ONXOTSERKOZ (ONCHOCERCAS) qo‘zg‘atuvchilaridan - Onchocerca volvulus va Onchocerca coecutiens odamlarda, Onchocerca lienalis va Onchocerca gutturoza qoramollarda, Onchocerca cervicalis esa otlarda parazitlik qiladi. Onxotserkalar oqish rangli nematodalar boiib, tanasi ipsimon, ikki tomonga ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm dan 11 sm gacha boradi. Ulaming rivojlanishi ikkita xo‘jayinda ketadi. Asosiy xo‘jayinlari odam, qoramol, ot va eshaklar hisoblansa, oraliq xo‘jayinlari qon so‘ruvchi chivinlar hisoblanadi.
Onxotserkalar asosiy xo‘jayinlari organizmida teri ostida, paylar, taloq pardasi ostida va boshqa organlarda parazitlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktiruvchi to‘qimali yoilar hosil boiadi. Odamlarda bu yoilar tanasining turli qismlarida, ko‘pincha bo‘g‘imlar, qoi-oyoq va boshida to‘planadi. Lichinkalar - mikrofilyariyalar teri qatlamida yashab, terming ichida yara hosil qiladi va pigment ajralishini buzadi. Ba’zan parazit lichinkalari ko‘zni ojizlantirib, hatto ko‘r boiishiga olib keladi.
Odam va hayvonlarda uchrovchi onxotserkoz kasalligini yuqtiruvchilar mayda chivinlar boiib, parazit lichinkalarini qon so‘rganda kasallangan hayvonlardan sogiom mollarga yuqtiradi. Odamlarga ham xuddi shu tarzda yuqtiradi. Odamlarda onxotserkoz kasalligi, asosan, Afrika mamlakatlarida va Amerikada tarqalgan. Odamlarda uchrovchi onxotserkalaming oraliq xo'jayinlari Simulium urugiga kiruvchi chivinlar hisoblanadi. Hayvonlarda onxotserkozlar yer yuzida, jumladan, 0 ‘zbekistonda ham keng tarqalgan. Ulardan, ayniqsa, otlar va qoramollar ko‘p zararlanadi. Onxotserkalar xalq xo‘jaligiga juda katta zarar keltiradi. Onxotserkalar 0 ‘zbekistonda qoramol terilarini zararlashi tufayli teri sifatini pasaytirib yuboradi va natijada teri zavodlari har yili bir necha yuz minglab so‘mdan mahrum boiadi. Bundan tashqari, kasallangan hayvonlaming boshqa mahsuldorligi ham keskin kamayib ketadi.
Onxotserkozdan odam va hayvonlar kasallanishining oldini olish choralaridan eng asosiysi parazit tashuvchilarini yo‘qotishdir. Buning uchun esa chivinlar ko‘payadigan joylarga insektitsidlardan foydalanish kerak. Kasallangan odamlami dietilkarbamazin, ditrazin, suramin kabi dorilar bilan davolashadi. Qoramol onxotserkoziga qarshi esa faskoverm va ivomek preparatlaridan foydalaniladi.