1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Parazit-xo’jayin munosabatlari klassifikatsiyasi: haqiqiy, obligat, koptiv, abortiv munosabatlar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə6/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

4.Parazit-xo’jayin munosabatlari klassifikatsiyasi: haqiqiy, obligat, koptiv, abortiv munosabatlar.
Parazit-xo‘jain munosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo‘jayin bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan biologik sistema bo‘lib, bunday munosabatdan faqat bir tomon, ya’ni parazit foyda ko‘radi. Parazit xo‘jayinga zararli ta’sir ko‘rsatib, kasallik keltirib chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.Ko‘pchilik parazitlar ayniqsa, gelmintlar rivojlanish sikli xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlansh siklida albatta oraliq xo‘jayin ishtirok etsa bularni biogelmintlar (mushuk ikki so‘rg‘ichlisi, qoramol tasmasimon chuvalchangi, keng tasmasimon chuvalchang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo‘jayinlar ishtirok etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan to‘g‘ridan-tog‘ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt gelmintlar, ularni keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. Bu atamalar fanga parazitolog olimlar K.I. Skryabin, R.S. Shuls, E.S. Shulman va boshqa yirik gelmintolog olimlar tomonidan kiritilgan.Parazit-xo‘jayin o‘rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi marta K.I. Skryabin va R.S. Shuls (1937, 1940) tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita kategoriyaga bo‘lib o‘rganilgan.
Obligat va fakultativ munosabatlar.
Obligat, bu parazitlarning yashashi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Masalan, kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera avlodiga mansub, sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo‘ladi, ko‘p avlod beradi). Kartoshkani pomidor (tomat) bilan almashlab ekilsa, parazit kartoshka bilan bir avlodda bo‘lgan pomidor(tomat)da ham parazitlik qilishi mumkin, lekin parazit uchun pomidor noqulay sharoit bo‘lib hisoblanadi. Pomidor ildizida nematodaning tanasi juda kichrayib ketadi, tuxumlarini soni ham kam bo‘ladi. Demak, parazit uchun kartoshka obligat xo‘jayin,pomidor esa fakultativ xo‘jayin hisoblanadi.
Keyinchalik R.S. Shuls va E.A. Davtyan (1954) yuqoridagi kategoriyalar klassifikatsiyasiga yana ikkita kategoriya kiritadilar.Koptiv va abortiv.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin