1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə44/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Ishni bajarish:
1. Yog’ochdan tayyorlangan ko’po’rinli shtativning o’rinlariga (kamida 5-6 ta) shisha voronkalar qo’yilib, ularning naylariga rezina shlang kiydiriladi va shlang bo’klanib metall qisqich bilan qistiriladi. Voronkalarni yarmigacha (150-200 ml) toza vodoprovod suvi quyiladi. Shundan keyin ixtiyordagi o’simlik va tuproq namunalarini tayyorlashga kirishiladi. Buning uchun ekin maydonidan amaliyga olib kelingan o’simlikning ildiz sistemasi va yer usti qismlari vodoprovod suvini ochib, o’simlik tanasiga yopishib qolgan loy, tuproq va boshqa yot narsalardan tozalanadi. Shundan so’ng o’simlikning yer osti qismlari (ildiz sistemasi) yer usti qismlaridan ajratiladi. Ildiz sistemasi, shunigdek yer usti (barg, poya, novda) qismlari, alohida-alohida qilib, qaychi yoki pichoq bilan 1-1,5 sm qilib maydalanadi. Maydalangan ildiz sistemasidan 5 -10 g tortib olinib, 15x15 sm hajmdagi doka salfetkaga solib bog’lanadi hamda suvli voronkaga ohista botirib qo’yiladi va etiketkalanadi.
2. Xuddi shunday usulda o’simlikning yer usti vegetativ a’zolaridan ham namunalar tayyorlab, doka salfetkaga solib bog’lanadi va suvli voronkaga botirib qo’yiladi. Ushbu namunalar ham etiketkalantiriladi.
3. Tuproq namunalarini odatda o’simlik namunasi olish paytida, uning ildizi atrofidagi tuproq qatlamlaridan (0-10, 10-20 va ba’zan 20-30 sm chuqurlikda) 250-300 g ham tuproq namunalarini olish maqsadga muvofiqdir. Ushbu namunalar amaliyga olib kelinib, har biri alohida-alohida yaxshilab aralashtirilib, 30-50 g tortib olinib, 10x10 sm hajmdagi doka salfetkaga solib bog’lanadi va suvli voronkaga ohista tushiriladi.
4. O’simlik va tuproq namunalari suvli voronkalarda kamida 12 -14 soatga qoldiriladi. Ushbu vaqt davomida o’simlik tanasi va tuproqdagi nematodalar suvga chiqib, undan voronka nayining tubiga tushib to’planadi. To’plangan nematodalarni probirkaga o’tkazib, fiksasiya qilish uchun eng avvalo probirkaga undan bir qismigacha 40%-li formalin qo’yiladi va uning ustiga voronka nayi tubidagi nematodalarni o’tqazish uchun temir qisqich sekin ochilib, rezina shlangning bo’klangan joyi to’g’rilanadi va nematodali suv probirkaga to’lganicha qo’yiladi. Nematodali suv probirkaga o’tgandan keyin, undagi 40%-li formalin bilan aralashib, 4-5%-li bo’lib qoladi. Nematodalar fiksasiyalanib, aralashma ichida bo’zilmasdan uzoq vaqt saqlanadi.
5. Formalinli probirkalarga utkazilgan va fiksasiyalangan nematodalar binokulyar mikroskopida terib olinib, suvli soat oynachaga to’planadi hamda teng miqdorda aralashtirilgan gliserin+spirt aralashmasida 10-12 soat davomida tozalanadi. Ana shu tozalangan nematodalarning kutikulasi orqali ichki organlari va sistemalari mikroskopning (MBR-1) katta (40-raqamli) ko’rsatgichida aniq ko’rinadigan bo’ladi. Bunday nematodalardan doimiy yoki vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlab, ularning turlari aniqlanadi.
Ish jarayoni tugagandan keyin olingan natijalar daftarga yozib qo’yiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin