1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə40/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Umumiy tushunchalar. Qo’sh qanotlilar turkumining uzun mo’ylovlilar kenja turkumiga mansub chivinlar (Culicidae) oilasi vakillari amaliy jihatdan ahamiyatga ega. Chivinlarning 3000 dan ortiq turi bor. Ular Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, odam va hayvonlarning qonini so’rib oziqlanishi bilan birga, bir qancha invazion va infeksion kasalliklarni qo’zg’atuvchilarini tarqatishda muhim zveno bo’lib xizmat qiladi.
Chivinlarning keng tarqalgan guruhlaridan biri bezgak chivinlari (Anorheles) dir. Bezgak chivinlarining bir necha o’n turlari mavjud. Shulardan biri Anopheles maculipennis. Bezgak chivini uzun va ingichka gavdaga ega b o’lib, kattaligi 7-9 mm, rangi kulrang qoramtir. Boshida mo’ylovlari va ko’zlaridan tashqari, sanchuvchiso’ruvchi (faqat urg’ochisida) og’iz organlari joylashgan. Erkaklari o’simlik shirasi bilan oziqlanadi, shunga binoan uning og’iz organi sanchuvchi tipda.Ko’krak bo’limida uch juft oyoqlaridan tashqari o’rta ko’krak segmentida bir juft qanoti joylashgan. Qanotlari yupqa, unda to’rt dona to’q qo’ng’ir rangli dog’i bor. Bunday dog’ faqat shu tur uchun xarakterli. Ko’krakning oxirgi segmentida ikkinchi juft qanotlarining rudimentlari bo’ladi. Ular vizillovchi organga aylangan. Qorin bo’limi to’qqizta segmentdan iborat. Undagi eng oxirgi segmentida jinsiy va anal teshiklari joylashgan. Erkak va urg’ochi chivinlarning juftlashishi havoda sodir bo’ladi. Juftlanib bo’lgandan so’ng, urg’ochilari qon so’radi. Agar u qon so’rmasa, tuxumlar rivojlanishini davom ettiraolmaydi. Urg’ochi chivin odam va boshqa sutemizuvchilarni qonini so’rib (3 mg gacha), qorong’i joyni tanlab, u joyda 2 kun dan 12 kungacha ovqatini hazm qiladi. Tuxumlar yetilgandan keyin chivin ularni suv betiga yoki suv o’simliklari tanasiga qo’yadi. Tuxum qo’ygan chivin yo halok bo’ladi yoki yana 1,5-2 oy yashashni davom ettirib, yangidan tuxum qo’yishga tayyorgarlik ko’radi. Bitta urg’ochi chivin hayoti davomida 160 tadan 350 tagacha tuxum qo’yadi. Suvda tuxumlardan 2-10 kun (muhitga qarab) davomida lichinkalar chiqadi. Ular turt bosqichni boshidan kechirib g’umbakka aylanadi. G’umbaklari vergulsimon hamda harakatlanib kun kechiradi, lekin oziqlanmaydi.Anopheles chivinlari odamlarda bezgak kasalligini qo’zg’atuvchilarini tarqatuvchi asosiy xo’jayin hisoblanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin