadi:
Shoxlarim bor gaz-gaz, kuloch,
Ustida uynar kaldirgoch.
Xayday desam kornim och,
Men qo’shga qanday yarayin.
Qo’sh qo’shiqlarining boshqa turlari mavjud. Ularda lirik bayon bevosita dehqon tilidan olib boriladi.
O’roq o’rmoq olmok-solmok,
Qo’sh haydamoq bormok-kelmok
Hammasidan qiyin ekan,
Ey xo’kizim, po’zg’op qurmoq
O’rim qo’shiqlari. O’rim – dehqon mehnatining samarasini ko’rsatadigan payt. O’rim qo’shiqlari yakka yoki ko’pchilik tomonidan ijro etilgan. Ularda bahorning injiq, yozning shafqatsiz kezlarida qilingan mehnatning samara berganligidan quvongan dehqonning ko’tarinki ruhi yetilgan hosilni tezrok yig’ib olishga bo’lgan kuchli ishtiyoq tarannum etiladi.
Urog’im olmos,
O’rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
Urmasam bo’lmas.
Dehqon xayvonlarni xaydab, kun buyi xirmonda don yanchar ekan, baland ovoz bilan qo’shiqlar aytadi. Ana shunday qo’shiqlar xalq o’rtasida «Ho’p mayda» deb yuritiladi.
Ho’p xayda-yo, ho’p hayda, mayda-yo, mayda,
Qalqon qulog’im hayda, mayda-yo, mayda,
Temir tuyog’im xayda, mayda-yo, mayda,
Xirmonni qilgan mayda, mayda-yo, mayda.
Dostları ilə paylaş: |