Ishni bajarish:
1. Tavsiya etilgan jadvallardan foydalanib, jigar qurtining umumiy tashqi va ichki tuzilishini o’rganib, rasmini chizish. Shuningdek uning hayot siklidagi bosqichlarini -tuxum, mirasidiy, sporosista, rediya, serkariya hamda adoleskariyani tuzilish xususiyatlarini o’rganish. Parazitni hayot siklini sxematik rasmini chizish.
2. MBI-1 mikroskopining kichik va katta (40x) obyektivlaridan foydalanib, jigar qurtining ichki tuzilishi, tuxum va barcha lichinkalarini ko’rish va xarakterli xususiyatlariga e’tibor berish.
3. Darsning oxirida fassiolyozni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yozib qo’yish.
AMALIY MASHG’ULOT ISHI-9
Mavzu: Chorva hayvonlarini ovqat hazm qilish sistemasida yashovchi parazitlarni aniqlash usullari
Ishning maqsadi. Uy hayvonlarining ovqat hazm qilish organlarida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar (fassiola, dikroseliy, moniyeziya, askarida, ostrisa, qilbosh va boshqalar) ni hayot sikli va tarqalish yo’llarini aniqlash bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli materiallar va jihozlar. AMALIY mashg’ulotini o’tkazish uchun o’quv qo’llanmalar va ko’rgazmalar, gelmintlarning tuxumlarini rangli jadvallari va aniqlagichlari, yog’och kurakcha yoki temir shpatel (qirg’ich), chorva hayvonlari (qoramol, qo’y, echki, ot, eshak, cho’chqa) ning quruq tezaklari, pipetka, shisha stakanchalar, toza suv, qog’oz, qo’l lupalari, MBS–1 stereoskopik va MBI-2 rusumli yorug’lik mikroskoplari, gelmint tuxumlaridan tayyorlangan mikropreparatlar.
Ishni bajarish:
I. Gelmintoovoskopiya usuli.
Ba’zi parazit chuvalchanglar (asosan oksiuratlar turkumining turlari) o’z tuxumlarini xo’jayinining orqa chiqaruv teshigi atrofidagi burmalariga q o’yadi. Shunga binoan hayvonning gelmint bilan zararlanganligini aniqlash maqsadida, orqa chiqaruv teshigi atrofidagi burmalar orasida qolib ketgan tezak qoldiqlari yog’och kurakcha yoki temir qirg’ich (shpatel) bilan qirib olinadi. Olingan ushbu qirindi buyum oynasi ustiga qo’yiladi va baravar nisbatda suv bilan suyultirilgan gliserin 2-3 tomchi tomizib aralashtiriladi hamda mikroskopda tekshiriladi. Topilgan tuxumlarni jadvallardan foydalanib, qaysi gelmint turiga mansub ekanligini aniqlab olish
Dostları ilə paylaş: |