1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Gelmint tuxumlarini flotasiya qilish usullari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə51/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

1. Gelmint tuxumlarini flotasiya qilish usullari.
a) Fyulleborn usuli. Gelmint tuxumlarining suyuqlik yuzasiga suzib chiqishi uchun osh tuzining to’yingan eritmasi ishlatiladi. Bunday eritma quyidagicha tayyorlanadi, ya’ni qaynab turgan suvga t o’yingan eritma hosil bo’lguncha osh tuzi solinadi. Xosil bulgan bu eritma paxta yeki doka orkali idishga suzib olib sovitiladi.
Bunda tuz idish tagida cho’kma hosil qilishi kerak. Ushbu eritmani tayyorlash uchun bir litr suvga 380 gramm osh tuzi solinadi.
Tekshirish uchun 5-10 gramm tezak olinib, stakanga solinadi va bir qism tezakka 20 qism to’yingan eritma solinadi. Hosil bo’lgan aralashma shisha yoki yog’och tayoqcha bilan aralashtirilib, dokadan yoki mayda teshikli t o’rdan toza stakanga suziladi. Mazkur aralashma 30-40 minut tindiriladi. Natijada solishtirma og’irligi to’yingan osh tuzining solishtirma og’irligidan kam bo’lgan gelmint tuxumlari eritma yuzasiga qalqib chiqadi. Suv yuzidagi tuxumli yupqa pardani ilmoqcha yordamida bir necha tomchi olinib, buyum oynasiga qo’yilib usti qoplag’ich oyna bilan yopiladi hamda mikroskopda ko’riladi.
Tayyorlangan mikropreparatni suvi tez bug’lanishini e’tiborga olib, vaqti-vaqti bilan pipetka bilan suv yoki suv bilan teng aralashtirilgan gliserin tomiziladi. Ushbu usulda askarida, strongilyatlar, ayrim boshqa nematodalar, shuningdek ko’pgina sestodalarning tuxumlarini ajratib olish mumkin.
b) Shyerbovich usuli. Stakanga 5-7 gramm quruq tezak solinib, ustiga avval oz miqdorda, keyin bir qism tezakka 10 qism miqdorida suv qo’yib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan suyuq aralashma toza stakanga sim t o’rda sizilib 10-15 minut tindiriladi. So’ng suyuq qismi boshqa stakanga qo’yiladi, cho’kma esa probirkalarga solinib, sentrifugaga 2-3 minut aylantiriladi. So’ng suyuq qismi boshqa idishga quyiladi, cho’kma ustiga giposulfatning to’yingan eritmasidan qo’shib aralashtirib, yana 2-3 min sentrifugada aylantiriladi, so’ng xuddi Fyulleborn usulidagi singari simli ilmoq bilan probirkadan bir tomchi (suvning ustki pardasi bilan) suyuqlik olib, mikroskopda tekshiriladi. Shyerbovich usuli bo’yicha qo’llaniladigan eritmaning solishtirma og’irligi osh tuzining solishtirma og’irligiga nisbatan yuqori bo’lganligi uchun metastrongilidlar va trixosefallarning tuxumlarini topish mumkin. Giposulfidning to’yingan eritmasini tayyorlash uchun 1750 gramm texnik giposulfid 1 litr issiq suvda eritiladi. Suzilgan eritmaning issiqligi +150S dan past bo’lmasligi kerak, chunki issiqligi past eritmada bir qism giposulfid cho’kma hosil qiladi: bu esa eritmaning solishtirma og’irligining pasayishiga sabab bo’ladi. Ko’rsatilgan usullar oxiriga yetgandan so’ng, olingan natijalar daftarga yoziladi.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin