7. Hujayra sitoplazmasidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliq



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/74
tarix17.07.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#62802
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
7. Hujayra sitoplazmasidagi hujayra shirasi bilan to\'lgan bo\'shl


7. Hujayra sitoplazmasidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliq ...
A) plastida B) vakuol C) qisqaruvchi vakuol D) hazm vakuoli
8. Qaysi o'simliklarda o'q ildiz sistemasi rivojlangan?
1) loviya; 2) makkajo'xori; 3) suli; 4) beda; 5) yantoq; 6) sholg'om; 7) arpa
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 4, 5 D) 1, 4, 6, 7
9. Qaysi o'simliklarda popuk ildiz sistemasi rivojlangan?
A) bodring, makkajo'xori, loviya
B) pomidor, bodring, suli
C) arpa, bug'doy, suli D) arpa, loviya, suli
10. Ajriq, g'umay, shirinmiya, qamish, kavrak, kuchala kabi o'simliklarning hayotiy shaklini belgilang.
A) efemerlar B) bir yillik o'tlar
C) ikki yillik o'tlar D) ko'p yillik o'tlar
11. Aylant va gledichiyaning hayotiy shaklini ko'rsating.
A) o't B) daraxt C) buta D) chaia buta
12. Qaysi o'simliklarda ildiz bo'lmaydi?
A) yo'sinlar B) sershox qirqbo'g'im C) dala qirqbo'g'imi D) qirqquloq
13. Yovvoyi yem-xashak o'simliklarni aniqlang.
A) sebarga, shuvoq B) rovoch, chakanda
C) zubturum, sallagul D) xolmon, do'lana
14. Dorivor o'simlikni belgilang.
A) shirach B) chakanda C) sallagul D) yasmiq
15. Chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadigan o'simliklar gunihini aniqlang.
1) saksovul; 2) javdar; 3) izen; 4) keyreuk; 5) chakanda; 6) do'lana; 7) yantoq
A) 3, 4, 7 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 1, 2, 5, 6
16. "Drozera" o'simligiga xos xususiyatni aniqlang.
A) hasharotxo'r B) eng yirik bargli
C) eng yirik gulli D) eng mayda mevali
17. Baobab hayotiy shakli jihatdan qanday o'simlik?
A) ko'p yillik o't B) chaia buta C) daraxt
D) bug'doydoshlar oilasiga mansub buta
18. Shox-shabbasi yoyiq (1), sharsimon (2) va tik (3) bo'lgan o'simliklarni juftlab bering.
a) o'rik; b) qarag'ay; c) sadaqayrag'och; d) olma; e) terak; f) shaftoli
A) 1-a, d, f; 2-c; 3-b, e
B) 1-s; 2-b, c; 3-a, d, f C) 1-b, c; 2-c; 3-a, d, f D) 1-a, f, c; 2-d, f; 3-b, c
19. Cho'llarda keng tarqalgan yem-xashak yarim butalarni belgilang.
A) shuvoq, irg'ay B) teresken, sarsazan
C) irg'ay, singirtak D) yalpiz, shashir
20. Bo'yi 1 m ga yetadigan bir yillik o'simliklarni aniqlang.
1) kanakunjut; 2) kanop; 3) makkajo'xori;
4) qo'ytikan; 5) momaqaldirmoq
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 4, 5
21. Bir yillik (I), ko'p yillik (II) va buta (Ill)larga tegishli o'simliklarni juftlang.
1) oq sho'ra; 2) baliqko'z; 3) shashir; 4) kiyiko't;
5) ligustrum; 6) singirtak
A) 1-1, 2; II-3, 4; III-5, 6
B) 1-3, 4; II-l, 2; III-5, 6
C) 1-1, 3; II-2, 4; III-5, 6
D) 1-3, 6; II-l, 4; III-2, 5
22. Harorati iliq kelgan knz oylarida ham gullashda davom etadigan yowoyi o'simliklarni belgilang.
A) kartoshkagul, xrizantema

B) qora ituzum, jag'-jag'
C) zubturum, qo'ypechak
D) nastarin, atirgul

23. Harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan madaniy o'simliklarni aniqlang.
A) kartoshkagul, xrizantema
B) qora ituzum, jag'-jag'
C) zubturum, qo'ypechak
D) nastarin, atirgul
24. Qaysi o'simliklarning barglari ancha barvaqt to'kiladi?
1) na'matak; 2) nastarin; 3) zarang; 4) tikan daraxt; 5) shamshod; 6) terak
A) 4, 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 6 D) 1,2,5
25. Xazonrezgilikning ahamiyatini ko'rsating.
a) o'simliklarni qishki noqulay sharoitdan saqlaydi; b) qishda tuproqdagi suvdan foydalanishini ta'minlaydi; c) to'plangan zararli moddalardan xoli bo'ladi; d) oziq moddalarning barglarda sintezini kuchaytiradi; e) nafas olish kuchayadi
A) a, c B) a, b, c C) b, c, d D) d, e
26. Hujayra qobig'idagi yarim o'tkazuvchanlik xususiyati qaysi paytgacha saqlanib turadi?
A) nobud bo'lguncha
B) tashqi muhit harorati pasayguncha
C) mitoz davrining interkinez davrigacha
D) hujayraning shakli o'zgarishigacha
27. Poya va ildizning po'stloq va yog'ochlik tolalari qaysi to'qimaga kiradi?
A) o'tkazuvchi B) asosiy C) qoplovchi D) mexanik
28. Kollenxima (1) va sklerenxima (2) hujayralamiiig farqini ko'rsating.
a) tirik; b) o'lik; c) moddalarning harakatini ta'minlaydi
A) 1-a, 2-b B) 1-a, 2-c C) 1-b, 2-c D) l-b,2-a
29. Suberin nima?
A) barglarda hosil bo'lgan anorganik modda
B) po'kak to'qima hujayralarining qobig'iga shimilgan modda
C) to'qimalarga mustahkamUk beruvchi oqsil
D) hosil qiluvchi to'qimaning turi
30. Halqa shaklida yog'ochlik va lub orasida o'rnashgan to'qima qanday nomlanadi?
A) uchki hosil qiluvchi B) mexanik
C) yon hosil qiluvchi D) o'tkazuvchi
31. Qaysi modda hisobiga po'kak to'qima hujayralari o'zidan suv va gazlarni o'tkazmaydi?
A) glikogen B) xitin C) selluloza D) suberin
32. Chigit yuzasidagi tuklar va ildiz tukchalariga xos belgini aniqlang.
A) bir hujayradan iborat
B) ko'p hujayradan iborat C) ko'p yadroli D) yadrosiz hujayralar
33. Po'stloq bilan yog'ochlik orasidagi doimo bo'linib turadigan hujayralardan iborat poyaning qismi qanday ataladi?
A) o'zak B) lub C) ksilema D) kambiy
34. O'simliklarning eniga tez va sekin o'sishi qaysi hujayralarning faoliyatiga bog'liq?
A) kambiy B) ksilema C) floema D) epidermis
35. Yarimbutalar keltirilgan javobni belgilang.
A) shuvoq, izen, teresken
B) kungaboqar, zig'ir, sarsazan
C) qoqi, qulupnay, keyreuk
D) sabzi, karam, singirtak
36. Ko'p yillik o'tlar keltirilgan javobni belgilang.
A) shuvoq, izen, astragal
B) arpa, kungaboqar, zig'ir
C) qoqi, ajriq, shashir
D) sabzi, karam, lavlagi
37. Bir yillik o'tlar keltirilgan javobni belgilang.
A) shuvoq, izen, astragal
B) arpa, kungaboqar, zig'ir
C) qoqi, qulupnay, keyreuk
D) sabzi, karam, singirtak
38. Ikki yillik o'tlar keltirilgan javobni belgilang.
A) shuvoq, izen, astragal
B) arpa, kungaboqar, zig’ii
C) qoqi, qulupnay, keyreuk
D) sabzi, karam, sigirquyruq
39. Manzarali butalarni belgilang.
A) fioks, sallagul, budleya
B) xrizantema, nizomgul, chinnigul
C) budleya, buldenej, tobulg'i
D) gladiolus, giatsint, nargis
40. Bir yillik o't o'simliklar keltirilgan qatorni ko'rsating.
A) shuvoq, izen, teresken
B) arpa, kungaboqar, zig'ir
C) qoqi, andiz, shashir
D) sabzi, piyoz, karam
41. Ikki yillik o't o'simliklar keltirilgan qatorni ko'rsating.
A) shuvoq, izen, teresken
B) arpa, kungaboqar, zig'ir
C) qoqi, andiz, shashir
D) sabzi, piyoz, karam
42. Hasharotlarni kuvachalar yordamida tutadigan o'simlikni aniqlang.
A) nepentes B) drosera C) aidravanda D) suv qaroqchisi
43. Saksovul qanday o'simlik?
A) daraxt B) buta C) yarim buta D) ko'p yillik o't
44. Irg'ay va singirtak qanday o'simliklar?
A) daraxt B) buta C) yarim buta D) ko'p yillik o't
45. Ko'p yillik o'tlar berilgan qatorni ko'rsating.
A) floks, andiz, lola, nizomgul
B) izen, keyreuk, teresken, sarsazan
C) gulsafsar, shuvoq, zirk, do'lana
D) uchqat, nastarin, irg'ay, singirtak
46. Buta o'simliklar berilgan qatorni ko'rsating.
A) floks, andiz, lola, nizomgul
B) izen, keyreuk, teresken, sarsazan
C) gulsahar, shuvoq, zirk, do'lana
D) uchqat, nastarin, irg'ay, singirtak
47. Bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o'sishda davom etadigan o'simliklarni ko'rsating.
A) achambiti, qurttana, bug'doy
B) ituzum, g'o'za, qoqio't
C) nastarin, qoqio't, sachratqi
D) atirgul, zig'ir, kartoshkagul
48. Uzoq vaqtgacha barglarining yashil rangini saqlaydigan o'simliklarni ko'rsating.
A) o'rik, shaftoli, tut
B) chinor, terak, tut
C) gledichiya, aylant, akatsiya
D) nastarin, atirgul, ligistrum
49. Bitta hujayrasi 3-4 sm uzunlikka ega bo'lgan o'simlikni toping.
A) piyoz B) tarvuz C) g'o'za D) pomidor
50. Qaysi o'simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo'lib, uni mikroskopda butunligicha ko'rish mumkin?
A) piyoz B) spirogira C) g'o'za D) elodeya
51. Qaysi o'simlikning hujayralari cho'ziqligi, zichroq joylashganligi va leykoplastlardan iboratligi bilan farqlanadi?
A) piyoz B) spirogira C) kungaboqar D) elodeya
52. Qaysi belgi qari va yosh hujayralar uchun umumiy bo'ladi?
A) qobig'ining qalinligi
B) vakuolaning egallagan joyi
C) yadrosining bor-yo'qligi
D) hujayra qobig'ining polisaxariddan iboratligi
53. Qaysi organizmlar hujayrasida mag'iz shakllanmagan?
A) piyoz, achitqi zamburug'i
B) ko'k-yashil suvo'tlar, bakteriya
C) elodeya, xlorella
D) xlamidomonada, ko'k-yashil suvo'tlar
54. Qaysi plastida(lar) rangsiz bo'lib, urug'lar, ildizlar tarkibida uchraydi?
A) xromoplastlar B) leykoplastlar
C) xloroplastlar
D) xromoplastlar va xloroplastlar
55. Quyidagi o'simliklardan qaysi biri yem-xashak o'simligi emas?
A) shuvoq B) sebarga C) burchoq D) shirach
56. Quyidagi o'simliklardan qaysi biri "Qizil kitob"ga kiritilmagan?
A) jumagul B) sallagul C) shirach D) chakanda
57. Tog' yonbag'irlarida keng tarqalgan butalarni aniqlang.
1) zirk; 2) irg'ay; 3) qoraqat; 4) ligustrum; 5) singirtak; 6) nastarin
A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 4 C) 3, 5, 6 D) 2,3,5
58. Cho'llarda keng tarqalgan yem-xashak o'simligini aniqlang.
A) sarsazan B) beh C) shirach D) andiz
59. O'simlik hujayrasining vakuolasi tarkibida suvning miqdori qancha?
A) 50-65% B) 98-99% C) 70-95% D) 40-65%
60. Havo ildizlarining epidermasi ostidagi etli qavatda qanday to'qima joylashadi?
A) asosiy B) mexanik C) o'tkazuvchi D) hosil qilu vchi
61. Ko'p yillik o'tlarga mansub bo'lmagan o'simliklarni aniqlang.
A) gulsafsar, duragay gibiskus
B) farzitsiya, tobulg'i
C) nizomgul, pskom piyozi
D) boychechak, sebarga
62. Qaysi o'simlikka kuchala to'pguli xos?
A) olma B) yong'oqning changchi guli
C) yong'oqning urug'chi guli D) karam
63. Poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuzasida ochiladigan o'simlikni aniqlang.
A) suv qirqqulog'i B) safsan C) jumagul D) nilufar
64. Seyshel palmasining mevasini aniqlang.
A) dukkak B) yong'oq C) qo'zoq D) ko'sak
65. Raffleziya Arnoldi o'simligi qaysi orolda uchraydi?
A) Kanar B) Seyshel C) Sumatra D) Galapagoss
66. Ligustrum (1), gulsafsar (2), kanakunjut (3) o'simliklari hayotiy shakli jihatidan qaysi guruhlarga mansub?
a) yarim buta; b) buta; c) bir yillik o't; d) ko'p yillik o't; e) daraxt.
A) 1-b,2-d,3-c B) 1-a, 2-d, 3-c
C) 1-b,2-c,3-d D) 1-e, 2-a, 3-c
67. Qaysi o'simliklarning bargi qor tagida qishlab qolishi mumkin?
A) g'o'za va kanop B) ituzum va jag'-jag'
C) achambiti va gulxayri
D) tugmachagul va yeryong'oq

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin