1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Parazit bo’g’imoyoqlilar parazitar kasalliklarni tabiatda tarqalishidagi ahamiyati



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə35/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

3.Parazit bo’g’imoyoqlilar parazitar kasalliklarni tabiatda tarqalishidagi ahamiyati.
Hayot sxemasining biologik tiplari. V.N.Beklemishev fikri bo‘yicha, parazit bo‘g‘imoyoqlilar ichida quyidagi hayot sxemasi biologik tiplari mavjud:
1. Faol hujum qiluvchilar (davriy qon so‘ruvchilar: chivinlar,pashshalar, zahkashlar, so‘nalar). Ular serharakat, uzoq masofalarga uchadi, tez-tez, vaqti-vaqti bilan qon so‘radi. Bir marta qabul qilingan qon miqdori harakatni ta’minlash bilan cheklanadi. Oziqasi organizmdan tashqarida hazm bo‘ladi. Lichinka va voyaga yetganlarini ko‘p miqdorda o‘lishi, umumiy nasldorlikni yuqoriligi (tuxumlarini ko‘p sonda qo‘yishi) bilan kompensatsiyalanadi. Bularga tez oziqa hazm (tayyor oziqa bilan oziqlanadi – qon) bo‘lishi, rivolanishi, voyaga yetganlari uzoq och yurolmasligi va geterotroflik xos. Ularning turli fazalarini har xil biotoplarda uchratish mumkin, ya’ni voyaga yetganlari havoda, lichinkalik davrlari esa suvda o‘tadi.
2. Payt poylovchi qon so‘ruvchilar: ularni A) uyasizlar va B) uyalilarga bo‘lib o‘rganiladi:
A) uyasizlar – yaylov turlari: iksod va gamazoid kanalari. Bu kanalar yirik sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Ular ma’lum bir hududga xo‘jayinlari kelgandagina hujum qiladi, ya’ni ularni xo‘jayinlari bilan uchrashish imkoniyatlari uncha katta emas. Shuning uchun ham ular bir marta qon so‘rganda juda ko‘p qon so‘rib, uzoq vaqt ochlikka chidaydi. Ular boshpana bilan bog‘liq emas, qonni sekin so‘rib, xo‘jayinlari bilan boshqa biotoplarga ketishi mumkin. Bular polifaglardir.
B) uyalilar: Bularga argaz kanalari, to‘shak qandalasi va boshqalar kiradi. Ular xo‘jayinlarining uya(uy)larida yashaydi. Xo‘jayinlari uya(uy)lariga kelgandagina (qon so‘radi) hujum qiladi. Xo‘jayinlari uzoq uya(uy)larida bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun bular bir
martada juda tez va ko‘p qon so‘radi. Uylaridan tashqarida yashay olmaydi, uzoq ochlikka chidaydi (bir necha oydan, bir necha yilgacha). Xo‘jayinlarining doirasi keng polifaglardir.
3. Doimiy ektoparazitlar – (bitlar, parxo‘rlar, patxo‘rlar, ayrim qon so‘ruvchi pashshalar, gamozoid kanalari). Bular maxsus moslamalari bo‘lishi bilan boshqalardan farqlanadi (tanasi yassi, qanotsiz, xo‘jayinga yopishuvchi panjalar, tuklar, qillar, patlarida yopishuvchi, o‘ng‘ay harakatlanuvchi moslamalari mavjud). Mustahkam tana qoplamiga ega, bu esa ularni tashqi ta’sirlardan saqlaydi, tez-tez kichik portsiyali qon so‘radi va uzoq och qolishga moslashmagan.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin