1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə26/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Nazorat savollar

1.To`garak chuvalchanglar tipi vakillarining o`ziga xos tuzilishi xususiyatlarini tushuntiring?


2.To`garak chuvalchanglar tipi qanday sinflarga bo`linadi?
3.Odam askaridasining tuzilishi, ko`payishi, rivojlanishi, qo`zg’atadigan kasalligi va unga qarshi kurash choralarini izoxlab bering?
4.Bolalar gijjasi, rishta, qilbosh, va qiyshiqbosh nematodalar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar va bu kasalliklarning oldini olish choralarini tushuntiring?
5.Trixinella, bankroft ipchasi, onxotserkalarning o`ziga xos belgilari, odam va hayvonlarga keltiradigan ziyoni xamda ularning oldini olish choralarini bayon eting.

9-MAVZU:
METASTRONGILIDLAR VA S1NGAMIDLAR OILASI (2 soat)
REJA:

  1. METASTRONGILIDLAR (METASTRONGYIJPAES oilasiga tavsif.

  2. S1NGAMIDLAR ( SYNGAMIDAE) oilasiga tavsif.



METASTRONGILIDLAR (METASTRONGYIJPAES) oilasiga kiruvchi Metastrongylus umg‘ining vakillari asosan cho‘chqalaming o‘pkasida parazitlik qiladi. Cho‘chqa va to‘ng‘izlarda metastrongilus avlodining Metastrongylus elongatus, M. pudendotectus va M. salmi kabi turlari parazitlik qiladi.
Metastrongiluslar cho‘chqa va to‘ng‘izlaming bronxlarida, ko'proq o‘pkaning orqa va yuqori qismida uchraydi. 0 ‘zbekiston sharoitida metastrongiluslar bilanasosan yowoyi cho‘chqalar, ya’ni to‘ng‘izlar kasallanadi. Metastrongiluslar ingichka ipsimon shakldagi nematodalar bo‘lib, erkaklarining uzunligi 14-16 mm,urg‘ochilariniki esa 20-58 mm atrofida bo‘ladi.
Metastrongiluslar biogelmintlar bo‘lib, ularning oraliq xo‘jayinlari yomg‘ir chuvalchanglari hisoblanadi. Urg‘ochi metastrongiluslar cho‘chqa bronxlariga tuxum qo‘yadi. Bu tuxumlar hayvon nafas yo‘li orqali ular yo‘talganda og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi. Cho‘chqalar bu tuxumlami qayta yutib yuboradi va tuxumlar ulaming oshqozoniga tushib, tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi.
Tashqi muhitda metastrongiluslar tuxumlaridan qulay sharoitda 2 kundan keyin lichinkalar chiqadi. Bunday lichinkalar oziq-ovqat orqali yomg‘ir chuvalchangining organizmiga o‘tadi. Natijada lichinkalar yomg‘ir chuvalchangi qizilo‘ngachi devoriga yoki uning qon tomirlariga kirib oladi. Bu yerda ikki marta tullab, 10-20 kundan keyin invazion, ya’ni yuqumli holatga keladi. Cho‘chqalar parazit lichinkalari yuqqan yomg‘ir chuvalchanglarini yeganda metastrongilyoz qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanadi. Cho‘chqa oshqozoniga tushgan yomg‘ir chuvalchanglari hazm boiib, ajralib chiqqan metastrongilus lichinkalari ichakda yana bir marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga o‘tadi, so‘ngra ichak devorini teshib, limfa yoilariga o ‘tadi va bu yerda to'rtinchi marta tullaydi. Shundan so‘ng bu lichinkalar limfa yoilari va qon tomirlari orqali o ‘pkaga keladi, o ‘pkadan esa bronxlarga o‘tib, jinsiy voyaga yetgan metastrongiluslarga aylanadi. Tanasida yuqumli lichinkalari bo`lgan yomgir chuvalchangini cho‘chqalar yegan vaqtdan boshlab, to o‘pkada jinsiy voyaga yetgan metastrongilusga aylanguncha 25-35 kun kerak boiadi, toiiq tuxumdan tuxumgacha rivojlanish davri esa 30-55 kunga to‘g‘ri keladi. Metastrongilyoz bilan ko‘proq cho‘chqa bolalari kasallanadi. Kasallangan hayvon yo‘talib, nafas olishi qiyinlashadi, yaxshi o‘smaydi, oriqlab ketadi, ba’zan o`ladi. Metastrongilyoz bilan kasallangan hayvonlar terisi ostiga ditrazin fosfat eritmasi, traxeyasiga esa kaliy yodit eritmasi yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun esa cho‘chqalar gelmintsizlantiriladi, yomgir chuvalchanglarini yeyishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin