1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə43/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Ishni bajarish:
1. Ildiz bo’rtma nematodasi bilan zararlangan ayrim sabzavot ekinlari (pomidor)ning 5% li formalinda fiksasiyalangan ildizidan bo’rtmalarni kesib olib, petri idishiga qo’yib, ustidan toza suv quyiladi. Ushbu bo’rtmali idishni binokulyar (MBS-1 yoki MBS-2 rusumli) mikroskopi stolchasiga o’rnatib, okulyarlarga qarab jarohlik pichog’i(skalpel) va preparoval igna yordamida kesib, bo’rtmani ochib, ichidagi urg’ochi nematodaning qo’ygan tuxum xaltachalarini kuzating.
2. Ikkala qo’lga ham bittadan preparoval igna olib, chap qo’ldagi igna bilan ildiz bo’lagini bosib turib, o’ng qo’ldagi igna yordamida ohistalik bilan ildizdagi tuxum xaltalarini ajratib olib, xaltacha ostiga joylashgan urg’ochi nematodaning tanasini keyingi (anal-vulvar) qismiga e’tibor bering. Ushbu joy oq donacha bo’lib ko’rinadi.
3. Bo’rtmadagi urg’ochi nematodaning atrofidagi ildiz to’qimasi skalpel yordamida bo’ylama kesib ochiladi.va ignalar yordamida kesilgan joy ikki tomonga ajratiladi. Shunda bo’rtma ichidagi limon shaklli urg’ochi nematodalar, ayrim hollarda lichinkalarni ham ko’rish mumkin. Ochilgan bo’rtmalarning atrofida bazan erkak jins nematodalarni ham uchratish mumkin. Topilgan urg’ochi, erkak va 2 -3 bosqichdagi lichinkalar tuzilishini sinchiklab kuzating.

AMALIY MASHG’ULOT ISHI-15
Mavzu: O’simliklarning turli vegetativ a’zolarida va rizosfera tuprog’ida yashovchi fitonematodalarni o’rganish usullari
Ishning maqsadi. O’simlikning vegetativ va generativ a’zolarida hamda tuproqda uchrovchi fitonematodalarni ajratib olish va turlar tarkibini aniqlash usullari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va material. Ko’po’rinli yog’och shtativ, shisha voronkalar, rezina shlanglar, metall qisqichlar, turli hajmdagi shisha stakanchalar, probirkalar, 40% -li formalin, distrlangan suv, buyum va qoplag’ich oynalar, pipetka, spirt, glis erin, mikroskop, nematodalarni morfologik va anatomik jadvallari, entomologik ignalar, soat oynachalari, o’quv qo’llanmalar, turli o’simliklar va tuproq namunalari, qaychi, pichoq, doka (marlya) va boshqalar.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin