1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə3/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Nazorat savollar

  1. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligini izohlang.

  2. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy bo’limlari va tarmoqlarini tushuntiring.

  3. “Parazitologiya” fanining rivojlanish tarixini izohlang

  4. Fanning rivojlanishining asosiy bosqichlarini izohlang.

  5. O’zbekistonda parazitologiyaning rivojlanish hissa qo`shgan olimlarni sanang.

2-MA’RUZA: PARAZITLARNING RIVOJLANISH SIKLIDA XO’JAYIN ALMASHTIRISHNING AHAMIYATI. (2 soat )
Reja:

  1. Parazitlarning xo’jayinlari. Oxirgi (defenitiv, asosiy), oraliq, qo’shimcha, rezerv xo’jayinlar. Parazitlarni xo’jayinlariga, xo’jayinlarni parazitlarga ta’siri.

  2. Parazit-xo’jayin munosabatlari klassifikatsiyasi: haqiqiy, obligat, koptiv, abortiv munosabatlar.

  3. Parazitlarni xo’jayinlariga bo’lgan munosabatlari. Fakultativ, soxta, vaqtinchalik,statsionar, davriy, doimiy parazitizm.

  4. Parazitizmni hayvonat olamida tarqalishi.Parazitizm va uni boshqa xodisalardan farqi.



1.Parazitlarni xo’jayinlariga bo’lgan munosabatlari. Fakultativ, soxta, vaqtinchalik, statsionar, davriy, doimiy parazitizm.
Parazitlarni vaqtinchalik yoki doimiy ular hisobiga oziqlanadigan organizmlarni parazitlarning xo’jayinlari deyiladi. Parazitlar xo’jayinlarining (odam, hayvon, o’simliklar) barcha organ va to’qimalarini zararlaydi. M: ichakda askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, lyambliya, amyoba, trixomonadalar; o’t yo’llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so’rg’ichlilari; teri ostida rishta; to’qimalarda trixinella lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o’pkada toksokara, askarida va boshqalar uchraydi. O’z navbatida parazit ham xo’jayinning himoya reakstiyalaridan qochib, ularni yo’q qilishga harakat qiladi. Natijada ular o’rtasida qarama-qarshi munosabatlar kuzatiladi. Parazit-xo’jayin o’rtasidagi o’zaro ta’sir uch xil shaklda namoyon bo’ladi:
1. Parazitni xo’jayinga ta’siri. 2. Xo’jayinni parazitga ta’siri. 3. Tashqi muhitni parazit va xo’jayinga ta’siri. Parazit xo’jayin organizmida turli xil allergik reaktsiyalarni hosil qilib, turlicha zarar keltiradi.
Mexanik ta’sir – parazitlar xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi. M: ichak parazitlaridan- askarida va sestodalar ichakda ko’payib ketib, moddalarni o’tkazmay, ichakni shikastlashi mumkin. Exinokokk va senur lichinkalari vistseral organlarda rivojlanib, ularni siqib qo’yadi, shishlar hosil qiladi. Bular organlar funktsiyasini buzilishiga, turli xil yallig’lanish jarayonlari va anemiyani kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Xo’jayin organizmiga turli xil oziqa va vitaminlarni so’rilishini yomonlashtiradi. Organizmning immun sistemasiga salbiy ta’sir qilib, organizmni kurashish qobiliyatini susaytiradi.
Parazitlar xo’jayinlariga mexanik ta’sir bilan bir qatorda toksik ta’sir ham ko’rsatadi. Parazitlar xo’jayin organizmiga tushgandan keyin turli toksinlar (zahar) ishlab chiqaradi. Bu moddalarni organizmga tushishi va tarqalishi xo’jayin organizmida turli intoksikatsiyalarga olib keladi. Natijada kasalliklarni kechishi qiyinlashadi va har xil og’ir kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi.
O’z navbatida xo’jayin organizmi ham parazitlarga nisbatan turli himoya reaktsiyalarini ko’rsatadi. M: parazit rivojlanishini to’xtatishi, parazitni o’ldirishi, tanasidan chiqarib yuborishi mumkin. Parazit-xo’jayin o’rtasida murosasiz kurash boradi va bu kurashda bittasi g’alaba qozonadi. Parazit g’alaba qozonsa xo’jayinda kasallik keltirib chiqaradi. Xo’jayin g’alaba qozonsa parazitni organizmidan chiqarib tashlaydi va bu kurash har-xil himoya reakstiyalari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil bo’ladi, tabiiy immunitetlar paydo bo’ladi:
-hujayra reaktsiyalari, hujayra hajmini kattalashuvi bilan boradi. M: bezgak plazmodiysi eritrotsitlarga kirganda ular kattalashadi, normal eritrotsitlardan hajmini kattaligi bilan farqlanadi;
-to’qima reaktsiyalari, parazit o’z atrofida biriktiruvchi to’qima yordamida chegaralanadi. M: trixinella, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari lichinkalari kapsulalari;
-gumoral reaktsiyalar, immunitet hosil bo’lishi bilan boradi. Parazit ishlab chiqargan antigenlarga qarshi, xo’jayin organizmida antitelalar hosil bo’ladi. Leyshmanioz va tripanasomoz qo’zg’atuvchilari yuqqanda, ularga qarsi immunitet hosil bo’ladi. Xo’jayin organizmida kuchli immunitet parazitning lichinkalik davrida hosil bo’ladi. Ayrim protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono’z) vaqtinchalik immunitet hosil bo’ladi. Parazit lichinkalik davrida xo’jayin to’qimalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, faol antigenlar ishlab chiqaradi.
Tabiatda erkin yashovchi organizmlar tasodifan muhit sharoitiga ko’ra biror qulay organizmga tushib qolsa, parazit kabi bemalol yashay oladi. Bunday hodisa fakultativ parazitizm deb yuritiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin