1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Trixinella (Trichinelia spiralis)



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə23/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Trixinella (Trichinelia spiralis) juda mayda, ya’ni urg‘ochisining uzunligi 3—4 mm, erkaginiki 1,5-2 mm atrofida boiib, asosan kalamush, it, mushuk, bo‘rsiq, cho‘chqa va ba’zan odamlarda parazitlik qiladi. Trixinella rivojlanishining hamma davrini tashqi muhitga chiqmasdan, o‘z xo‘jayinining ichida o‘tkazadi. Voyaga yetgan trixinella ingichka ichakda yashaydi. Urugiangan urg‘ochilar ichak devoriga o‘tib, 2 oygacha yashaydi va shu yerda
2 mingtagacha tirik lichinkalar tug‘adi.
Lichinkalar ko‘chib yuruvchanligi bilan diqqatga sazovordir, ya’ni ular qonga o ‘tadi va qondan ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalarining orasiga kirib o‘mashib oladi. 0 ‘mashib olgan lichinkalar spiral shaklida buraladi va ularning atrofida shakli limonga o‘xshash kapsula hosil boiadi. Taxminan 5-6 oydan keyin kapsula ohaklanib qoladi, ya’ni kapsula devoriga ohak moddalari to‘planadi. Har bir kapsulada 1 t a , 2 ta yoki 3 ta lichinka boiishi mumkin. Umuman, 1 kg trixinella bilan kasallangan cho‘chqa go‘shtida 10-12 mingtagacha lichinka boiishi mumkin. Kapsulaga o'ralgan trixinella lichinkasi to xo‘jayini oiguniga qadar tirik holda saqlanadi, lekin rivojlanmaydi. Odam trixinella lichinkasi boigan cho‘chqa go'shtini yaxshi qovurmasdan, yaxshi pishirmasdan iste’mol qilganda parazitni o‘ziga yuqtiradi. Odamning ichagida hazm shiralari ta’sirida kapsula erib ketadi va trixinella lichinkasi ichak bo‘shlig‘iga chiqadi. Bu lichinkalar 2 kundan keyin voyaga yetadi va to'rtinchi kuni ichakning hujayralari orasida urchib, muskullarga o ‘tadigan lichinkalar tug‘adi. Erkaklari urg‘ochilarini urugiantirgach, oiadi.
Trixinella tufayli vujudga keladigan kasallik trixinellyoz deyiladi. Minglarcha trixinella lichinkalari odam ichak devorini teshib o‘tganda, og‘ir kasallikka va, hatto, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar ichakdan qonga o‘tganda, qon orqali muskullar orasiga borib joylashganda va kapsulaga o‘ralganda ham bemorga qattiq azob beradi. Umuman, trixinella bilan kasallangan odamlaming harorati ko‘tariladi, ovqat hazm qilish sistemasining ishi buziladi va muskullari og‘riydi, ko‘ngli ayniydi, yuzi va qovoqlari shishadi. Trixinellyozning yashirin davri 10-25 kun davom etadi.
Trixinella odamlarga asosan cho‘chqa go‘shti orqali yuqadi. Cho‘chqalarga esa trixinella lichinkasi sichqon va kalamushlaming oiigini yeyishlari orqali yuqadi. Sichqon va kalamushlarga esa trixinella lichinkasi bir-birlarini yeyishlari yoki kasal bo‘lib oigan cho‘chqa go‘shtini yeyishlari natijasida o‘tadi. Odamga trixinella lichinkasi yovvoyi to‘ng‘iz, bo‘rsiq va ayiq go‘shtini yaxshi pishirmasdan yeyishi orqali ham yuqishi mumkin.
Trixinella bilan kasallanmaslik uchun, avvalo, go‘sht kombinatlarida va bozorlarda veterinariya nazoratidan o‘tmagan cho‘chqa go‘shtini sotmaslik va ovqatga ishlatmaslik kerak. Iste’mol qilinadigan cho‘chqa go‘shtini yaxshilab qovurish va
pishirish kerak. Trixinelladan saqlanish uchun cho‘chqa og‘ilxonalari va atrofini sementlash, cho‘chqachilik xo‘jaliklari atrofida uchraydigan kalamush, sichqonlarga qarshi kurash choralarini olib borish va trixinelladan oigan hayvonlami albatta kuydirish kerak. Trixinellyoz bilan kasallangan odamlami esa vermoks, mintezol, tiabendazol, benzimidazol kabi dorilar bilan davolash tavsiya etiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin