1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə41/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Iskaptoparlar - Phlebotomus. Iskaptoparlar kemiruvchi hayvonlarning inlarida, turli-tuman qushlarning uyalarida, yirik sutemizuvchilar yashaydigan g’orlarda, molxonalarda hamda odamlarning uylarida, yerto’lalarda yashaydi. Iskaptoparlar asosan issiq iqlimli zonalarda uchraydi. O’rta Osiyo va ushbu zona bilan chegaradosh b o’lgan (Kavkaz orti respublikalari, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Moldaviya, Qozog’iston) hududlarda 30 dan ortiq turi uchraydi.
Iskaptoparlar qon so’ruvchi ikki qanotlilar orasida eng maydasi bo’lib, gavdasining o’lchami 1,2 mm dan 3 mm gacha. Aksariyat turlarining rangi sariq, ayrimlari qo’ng’ir yoki kulrang tusda. Tanasi uzun va qattiq tuklar bilan qoplangan. Boshi qorin tomonga egilgan. Boshda 16 bo’g’imli bir juft mo’ylovlari va xartumchasi aniq ko’rinib turadi. Bir juft yirik qora fasetka k o’zi bor. Xartumchasini yon tomonida qillar va tuklar ham o’sgan. Qanotlarida bo’ylama tomirlar rivojlangan. Ikkinchi juft qanotlari rudimentlashib vizillagichga aylangan. Ko’kragining ust tomoni qavariq, bo’rtib turadi. Oyoqlari uzun va ingichka. Qorin bo’limi ko’krakdan aniq ajralib turadi. U 8 ta segmentdan iborat. Umuman iskaptoparlarning boshi, ko’kragi va qorni hamda ulardagi barcha ortiqlar (mo’ylovlar, og’iz organlari, oyoqlar, qanotlari va barcha segmentlar) yuzasi xitinli tukchalar bilan tiqis qoplangan bo’ladi. Erkak iskaptopar urg’ochisidan, qorin bo’limining uchida murakkab kopulyativ organga ega b o’lishi bilan ajralib turadi. Ushbu organ muhim sistematik belgi bo’lib xizmat qiladi.Iskaptoparlarning faqat urg’ochilari qon so’radi. Erkaklari o’simlik shiralari bilan oziqlanadi. Urg’ochilari erkaklari bilan qo’shilgandan keyin qon so’rib, organik chirindiga boy bo’lgan qorong’i joylarga tuxumlarini qo’yadi. Rivojlanishi to’liq metamorfoz bilan boradi. Urg’ochisi har safar 50-70 tadan, 15-20 kunlik hayoti davomida 2-3 marta (150-200 ta) tuxum qo’yadi. Tuxumlari uzunchoq, ovalsimon, qo’ng’ir tusli. Muhit harorati 240-300 bo’lganda 35-45 kunda barcha bosqichlarini (lichinka, g’umbak) o’tab voyaga yetadi. Lekin muhit harorati 00da 4-5 kunda, - 100 bo’lsa yarim soatda lichinka va g’umbaklar halok bo’ladi. Lichinkalari organik chirindi bilan oziqlansa, g’umbaklari oziqlanmaydi. Iskaptoparlar ham chivinlar singari gonotrof hasharotlar (ya’ni, urg’ochilari tuxum qo’yish oldidan faqat bir marta qon so’radi), lekin ayrimturlari tuxumning yetilishi uchun bir nec ha marta qon so’rishadi. Shunga binoan ularning ko’plarida kasallik qo’zg’atuvchilarni transovarial yuqtirish xususiyati mavjud. Iskaptoparlar kunduzi kemiruvchi hayvonlar (qumsichqonlar, kalamush, yumronqoziqlar)ning inlarida, uylarning pollari ostida, xo’jalik chiqindilari tagida, devorlarning yoriqlarida dam oladi. Qosh qorayishi bilan (quyosh botgandan keyin), uchib chiqib, kechasi bilan faol hayot kechirib, xo’jayinlariga hujum qilib qon so’radi. Tabiatda tuxumlarini qo’yish joylari qumsichqon va yumronqoziqlarning inlari, qushlarning uyalari, chiyabo’ri va tulkining inlari, g’orlar va devorlarning yoriqlari hamda daraxtlarning kovaklari kabilardir. Urg’ochi iskaptoparlar yashash joyidan ba’zan 1,5 km uzoqlikdagi, aholi yashaydigan joylarga uchib boradi. Iskaptoparlarning keng tarqalgan turlaridan Phlebotomus papatasii, P. sergentii, Sergentomiya arpaklensis kabilar odam va hayvonlar orasida visseral va teri leyshmaniozi qo’zg’atuvchilarini tarqatishda asosiy rol o’ynaydi. Iskaptoparlarga qarshi profilaktik choralardan biri odamlar yashaydigan binolarning ichi insektisidlar bilan ishlanadi. Qumsichqonlar, yumronqoziqlar hamda daydi itlar qirib tashalanadi.Kalta mo’ylovli qo’shqanotlilar kenja turkumi - Brachycera. Uy pashshasi -Musca domestica. Gavda uzunligi 5,5-7,5 mm, kulrang-qo’ng’ir tusda. Boshi katta, yarim yapaloq shaklda, yon tomonlarida bir juft yirik fasetkali ko’zlari va bir juft mo’ylovi joylashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi b o’lib, uning yordamida silliq yuzada va uyni shipida bemalol o’rmalab harakatlanadi. Pashshaning tanasi tuklar bilan qoplangan. Pashshaning so’lak suyuqligi tarkibida fermentlar ko’p bo’ladi va ular qattiq oziqani suyuq holatga aylantirgandan keyin, uni yalab oladi. Pashshaning oziqasi odamlar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Pashshalar ayrim jinsli. Urg’ochisi erkagi bilan qo’shilgandan keyin birdaniga 120-150 tagacha tuxumni iflos chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqat (ayniqsa go’shtli) mahsulotlarga qo’yadi. Tuxumdan chuvalchangsimon, oyoqsiz va boshsiz lichinka chiqadi. U qulay sharoitda 5-7 kun davomida 3 marta po’st tashlab g’umbakka aylanadi.
G’umbagi 7-8 mm kattalikda bochkasimon, qoramtir-qo’ng’ir tusda, oziqlanmaydi va harakatlanmaydi. G’umbak 3-4 kunda rivojlanishini tugatib, imagoga aylanadi.
Umuman pashshalarning to’liq bir generasiyasi, ya’ni tuxum q o’ygandan boshlab, imagoga aylanguncha, muhit omillariga qarab 10 kundan - 25 kungacha davom etadi.
Odamlar yashaydigan joylarda (sinantrop) uy pashshasidan tashqari yana hovli pashshasi (Muscina stabulyens), kichik uy pashshasi (Fannia canicularis), go’sht pashshasi (Calliphora erythrocephala), volfart pashshasi (Wohlfartia magnifica) kabilar ko’p uchraydi.
Pashshalar odamning bir qancha kasallik qo’zg’atuvchilarining mexanik tarqatuvchilari bo’lib xizmat qiladi. Ular ayniqsa, oshqozon-ichak kasalliklaridan ichterlama va ichburug’, kuydirgi, difteriya, sil, vab o kabi yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilarini, gelmintlarning tuxumlarini, parazit birhujuyralilarning sistalarini tanasiga yopishtirib, tashib yuradi va ushbu qo’zg’atuvchilar bilan oziq - ovqat mahsulotlari hamda ichimlik suvini ifloslantiradi.
Profilaktikasi. Aholi yashaydigan joylarda, binolarning ichi va tashqi atrofida sanitariya tadbirlari o’tkazilib, toza saqlanishi, atrofni odam najasi bilan ifloslantirmaslik, hojatxonalar dorilab turilishi va boshqa tadbirlar o’tkazilib turiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin