ANACONDA
Anaconda platformasini oʻrnatamiz.
Kompyuterimizda brauzerni ochib,
https://www.anaconda.com/products/individual
sahifasiga kiramiz va Download tugmasini bosamiz.
Kompyuterimizda oʻrnatilgan operatsion tizim
uchun mos keluvchi faylni
yuklab olamiz (agar yuqoridagi jumlani tushunmagan boʻlsangiz,
katta ehtimollik
bilan sizda 64-Bit Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan).
Yuklab olingan faylni ochamiz, va oʻrnatamiz
(hech qanday oʻzgartirishlarga
hojat yoʻq, NEXT, ACCEPT, FINISH tugmalarini bosib turamiz xolos).
Anaconda oʻrnatilganidan soʻng Windowsdagi
dasturlar orasida Anaconda
Navigator dasturini ochamiz.