1-Ma’ruza: Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari Reja: 1


Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari



Yüklə 157,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix15.08.2023
ölçüsü157,83 Kb.
#139397
1   2
1-Ma’ruza Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari

Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari 
Sertifikatlashtirish 
asoslari 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Qonuni 

Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish

da keltirilgan. Qonunda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi O’zbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (

O’zstandart

) sertifikatlashtirish 
bo’yicha milliy organ va sertifikatlashtirish tizimi ishtirokchilarini akkreditlash 
bo’yicha organ deb belgilangan. 
Qonunga muvofiq, sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiklanadigan Majburiy sertifikatlanishi lozim bo’lgan 
mahsulotlar va xizmatlar ro’yxati bo’yicha va shuningdek, boshka qonunchilik 
aktlarida ko’zda tutilgan xollarda amalga oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirishni 
o'kazish bo’yicha ishlarni tashkil etish 

O’zstandart

agentligi zimmasiga 
yuklangan. 
Sertifikatlashtirishni birjinsli mahsulotlarni majburiy akkreditlash bilan 
sertifikatlashtirish bo’yicha organlar amalga oshiradi. Majburiy sertifikatlashtirish 
subʼektlari 

O’zstandart

agentligi, sertifikatlashtirish bo’yicha organlar, sinov 


laboratoriyalari (markazlari), nazorat organlari, 
mahsulotni tayyorlovchilar 
(sotuvchilar)dan iborat bo’ladi. Sertifikatlashtirish bo’yicha organlarga bir jinsli 
mahsulotni sertifikatlashtirish tizimini yaratish, sertifikatlashtirish sxemalarini 
tanlashni amalga oshirish va buyurtmachilarga sertifikatlashtirilgan mahsulotga 
muvofiqlik nishonini qo’llash huquqini berish huquqi berilgan. 
Qonun import va eksport kilinadigan mahsulotni sertifikatlashtirish shartlarini 
belgilab bergan. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotga uning 
belgilab qo’yilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat va muvofiqlik 
nishoni ilova qilinishi lozim. Muvofiqlik sertifikati yuk bo’lgan holda bojxona nazorat 
organlari o’tkazilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishni Milliy sertifikatlashtirish 
tizimi qoidalari bo’yicha o’tkazish masalasi hal etilguniga qadar to’xtatib turadilar. 
Qonun, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusi bo’yicha 
ixtiyoriy sertifikatlashtirishni ham ko’zda tutadi, unga kura istalgan mahsulot o’zining 
normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirilishi 
mumkin. 
Qonun tayyorlovchilarning (tadbikorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) 
majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilganligi uchun javobgarligini va 
shuningdek, sertifikatlashtirish bo’yicha organlarning asoslanmagan sertifikat berishi 
va buyurtmachining tijorat sirini oshkor kilganligi uchun javobgarligini ko’zda tutadi. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni sotganlik uchun sotilgan 
mahsulotning qiymati mikdorida jarima solinadi. Jarima 

O’zstandart

agentligining 
davlat inspektori tomonidan undiriladi. Jarimaning undirilishi sertifikatlashtirishni 
o’tkazishdan ozod etmaydi. 
Respublika Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan 

Isteʼmolchilarning 
)^kuklarini 
xdmoya 
qilish 
to’g’risida

gi 
Qonun 
sertifikatlashtirishning qo’shimcha huquqiy asosini berdi. Xususan, qonunda majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo’lgan tovarni sotishda isteʼmolchiga uning 
sertifikatlashtirilganligi haqidagi axborot takdim etilishi lozimligi aytib utilgan. O’zoq 
muddatli tovarlar va xizmatlarga tayyorlovchi kafolat muddatini belgilashi lozim. 
Qonun isteʼmolchining - tovarni, ishni yoki xizmatni shaxsan isteʼmol qilish 
yoki shaxsiy xo’jalikda foyda olish bilan bog’liqmas foydalanish maqsadlarida sotib 
olayotgan, buyurtma berayotgan yoki sotib olish yoki buyurtma berishni 
muljallayotgan fuqaroning (jismoniy shaxsning) manfaatlarini x,imoya qilishga 
qaratilgan. Isteʼmolchi huquqlarining bo’zilishi uchun javobgarlik bu qonunga 
muvofiq tovarni sotish uchun ishlab chiqaradigan tayyorlovchi, ishni bajaruvchi yoki 
xizmat kursatuvchi ijrochi, isteʼmolchiga tovarni sotayotgan sotuvchi zimmasiga 
yuklatilgan. 
Isteʼmolchi bunda quyidagi huquqlarga ega: 


- tovar (ish, xizmat) va shuningdek, tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) hakida haqqoniy 
va tuliq axborot olish; 
- tovarni (ishni, xizmatni) erkin va kerakli sifatini tanlash; 
- tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi; 
- hayot, sog’lik va mulk uchun xavfli kamchiliklarga ega bo’lgan tovar (ish, 
xizmat)ning kamchiliklari va shuningdek, tayyorlov chining (ijrochining, 
sotuvchining) noqonuniy amali (amal qilmasligi) bilan yetkazilgan moddiy, maʼnaviy 
zararni to’la hajmda to’ldirish; 
- bo’zilgan huquqlarini va qonun bilan muxofaza qilinadigan manfaatlarini himoya 
qilish uchun sud va vakolatli davlat muassasalariga murojaat qilish; 
- isteʼmolchilarning ijtimoiy birlashmalarini to’zish. 
Qonun isteʼmolchiga tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) haqida ham (5-modda), 
tovar hakida xam (6-modda) to’liq axborot berilishini belgilab qo’ygan. Majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo’lgan 
tovarni 
nisbatan 
isteʼmolchiga 
sertifikatlashtirilganligi hakida axborot berilishi lozim. Tovar (ish, xizmat) hakidagi 
zaruriy axborotning yo’qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni tegishli davlat organining 
buyrug’iga muvofiq u kursatilguniga qadar sotilishini tuxtatib qo’yilishiga olib keladi. 
O’zoq muddatli foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarning barcha turlariga 
tayyorlovchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilashi lozim. Tayyorlovchi (ijrochi) 
tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati 
davomida uning xavfsizligini taʼminlashi yoki u belgilanmagan bo’lsa, tovarni (ishni) 
isteʼmolchiga sotilgan kunidan boshlab o’n yil davomida taʼminlashga majburdir. 
Isteʼmolchilarning hayoti, sog’ligi va mulki hamda atrof muhit uchun xavfli 
bo’lgan tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarganlik uchun qonunchilikka asosan 
quyidagilar javobgardirlar: 
- tayyorlovchi (ijrochi); 
- normativ xujjatlarni tasdiklagan organ; 
- muvofiqlik sertifikatini bergan tashkilot; 
- xavfli tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chikarish yoki sotuvga ruxsat etgan sog’liqni 
saqlash, tabiatni qo’riqlash, veterinariya xizmati organlari yoki boshka organlar. 
Davlat isteʼmolchilarga tovarni (ishni, xizmatni) sotib olish va undan 
foydalanishda ularning huquqlarining va qonun bilan muxofaza qilinadigan 
manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Isteʼmolchilar huquqlarining davlat 
ximoyasini davlat xokimiyati va boshkaruv organlari, sudlar taʼminlaydi. Tovarlar 
(ishlar, xizmatlar)ning xavfsizligi va sifatini taʼminlash maqsadlarida 

O’zstandart

agentligi, Davlat arxitektura-qurilish, Davlat tabiatni qo’riqlash qo’mitasi, Sog’likni 


saqlash vazirligi va davlat boshkaruvining boshka organlari o’z vakolatlari 
chegaralarida tovarlar (ishlar, xizmat- lar)ning xavfsizligi, sifati ustidan nazoratni 
amalga oshiradilar. 
Tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchilarning huquqlarini ximoya qilish 
haqidagi qonunni bo’zgan xollarda javobgardir. Qonunning 26-moddasining birinchi 
qismida sanab o’tilgan 

O’zstandart

agentligi va davlat boshkaruvining boshqa 
organlari quyidagi xollarda jarima solish huquqiga egadirlar: 
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini tayyorlovchi 
(ijrochi) tomonidan bo’zilishi; 
- ularning buyruklarini tayyorlovchi (sotuvchi) ijro qilishdan bo’yin tovlaganida, o’z 
vaqtida va lozim darajada ijro etmaganda; 
- normativ xujjatlar talablariga javob bermaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan 
isteʼmolchilarga zarar yetkazganida. 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida yuridik va jismoniy shaxslarning 
mahsulot ishlab chiqarilishi va xizmat ko’rsatilishida normativ hujjatlar talablarini 
sertifikatlashtirish qoidalarini bo’zganliklari uchun javobgarligi ko’zda tutilgan. 
Qonunchilikda xo’jalik yurituvchi subʼektlarning quyidagi javobgarlik choralari 
ko’zda tutilgan: 
- jarima sanktsiyalari; 
- huquqiy choralar; 
- og’ir oqibatlarga olib kelgan bo’zilishlarga yo’l qo’ygan amaldor shaxslarning jinoiy 
javobgarligi; 
- fuqarolik javobgarligi. 
Xo’jalik yurituvchi subʼektlarga jarima sanktsiyalari majburiy talablar bo’yicha 
normativ 
xujjatlarga 
mos 
kelmaydigan 
tovarni 
sotganlik, 
majburiy 
sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni muvofiqlik sertifikatisiz sotganlik, 
mahsulotni taqiqlashga karamasdan sotganlik uchun qo’llaniladi. Sertifikatlashtirish 
soxasidagi qonunchilikning bo’zilishi uchun javobgarlikning normativ-huquqiy asosi 
O’zbekiston Respublikasining qonunlari, qonunosti aktlari va normative hujjatlarni o’z 
ichiga oladi. Bular jumlasiga quyidagilar taalluqlidir; 

Standartlashtirish 
to’g’risida

gi, 

Metrologiya to’g’risida

gi, 

Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida

gi, 

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida

gi, 



Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida

gi qonunlar, 
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 martdagi 

O’zbekiston 
Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil etish to’g’risida

gi 92-sonli 
qarori, 
1994 yil 12 avgustdagi 

Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan 
mahsulotlar ro’yxatini, sertifikatlashtirishni o’tkazish, xavfsizligi tasdiklanishi lozim 
bo’lgan tovarlarni olib kirish, O’zbekiston Respublikasi hududiga va uning hududidan 
olib ketish tartibini tasdiqlash to’g’risida

gi 409-sonli Qarori, 
1994 yil 12 avgustdagi 

O’zbekiston Respublikasi hukumatining baʼzi 
qarorlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish haqida

gi 410-sonli Qarori, 
2004 yil 6 iyuldagi 

Mahsulotni sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish 
bo’yicha qo’shimcha choralar hakida

gi 318-sonli Qarori. qonunlar va qonunosti 
aktlari talablarining ijro etilishi uchun majburiy bo’lgan normativ hujjatlar ishlab 
chiqilgan bo’lib, huquqni buzgan subʼektlarni javobgarlikka tortish tartibini ko’zda 
tutadi.
Sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka 

O’zstandart

agentligi tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini o’tkazish bo’yicha akkreditlangan 
sertifikatlashtirish bo’yicha organlar, sinov va shuningdek, tayyorlovchilar 
(tadbirkorlar) javobgardirlar. Sertifikatlashtirish bo’yicha organ tomonidan 
sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilishi ularning akkreditlanganligi haqidagi 
guvoxnomaning tuxtatib kuyilishi yoki bekor qilinishi turidagi jazoga olib keladi. 
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) quyidagilar uchun javobgardirlar; 
- muvofiqlik sertifikatisiz va shuningdek, muvofiqlik nishoni bilan nohuquqiy 
nishonlangan mahsulotni sotish; 
- muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lmagan mahsulotni reklama qilish; 
- nazorat organining buyrugi bo’yicha tuxtatib qo’yilgan yoki takikpangan mahsulotni 
sotish. 
Sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilishi sertifikatning va muvofiqlik 
nishonining amal qilinishini to’xtatib quyilishi va bekor qilinishini ko’zda tutadi. 
Nazorat savollari: 
1.
Sertifikatlashtirish xalqaro savdoni rivojlantirishga qanaqa xizmat qiladi? 
2.
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari qaysilar? 
3.
Sertifikatlashtirishni birjinsli mahsulotlarni majburiy akkreditlash bilan 
kim shu g’ullanadi? 


4.
Isteʼmolchilarning hayoti, sog’ligi va mulki hamda atrof muhit uchun 
xavfli bo’lgan tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarganlik uchun 
qonunchilikka asosan kimlar javobgardir? 

Yüklə 157,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin