1-ma’ruza. Pythonda dastur kodini yozish va ishga tushirish. Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.10.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#155000
1   2   3   4   5   6
1-ma’ruza. Pythonda dastur kodini yozish va ishga tushirish. O z

Pythonda dastur kodini yozish 
Python tilida dastur instruktsiyalar toʻplamidan tashkil topgan boʻlib, har bir 
instruktsiya alohida qatorda joylashgan boʻlishi kerak boʻladi. Masalan: 
Python da xat boshi (otstup) juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. xat 
boshining notoʻgʻri joylashtirilishi dasturda xatolikka olib keladi. Masalan 
yuqoridagi dastur kodini quyidagicha yozamiz: 
Ushbu dastur kodi yuqoridagisi bilan bir xil boʻlishiga qaramasdan 
interpretator xatolik haqida xabar chiqaradi va dastur bajarilmaydi. Shuning uchun 
ham Pythonda har bir instruktsiya alohida qatorda yozilishi shart. Ushbu hususiyat 
Pythonning boshqa tillardan, masalan, Java, C# tillaridan farqli jihatlaridan biri 
hisoblanadi. 
Shunga qaramasdan Python tilining ba`zi konstruktsiyalari bir necha 
qatorlarda yoziladi. Masalan if shart konstruktsiyasi shular jumlasidan: 
Bu holatda 10 soni 20 sonidan kichik va "Shart bajarildi" soʻzi chiqariladi. 
print("Shart bajarildi") instruktsiyasi oldida albatta xat boshi boʻlishi shart, chunki u 
alohida oʻzi ishlatilmagan balki if shart konstruktsiyasining qismi sifatida 
qoʻllanilgan. Odatda xat boshi 4 ga karrali probellar soni (4, 8,12) bilan yozish 
kelishilgan, lekin probellar soni 5 va undan ortiq boʻlsa ham dastur ishlaydi. 
Registrga sezuvchanlik. Python – registrga sezuvchan til hisoblanadi. Shuning 
uchun print, Print yoki PRINT ifodalar turli ifodalarni anglatadi. Agarda print 
berilganlarni chiqarish ifodasi oʻrniga Print ishlatilsa xatolik yuz berganligini 
ifodalovchi “ name ‘Print’ is not defined” shaklidagi xabar chiqadi. 
Kommentariyalar (Izohlar). Pythonda u yoki bu dastur kodlari qismlari nima 
ish qilishini qayd qilib ketish uchun izohlardan foydalaniladi. Interpretator dasturni 
baytkodga tarjima qilayotganda yoki bajarayotganda izohlarni e`tiborsiz qoldiradi. 
Shuning uchun izohga olingan berilganlar dastur ishlashiga hech qanday ta`sir 
koʻrsatmaydi. 
Python dasturlash tilida izoh qoʻyish uchun “#” belgisidan foydalaniladi. 
Odatda izohlar blokli va satrli izohlarga ajratiladi. Lekin har ikkalasi ham “#” belgisi 
orqali hosil qilinadi. Farqi satr izohlar dastur kodi yozilgan qatorda koddan keyin 
yoziladi va u shu satr nima ish bajarishi toʻgʻrisidagi ma`lumotlardan tashkil topadi, 
ya`ni: 


Blokli izohlar esa dasturning biror qismi nima ish bajarishi yoki shu qism 
mazmunini foydalanuvchiga qisqacha ochib berish uchun ishlatilib, dasturni shu 
qismi kodlaridan oldin alohida satr yoki satrlarda “#” va bitta probel bilan yoziladi, 
masalan: 
Asosiy funksiyalar. Python oʻz ichiga bir necha ichki funksiyalarni qamrab 
olgan. Ularni ba`zilari dasturlash jarayonida, ayniqsa dasturlash sistaksisini 
oʻrganish paytida juda koʻp qoʻllanilganligi sababli ularni alohida qarab chiqamiz. 
Ma`lumotni konsol ekraniga chiqarish – print() funksiyasi hisoblanadi. 
Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va 
x.k.) berilishi mumkin: 
Agarda birdaniga bir nechta qiymatlarni chop etish talab qilinsa, u holda ularni 
print() funksiyasiga “,” bilan ajratib kiritiladi: 
Natijada ular ekranga probel bilan ajratilgan holatda chop etiladi. 
F.I.SH.: Eshmatov Toshmat 
Agarda print() funksiyasi ma`lumotlarni chop qilish uchun moʻljallangan 
boʻlsa, input() ekrandan berilganlarni kiritish uchun qoʻllaniladi. input() 
funksiyasiga argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin. Ushbu satr konsol 
ekranida aks ettirilib, kiritilishi kerak boʻlgan berilganlar uchun yordamchi taklif 
vazifasini bajaradi. Masalan: 
Natijaning konsol ekranidagi koʻrinishi quyidagicha boʻladi: 
F.I.O.: Baratov Jasur 
Salom Baratov Jasur 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin