1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə39/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Eslatma: Gelmintoovoskopik tekshirishlarda ovqat qoldiqlari, zamburug’ va o’simlik sporalari, kraxmal donachalari va shu kabi tezakda uchraydigan elementlardan parazit chuvalchanglarning tuxumlarini aniq farq qilishini bilish zarur. Tezakda uchraydigan gelmint tuxumlari shakli va qobiq tuzilishi hamda tuxumning ichki tuzilishi jihatidan boshqa tanachalardan farq qiladi. Odatda gelmint tuxumlari ikki konturli, yorug’likni keskin qaytaradigan silliq qobiqqa ega. Ayrim tuxumlarda esa turli chuqurchalar, to’q sariq yoki qo’ng’ir rangli qalin po’st, shu’lasimon chiziqlar bo’ladi.
Tuxumning ichki tuzilishi bir xil gomogen shaklsiz sharchalarga bo’lingan yoki lichinka bilan to’lgan bo’lishi mumkin. Turli xil gelmint tuxumlarining o’ziga xos xarakterli belgilari bo’lib, bir-biridan sezilarli farq qiladi. Gelmint tuxumlari mikroskopning kichik ko’rsatkichi (obyektivi) bilan topiladi, lekin tuxumning tuzilishini mukammal o’rganish uchun mikroskopning katta ko’rsatkichidan foydalanish kerak.
Yuqorida keltirilgan uslublardan foydalanib, turli uy hayvonlari tezagidan topilgan tuxumlar, jadvallarda va o’quv qo’llanmalarida berilgan gelmint tuxumlari rasmlari bilan solishtiriladi va aniqlangan tuxumlarni rasmlari chizib quyiladi.Shuningdek o’quv qo’llanmalarida berilgan uy hayvonlaridan qoramol, ot, chuchqa, qo’y, it kabilarning gelmintlari tuxumlarini ham rasmini chizib q o’yish lozim bo’ladi.

AMALIY MASHG’ULOT ISHI-17
Mavzu: Chivinlar, iskaptoparlar va qonso’rar pashshalar. Asosiy turlari. Tuzilishi va hayot sikli xususiyatlari. Ularning kasallik tarqatishdagi roli
Ishning maqsadi: Ektoparazit qo’shqanotli hasharotlarning odam va hayvonlar orasida kasalliklarni tarqatishdagi rolini o’rganish hamda ushbu kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora - tadbirlar bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va materiallar: O’quv-uslubiy qo’llanmalar, lupalar, mikroskoplar (MBI-1 va MBS-1), ektoparazit qo’shqanotlilarning rangli jadvallari, eksponatlar, tuxum, lichinka, g’umbak va imagolar preparatlari.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin