1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


VUXERERIYA yoki BANKROFT IPCHASI (WUCHERERIA BANCROFT



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə24/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

VUXERERIYA yoki BANKROFT IPCHASI (WUCHERERIA BANCROFT)
asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Odamlarda vuxererioz (elifantiazis), ya’ni fil kasalligini paydo qiladi.
Bu uzun ipsimon nematoda urg‘ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 4 sm
keladi. Voyaga yetgan chuvalchanglar limfa bezlarida, ichki a’zolaming qon tomirlarida parazitlik qiladi. Limfa yo‘li berkilib qolishi tufayli limfa suyuqligi to‘xtab qoladi, zararlangan joy esa juda yo‘g‘onlashib ketadi.
Bu nematodaning rivojlanishi ikkita xo‘jayinda boradi. Asosiy xo‘jayini odam,
oraliq xo‘jayinlari esa Anopheles, Culex va Aedes urugiariga kiradigan chivinlar hisoblanadi.
Urg‘ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar tug‘adi.
Bu lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi
(odam faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a’zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari ular periferik tomirlarga o ‘tadi. Kechqurun yoki tunda chivinlar kasallangan odamlaming qonini so‘rganida parazit lichinkalari chivin oshqozoniga va undan tana bo‘shlig‘iga о‘tadi. Bu yerda biroz o‘sadi va so‘ngra xartumi asosida to‘planadi. Chivinlar qon so‘rish uchun sogiom odam terisini teshganida, lichinkalar dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So‘ngra bu lichinkalar o ‘zlari faol harakat qilib, xo‘jayin tanasiga kiradi. Umuman, voyaga yetgan parazitlar odam organizmida 17 yilgacha, lichinkalari esa 70 kun atrofida hayot kechiradi.
Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri 3-18 oy davom etishi mumkin.
Kasallikning belgilari: avvalo, allergik holatlar yuzaga keladi, keyin tana harorati ko‘tariladi, to‘qimalarda shishlar paydo bo‘ladi. Voyaga yetgan parazitlar limfa tomirlarida tiqilib qolishi natijasida limfa yo‘li berkilib, limfa suyuqligi to‘xtab qoladi, bunda zararlangan joylar, ya’ni tana qismlari, shu jumladan, qo‘l va oyoqlar juda yo‘g ‘onlashib ketadi. Bu kasallik fil oyog‘i deb ataladi. MDH da bu kasallik deyarli uchramaydi. Vuxererioz bilan kasallangan odamlar dietilkarbamazin, ditrazin kabi dorilar bilan davolanadi. Profilaktik chora-tadbirlar - odamlami vuxererioz tashuvchisi boimish qon so‘ruvchi chivinlar chaqishidan himoya qilishdir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin