1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
7. MAVZU: TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINING BOSQICHLARI.
Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari. Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog’liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko’rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’gnikmalarni reproduktiv, reproduktiv- ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashuviga bog’liq bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-shakl).
Birinchi davrdafikrlash qobiliyati produktiv xususiyatiga ega bo’ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga extiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan ikkinchi davr – muammo yechimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidiralayotgan yechimning izlanuvchi mutaxasisligiga bog’liq bo’lib unda qarayolayotgan muammoning yechimi bo’lib, xizmat qila oladigan xolatlar taxlil qilinadi. Uchinchi produktiv davrda hal qilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan yechim o’zaro bolanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng ma’suyatli davri bo’lib, uning muvafaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tasir ko’rsatadi. Ya’ni, yechim ijobiy natija bersa uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To’rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun xisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi.
Texnik yechim g’oyasini amalga oshirish davrlari.
Har bir bosqichning natijaligi o’quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.