1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə29/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Nazorat savollar

  1. Nematodalar sinfiga qancha tur kiradi va ular kimlarda parazitlik qiladi?

  2. Nematodalar sinfining tasnifini keltiring?

  3. Nematodalarning hayot siklida nasl almashinish mexnizmini tushuntiring.


11-MAVZU: TIKANBOSHLI CHUVALCHANGLAR. HALQALI CHUVALCHANGLAR VA MOLLYUSKALAR. (4 soat)
Reja:

  1. TIKANBOSHLI CHUVALCHANGLAR yoki SKREBNIYLAR (ACANTHOCEPHALA) tipi vakillari tavsifi.

  2. ZULUKLAR(HIRUDINEA) sinfiga tavsif.

  3. MOLLUSKALAR (MOLLUSCA) tipiga tavsif.

TIKANBOSHLI CHUVALCHANGLAR yoki SKREBNIYLAR (ACANTHOCEPHALA) tipi vakillari ancha ixtisoslashgan chuvalchanglar bo‘lib, hozirgi vaqtda 500 dan ortiq turi fanga ma’lum. Ular baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar hamda sutemizuvchilarda parazitlik qiladi.


Akantotsefalalar haqidagi dastlabki maiumot Redi tomonidan 1684-yilda e’lon
qilingan. Rudolfi XIX asming boshlarida skrebniyning 50 ta turini o‘rganib, ularni bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazitlaming biologiyasini o‘rganib, ular oraliq xo‘jayin orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. V.I. Petrochenko akantotsefalalaming MDHda uchraydigan turlari, ularning tarqalishi. rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o‘rganib, “Uy va yowoyi hayvonlar akantotsefalalari” nomli ikki jildlik monografiyasini yaratdi.
Bu tipga faqat bitta sinf, ya’ni TIKANBOSHLILAR (ACANTHOCEPHALA) sinfi kiradi. Akantotsefalalaming gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon ko‘rinishda boiib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus hirudinaceus) boradi. Gavdasi xartum va haqiqiy tanaga boiinadi. Tanasining oldingi qismida xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo‘yindan iborat, haqiqiy tana boiimida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan. Skrebniylarda ovqat hazm qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko‘ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali diffuziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo‘jayini ichagi devoriga yopishish uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlaming shakli, katta-kichikligi, soni va joylashish tartibi har xil turlarda turlicha boiib, skrebniylarning sistematikasini hal qilishda muhim rol o ‘ynaydi. Xartumi juda harakatchan bo`lib,tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi.
Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg‘ochilari yirik, xartumlari yaxshi rivojlangan. Akantotsefalalar biogelmintlar boiib, bunda umurtqali hayvonlar asosiy xo‘jayin, umurtqasiz hayvonlar (molluskalar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) esa oraliq xo‘jayin hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht boiib, bitta urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 580 mingtagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo‘jayindan tashqi muhitga chiqqan tuxumlarda lichinkalar toiiq shakllangan boiadi. Oraliq xo'jayinlari shunday tuxumlami yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. Akantorlar ichak devori orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, rivojlanishni davom ettiradi va navbatdagi lichinkalik davriga, ya’ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib, keyingi yuqumli (invazion) lichinkalik davr, ya’ni akantellani hosil qiladi. Ana shunday zararlangan oraliq xo‘jayinlami har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq bilan yeb yuborsa, akantotsefalalami o‘zlariga yuqtiradi. Asosiy xo‘jayinlarda akantotsefalalar bir yildan ortiqroq yashaydi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho‘chqada parazitlik qiladigan gigant tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) boiib, u uy va yovvoyi cho‘chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik qiladi.
Bu parazit bilan ba’zan odamlar, maymunlar, qoramollar va itlar ham zararlanishi aniqlangan. Erkaklaritiing uzunligi 7—15 sm, urg‘ochilariniki esa 70 sm gacha boradi. Xartumida 36 ta ilmoqlari bor. Makrakantorinxning oraliq xo'jayinlari may qoiig‘izi, tilla qo;ng‘iz, shoxli qo‘ng‘iz va go‘ng qo‘ng‘izlarining lichinkalari, g‘umbaklari va imagolari, ya’ni voyaga yetganlari hisoblanadi.
Cho‘chqalar zararlangan qo‘ng‘izlaming lichinkalarini, g‘umbak va imago davrlaridagilarini yeb, parazitni o‘zlariga yuqtiradi. Asosiy xo‘jayini ovqat hazm qilish organida hasharotlar hazm boiadi, lichinkalar esa ingichka ichakda xartumini qinidan chiqarib, ilmoqlari bilan ichak shilliq pardasiga yopishib olib rivojlanadi va jinsiy voyaga yetadi. Invazion lichinkaning asosiy xo‘jayini organizmiga tushib, to voyaga yetguncha 70-100 kun vaqt o‘tadi.
Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan, Pomphorhynchus laevis chuchuk suv baliqlari, shu jumladan, mo'ylovdor baliqlar ichagida parazitlik qilib, ichak devorini yaralaydi, bunda ko‘plab baliqlar qirilib ketadi. Ayrim hollarda mo‘ylovdor baliqlar ichagida parazitlar miqdori 300 tagacha yetishi mumkin.
Baliqlarda parazitlik qiluvchi likanboshlilaming oraliq xo‘jayinlari asosan mayda qisqichbaqasimonlar - Gammarus pulex hisoblanadi. Tikanboshli chuvalchanglardan Polymorphus va Filicollis urugiarining vakil-
lari o ‘rdak, g ‘oz va boshqa suv qushlarining ichagida parazitlik qilib, ularga katta ziyon yetkazadi.
O'rdaklarda polimorfuslardan - Polymorphus magnus va Polymorphus minutus turlari parazitlik qiladi. Birinchi turi, asosan, o‘rdaklaming ingichka ichagida, ikkinchisi esa yo‘g ‘on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi urchuqsimon, uzunligi 9.2-14,7 mm atrofida. Oraliq xo‘jayinIari yonlab suzar qisqichbaqasimonlar - Gammarus lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi. 0‘rdak polimorfoziga qarshi bitionol, filiksan va uglerod tetraxlorid ishlatiladi. Filikolis urug‘idan Filicollis anatus o'rdak, g‘oz va boshqa suv hamda botqoqliklarda yashovchi qushlaming ingichka ichagida parazitlik qiladi. Parazitning uzunligi 6-25 mm atrofida bo‘ladi. Oraliq xo‘jayini qisqichbaqasimonlardan - suv xo‘tigi (Asellus aquoticus) hisoblanadi.
Makrakantorinxlar keltirib chiqaradigan kasallik makrakantorinxoz deb atalib, MDH mamlakatlarining ayrim mintaqalarida 10 oygacha bo‘lgan cho‘chqalar ko‘proq kasallanadi.
Ba’zan may qo‘ng‘izlari lichinkalari va g‘umbaklari skrebniylaming lichinkalari bilan 60 % gacha zararlanadi va har bir hasharotda 130 tagacha (yuqumli lichinka) akantella bo‘ladi. Bu kasallik bilan og‘rigan cho‘chqalaming ishtahasi bo‘lmaydi, qon aralash ichi ketadi, juda ham oriqlaydi. Ko‘pincha kasallangan cho‘chqalar o‘ladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin