1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə46/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Ishni bajarish:
1. Mikroskopning kichik va katta obyektivlari yordamida askarida, ostrisa vaqilbosh nematodalarni mikropreparatlarini ko’rish.
2. Odam askaridasining fiksasiyalangan namunalarini ko’rish.
3. Ko’rib o’tilgan nematodalarning hayot siklini o’rganish, tuxumlarining tuzilishini rasmlarda ifodalash va mashg’ulot ishini yakunlash.

AMALIY MASHG’ULOT ISHI-13
Mavzu: Keng tasma, kalta (pakana) zanjir va exinokokklarning tuzilishi va hayot sikli bilan tanishish. Yuqish, zarari va profilaktikasi ”.
Ishning maqsadi. Odam va yirtqich sut emizuvchilar orasida tarqalgan parazit sestodalarning hayot sikllari hamda profilaktikasini o’rganish.
Kerakli jihozlar va materiallar: O’quv uslubiy qo’llanmalar, mikroskoplar, jadvallar, keng tasma, kalta zanjir va exinokokkning makro - va mikropreparatlari, exinokokk pufagi bilan zararlangan oraliq xo’jayin organlaridan tayyorlangan ko’rgazmali materiallar, qo’l lupalari, MBI va MBS mikroskoplari.
Umumiy tushunchalar. Keng tasma - Diphyllobothrium latum tasmali chuvalchanglar orasida eng uzuni bo’lib, ayrim hollarda strobilasi 25 metrgacha b o’ladi. Tana proglottidlari 4000 tagacha. Har bir germafrodit va yetilgan proglottidlarning bo’yi (uzunligi) eniga nisbatan kalta bo’ladi. Skoleksidagi so’rg’ichlari ikkita chuqur egatchalar – botriylardan iborat. Yetilgan proglottiddagi bachadon shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon-larnikidan farq qiladi, ya’ni shoxchalari uzun, markazida razetkasimon shakl paydo qiladi.Tuxumlari ovalsimon, bir qutbida kichik qopqoqchasi ko’rinib turadi, rangi sarg’ish, uzunligi 0,068-0,071 mm, eni - 0,045 mm ga teng.Keng tasma boshqa lentasimonlardan hayot siklining uchta (ba’zi hollarda 4 ta) xo’jayinda o’tishi bilan ajralib turadi. Asosiy xo’jayinlari odam, it, mushuk, tulki, ayiq. Ushbu xo’jayinlarining ingichka ichagida parazitlik qiladi. Birinchi oraliq x o’jayini -chuchuk suv havzalarida yashovchi qisqichbaqa-simonlardan siklop va diaptomus, ikkinchi oraliq xo’jayinlari – chuchuk suv baliqlaridan olabug’a, nalim, cho’rtan, gulmohi va boshqalar bo’lib hisoblanadi. Keng tasmaning voyaga yetgan davri asosiy xo’jayinda yashasa, siklopning gavda bo’shlig’i, tuxumdoni kabi organlarda proserkoid lichinkalari yashaydi. Yuqorida tilga olingan chuchuk suv baliqlari proserkoidli siklopni yesa lichinkani ham o’ziga yuqtiradi. Lichinka baliqning muskullari orasiga, ichak va tuxumdoniga o’tib, rivojlanib, pleroserkoid lichinkasiga aylanadi. Asosiy xo’jayinlar zararlangan baliqni xomlay iste’mol qilsa, pleroserkoidni o’ziga yuqtiradi.Keng tasma parazitining keltirib chiqaradigan kasalligi difillobotrioz deb ataladi. Odam ichagida u 15 yil va undan ko’proq vaqt parazitlik qilishi mumkin. Difillobotriozning profilaktikasi eng avvalo bemorni davolash lozim. Shuningdek suv havzalarini asosiy xo’jayinlari najasi bilan ifloslanishini oldini olish, zararlangan baliqlarni iste’mol qilmaslik, ijtimoiy va shaxsiy gigiyen a qoidalariga rioya qilishdan iborat.Kalta (pakana) zanjir - Hymenolepis nana. Odamning, ayniqsa yosh bolalarning (3-15 yoshda) ingichka ichagida parazitlik qiladi. Strobilasining uzunligi 2 -5 sm, eni 0,7-0,9 mm, to’rtta so’rg’ichga ega. Boshidagi xartumchasi bir qator doira shaklida joylashgan 24-30 ta ilmoqchali bo’ladi. Gavdasi 200-280 ta proglottidlardan iborat. Germafrodit proglottidlarida uchta sharsimon urug’don va bir juft tuxumdon bo’ladi. Bachadon shakllanmagan. Jinsiy teshik proglottid yonida tashqariga ochiladi. Tuxumlari ellipssimon, rangsiz va yaltiroq ikki qavat po’st bilan o’ralgan. Kalta zanjirning xayot siklini barcha bosqichlari ingichka ichakda o’tadi. Ichakda tuxumdan onkosfera chiqib, ichak devoridagi vorsinkalarga kirib, sistiserkoidga aylanadi. Ikki haftada voyaga yetadi.Kalta zanjirning keltirib chiqargan kasalligi gimenolepidoz deb ataladi. Ushbu parazitni tarqatuvchi manba kasal odam. Ichak bo’shlig’idagi tuxumlarning ko’p qismi axlat bilan tashqi muhitga chiqariladi. Ushbu tuxumlar kiyim-kechaklar, uy jihozlari, suv va oziq-ovqat mahsulotlari bilan sog’lom odamga yuqadi. Bemorda autoinvaziya hollari ham tez-tez uchrab turadi.Gimenolepidozda bemorning oshqozon-ichak yo’li og’riydigan bo’ladi, ishtaha buziladi, ich ketish hollari ro’y beradi. Mehnat qobiliyati pasayadi. Odam ichagida chuvalchang 1,5 oygacha yashaydi. Gimenolepidozning profilaktik tadbirlari asosi shaxsiy gigiyenik qoidalarga qat’iy rioya qilishdan iboratdir. Bemor tibbiyot ko’rigidan o’tishi va davolanishi zarur. Exinokokk - Echinococcus granulosus. Lentali chuvalchanglar orasida eng kichik turi bo’lib, strobilasining uzunligi 2-6 mm ga teng. Gavdasi 3-4 ta proglottiddan iborat. Skoleksida to’rtta so’rg’ichdan tashqari xartumchada doira shaklida joylashgan ikki qator xitinli (28-50) ilmoqchalari ham bo’ladi. Skoleksidan keyingi birinchi va ikkinchi proglottidlari germafrodit bo’lib, unda 40-50 ta urug’donlar, spiral shaklida o’ralgan urug’ tashuvchi naycha, nok shaklidagi bursa, tuxumdon, Melis tanachasi, sariqlik joylashgan. Jinsiy teshik proglottidning ikkinchi yarmi yon tomonida tashqariga ochiladi. Strobilaning oxirgi bo’g’imi yetilgan proglottid hisoblanib, oldingilaridan ancha yirik va uzun, ichi urug’langan tuxumlar, (400-3000 tagacha) bilan to’lgan. Tuxumlari ovalsimon yoki yumaloq, diametri 0,028-0,036 mm. Exinokokkning voyaga yetgan davri asosiy xo’jayinlari - it, bo’ri, tulki, chiyabo’ri kabilarning ingichka ichakning oldingi yarmida parazitlik qiladi. Ushbu xo’jayinlar axlati bilan tashqi muhitga chiqarilgan tuxumlar oraliq xo’jayinlari hisoblanmish - o’txo’r hayvonlar (qoramol, qo’y, echki, ot, tuya, cho’chqa, ba’zi kemiruvchilar - 60 turga yaqin) va odam ichagiga tushganda po’sti erib, onkosfera lichinkasi chiqib, ichak epiteliysini yorib, qon va limfa tomirlari orqali ichki organlarga - jigar, o’pka, markaziy nerv sistemasi, yurak kabilarga borib o’rnashadi va exinokokk (finka) pufagini hosil qiladi. Oraliq xo’jayin tanasida pufakning o’sishi juda sekin va uzoq (15-30 yil) davom etadi. Pufak yil sayin o’sib, kattalashib, hajmi oshib boradi, ba’zan bolaning boshicha va undan ham yirik (60 kg ga teng) bo’lgan pufaklar hosil qiladi. Pufak ichi suyuqlik bilan to’la bo’lib, unda birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi pufaklar paydo b o’ladi. Pufak devorida va ichidagi suyuqlikda boshi taraqqiy etgan lichinkalar shakllanadi. Exinokokk bilan zararlangan oraliq xo’jayin organlarini istyemol qilgan asosiy xo’jayinlar parazitni o’ziga yuqtiradi. Ularning ichaklariga tushgan lichinkalar, ichak devoriga yopishib, rivojlanib voyaga yetadi. Exinokokkoz odam va boshqa oraliq xo’jayinlari organizmiga juda qatta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu kasallik Yer yuzida ancha keng tarqalgan. Exinokokkozning profilaktikasi - asosan kasallikni oldini olishga qaratilgandir. Buning uchun daydi itlarni qirib tashlash, bo’ri va tulkilarni sonini kamaytirib turish, ovchi va otardagi qo’riqchi itlarni har yili degelmintizasiya n azoratidan o’tkazib turish, so’yilgan mollarni ichki organlarini it va boshqa yirtqich hayvonlarning iste’mol qilishidan saqlash, balki bunday organlarni dorilab, kuydirib tashlash kabi choralarni amalga oshirish lozim. Shuningdek, bolalarning it bilan o’ynamasligi ham e’tiborga olinishi lozim. Odam shaxsiy sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilishi zarur.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin