1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. Tenzorezistorlar p-n o’tish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/9
tarix27.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#149466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik p

Haroratni o‘lchash

Sanoat, elektroenergetika, kimyoviy texnologiya, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishlarda va boshqa sohalarda haroratni o‘lchash, nazorat qilish va rostlash muhim masalalardan hisoblanadi.




5-rasm.

Harorat termorezistorlar va termojuft (termopara)lar yordamida o‘lchanadi. Ular muvozanatlangan va muvozanatlanmagan ko‘prik sxemalarga ulanadi (5-rasm). Bunda ko‘prikning o‘lchash diagonaliga yuqori sezgir magnitoelektrik asbob va logometrulanadi. Asbobning shkalasi harorat bo‘yicha darajalanadi.


Energobloklar va boshqa yuqori haroratda ishlaydigan qurilmalarda termojuft (termopara)lardan keng foydalaniladi. Asbobsozlik korxonalari termoparalar bilan birga, magnitoelektrik millivoltmetrlar, logometrlar,o‘zgarmas tokli ko‘priksimon sxemali asboblar va kompensatorlar ham ishlab chiqaradi. Ayniqsa, harorat o‘lchash natijalarini diagrammali qog‘ozga qayd etuvchi asboblar ham ko‘p tarqalgan.
Termoparali o‘lchov asboblari xatoligining asosiy sabablaridan biri – termopara erkin uchlari haroratining o‘zgarishidir. O‘lchash zanjiriga atrofmuhitning harorati ta’sirini kamaytirish, sezgirligi va aniqligini oshirish uchun kompensatsion zanjirlardan foydalaniladi.

Qovushqoqlikni o'lchash

Neftni qayta ishlash, lok-bo'yoq, kimyo sanoatida texnologik suyuqlikldar qovushqoqligini yuqori aniqlikda o'lchash juda muhim. Shuning uchun ham qovushqoqlikni o'lchashda aniq o'lchash usullari va o'zgartkichlridan foydalaniladi.


Biz quyida qovushqoqlikni o'lchashda qo'llaniladigan birlamchi o'zgartkich konstruktiv sxemasi va uni ishlash prinsipini qisqacha izohlash bilan cheklanamiz (6 - rasm). Bu o'zgartkich Toshkent politexnika institutida prof. Yusupbekov N.R. va boshq. tomonidan tavsiya etilgan. O'zgartkich kapillyar 1 va uni ichiga kesishgan ikkita yupqa plastinka 2 joylashgan bo'lib, undagi bosimlar farqini o'lchash uchun ikkita teshik ko'zda tutilgan. Gorizontal holatda joylashgan kapillyarga doimiy bosim bilan qovushqoqligi o'lchanishi lozim bo'lgan suyuqlik yuboriladi. Suyuqlikning qovushqoqligiga proporsional bo'lgan bosimlar farqi kapillyardagi ikkita teshikka o'rnatilgan manometr (rasmda ko'rsatilmagan) yordamida qayd etiladi.

6 – rasm.


Bu o' zgartkichning afzalligi shundan iboratki, unda kapillyar ichiga plastinalarning joylashtirilishi natijasida kapillyarning suyuqlik bilan ta'sirlashadigan ishchi yuzasi keskin ortishi tufayli uning sezgirligi keskin ortadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin