1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə47/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Ishni bajarish:
1. Mikroskopning kichik va katta obyektivlari yordamida keng tasma gijjasining tuxumlari, germafrodit va yetilgan bo’g’imlari tuzilishini ko’rish. Shuningdek keng tasmaning fiksasiyalangan strobilasini lupa yordamida k o’zdan kechirish. Keng tasmaning tashqi va ichki tuzilishidagi xarakterli belgilarini rasmlarda ifodalash.
2. Kalta zanjir chuvalchangining mikropreparatlarini mikroskopning kichik va katta obyektivlarida ko’rish. Uning tuzilishidagi xarakterli belgilarini rasmda ifodalash.
3. Exinokokkning voyaga yetgan va pufakli bosqichlarini mikropre-paratlari,fiksasiyalangan namunalarini ko’zdan kechirish. Exinokokkning tuxumlari, voyaga yetgan davri pufagining tuzilish xususiyatlarini rasmlarda ifodalash hamda qisqa xulosalar bilan yakunlash.

AMALIY MASHG’ULOT ISHI-12

Mavzu: Qoramol va cho’chqa solityorlarining tuzilish xususiyatlari va hayot sikllari. Yuqishi, zarari va profilaktikasi
Ishning maqsadi. Qoramol va cho’chqa solityorlarining strobilasini tashkil etuvchi yosh, germafrodit va yetilgan proglotidlarini bir - biridan farq qila bilish; qoramol va cho’chqa solityorlarining o’xshashlik va farq qiluvchi belgilarini aniqlash; solityorlarning parazitlikka moslashgan belgilarini ko’rish.
Kerakli jihozlar. O’quv uslubiy qo’llanmalar, solityorlarning rangli jadvallari, hayot sikllarining sxematik rasmlari, mikroskoplar, bo’yalgan proglottidli mikropreparatlar, fiksasiyalangan solityorning strobilalari, finnoz go’sht, tuxumlari.
Umumiy tushunchalar. Qoramol solityori - Taeniarhyncnhus saginatus odamning ingichka ichagida parazitlik qilib yashaydi. Strobilasining uzunligi 4 - 10 m, ba’zan 15 m gacha bo’ladi. Tanasidagi proglottidlari 1000 va undan ortiq. Tanasi bosh (skoleks), bo’yin, haqiqiy gavdadan iborat. Boshida 1,5 - 2 mm kattalikda 4 ta so’rg’ichidan tashqari qo’shimcha yopishish organlari bo’lmaydi. Shunga binoan ushbu chuvalchang qurollanmagan solityor deb ataladi. Bo’yin qismi qisqagina, u yangi yosh proglottidlarni hosil qiladigan joydir. Ularda organlar va jinsiy sistema shakllanmagan. Gavdaning oldingi uchidan taxminan 200-220-nchi bo’g’inlaridan keyin germafrodit proglottidlar shakllana boshlaydi. Har bir proglotidda erkaklik jinsiy a’zolari 1000 ga yaqin mayda urug’donlar, juda ko’p urug’ kanalchalari va ular qo’shilib umumiy urug’ yo’li va urug’ tukuv kanalidan va sirrusdan iborat b o’lsa, urg’ochi jinsiy sistemasi tuxumdon (1 ta), tuxum yo’li, urug’ qabul qiluvchi halta, qin, sariqlik, Melis tanachasi, ootip va bachadondan iborat. Germafrodit proglottidlarning o’lchami 0,1 - 1sm. Qoramol solityorining yetilgan proglottidlari 2 - 3 sm, eni 0,7 - 1,2 sm ga teng. Strobilaning oxirgi qismida joylashgan proglottidlarda bachadon juda ham rivojlanib, o’zidan 17-32 tagacha yon shoxchalar chiqaradi. Bu shoxchalarning ham ichi urug’langan tuxumlar bilan to’lgan. Bitta yetilgan proglottida 140000 -170000 tagacha tuxumlar bo’ladi. Bachadonining tuxum chiqaradigan teshigi b o’lmaydi. Tuxumlari ovalsimon, uzunligi 0,03-0,04 mm, eni 0,02-0,03 mm. Ikki qavat po’st bilan o’ralgan, sarg’ish-qo’ng’ir tusli, yon tomonlarida ingichka o’simtalari bo’ladi.Qoramol solityori biogelmintlar guruhiga mansub. Hayot siklida voyaga yetgan davrida asosiy xo’jayin odam hisoblanib, uning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Oraliq xo’jayini qoramol. U tuxumlarni oziqa bilan yutadi va tuxumdan onkosfera lichinkasi chiqadi. Ko’ndalang targ’il muskullari orasida onkosfera sistiserk lichinka (finna)siga aylanadi. Odam xom yoki chala pishirilgan mol g o’shtini iste’mol qilganida sistiserkni o’ziga yuqtiradiOdam ichagida so’rg’ichlari yordamida yopishib olgan sistiserk 2,5-3 oy davomida jinsiy voyaga yetadi va 8-10 yilgacha, ba’zan ko’proq parazitlik qiladi.Qoramol solityorining paydo qilgan kasalligi teniarinxoz deb ataladi. Odamning teniorinxoz kasalligiga duchor bo’lishini oldini olishga bir qator profilaktik va sanitargigiyenik tadbirlarni qo’llash lozim. Birinchi navbatda chorva mollari go’sht kombinatlari va kushxonalarda so’yilib, iste’molga chiqarilishidan oldin veterinariya nazoratidan o’tkazish kerak. Chorva hayvonlarini boqish va k o’paytirishga ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarda yopiq xojatxonalar barpo qilinishi kerak. X o’jalik xodimlari vaqti-vaqti bilan tibbiyot ko’rigidan o’tkazilib turilishi lozim. Shaxsiy xo’jaliklardagi mollarni solityor tuxumlarining yuqishidan himoya qilish maqsa dida, molxona va yaylovlarni odam axlati bilan ifloslantirmaslik choralarini ko’rish lozim.Cho’chqa solityori -Taeina solium. Odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ba’zan odamning o’zi solityor uchun oraliq xo’jayin rolini bajarishi mumkin. Cho’chqa solityorining uzunligi 3-4 m, ba’zan 7 metrgacha bo’ladi. Strobilasi 600 - 700 ta, ba’zan 900 tagacha bo’lishi mumkin. Skoleksi 1 mm atrofida, unda 4 ta so’rg’ichlaridan tashqari yana xartumida ikki qator doira b o’lib joylashgan xitinli ilmoqchalari ham bo’ladi. Shunga binoan u qurollangan solityor deb ham ataladi. Yetilgan bachadonining yon shoxchalari har tomonida 7-12 tadan. Tashqariga xo’jayin najasi bilan chiqqan proglot-tidlarning uzunligi 10-12 mm, eni 5mm ga teng. Qoramol solityorining yetilgan proglottidlaridan farqli ravishda, cho’chqa solityorining tashqariga 5-6 tadan chiqqan proglottidlari harakatsiz bo’ladi.Cho’chqa solityorining ham hayot sikli asosiy (odam) va oraliq (cho’chqa, qobon ba’zan it, mushuk, quyon kabilar) xo’jayinlarida o’tadi. Lekin tenioz bilan kasallangan odam ba’zan ko’ngli aynib qayd qilishi tufayli ichakdagi solityorning oxirgi yetilgan bo’g’imlari uzilib, og’iz bo’shlig’iga tushib, yorilib qayta yutilishi mumkin. Qayta yutilib ichakka tushgan tuxumlardan onkosfera lichinkasi chiqib ichak devori orqali qon va limfaga o’tib, ko’pgina ichki organlarga, jumladan, muskullarga, ko’z, bosh va orqa miya, yurak kabi organlarga borib, finna (sistiserk)ga aylanadi. Ushbu lichinka finna ichida 3-6 yilgacha yashashi mumkin. Sog’lom odam xom yoki chala pishirilgan cho’chqaning finnoz go’shtini iste’mol qilganda ham solityorning sistiserk lichinkasini o’ziga yuqtiradi. Teniozning oldini olishga qaratilgan profilaktik va sanitar-gigiyenik tadbirlar teniorinxoznikiga o’xshash.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin