19-MAVZU: MODELLASHTIRISH VA MODELLI - TEXNIK TAJRIBA
Modellashtirish va modelli- texnik tajriba. Har xil turdagi texnik ob’ektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. Ma’lum bir texnik ob’ektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Modelli-texnik tajriba ishlarining maqsadi bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning texnik ijodkorligini rivojlantirish hamda ularni ijodkorlikka undovchi omillarni shakllantirish imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi. Texnik ijodkorlik o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganish, shu kun va davr talablarini his etish, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Model-texnik tajriba egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni echishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Texnik ijodkorlikda modellashtirish – bu bilim, mahorat va tajriba uzviyligi bo‘lib, loyihalash mutaxassis faoliyatini ro‘yobga chiqaruvchi omil hisoblanadi. Texnologiya ta’limi jarayonida mutaxasiss ijodkorligi bevosita mehnat bozori bilan aloqador bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, mehnat operatsiyalarini bajarishda bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga ko‘chira olish, texnologik jarayonni nazorat qilish kabi ko‘nikmalar muhim o‘rin tutadi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchilariga hozirgi kundagi ehtiyoj sifatida ijodkorlik darajasi yuqori bo‘lgan mutaxassislar kutilmoqda.
Taraqqiy etgan jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellektual va axloqiy rivojlanishidir.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda fikr bildiradigan bo‘lsak, mutaxassisning texnik ijodkorligi shakllanishida ham protsessual, ham shaxsning ijodiy fazilatlari rivojlanib borishi lozim.
Mutaxassisning ijodkorlik kompetensiyasi tuzilishi va mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin: kasbiy kompetensiya murakkab tuzilma bo‘lib, mutaxassisning faoliyatini belgilab beradi va umummadaniy, kasbiy bilimlar, mahorat, ko‘nikmalar, kasbiy ijodiy yondashuv, shaxsning ijtimoiy yo‘nalganligi, umuman, kasbiy vazifalarni samarali hal etishga imkon beruvchi smfatlar majmuidir.
Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi quyidagi bilimlardan iborat:
funksional (turli fan sohalarini tashkil etish prinsiplari haqidagi bilimlar)
harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik va texnologik)
shaxsning o‘z bilimlaridan iborat.
Bularning natijasida mutaxassisning kasbiy, kommunikativlik mahorati va ko‘nikmalari shakllanadi, loyihalash, tajribaviy va texnologik vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Modellashtirish va modelli-texnik tajribani tadqiq etishda ijodkorlikning quyidagi guruhlarini texnologiya ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun zarur deb hisoblaymiz:
gnostik – ishlab chiqarishga oid yangi bilimlarni egallay olish, o‘z shaxsiy tajribasini hamda ishlab chiqarish ilg‘orlari va novatorlari tajribasini umumlashtirish va tizimlashtira olish;
loyihalash – texnik va texnologik tizimlarni, tikuv buyumlari ob’ektlarini yaratish, kasbiy faoliyatni joriy va istiqbolli rejalashtirish, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimini loyihalash;
tashkilotchilik–muhandislik g‘oyalarini amaliyotga joriy eta bilish, jamoaga etakchilik qila olish;
texnologik – texnologik jarayonlarni tashkil etish, chizmalar va texnologik xaritalarni o‘qiy olish, qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatlar va sharoitlarni, asbob-uskuna va jixozlarning texnik tavsiflarini aniqlay bilish;
konstruktorlik – buyumlarni tayyorlash bo‘yicha hisoblashgrafik ishlarni bajara olish, eskizlar va chizmalarni bajara olish, texnik shartlarga mos ravishda texnologik jarayonni yo‘lga qo‘ya bilish, nosozliklarni bartaraf etish uchun tadbirlar tizimini aniqlay olish.
SHunday qilib, ijodkorlik deganda, muayyan kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshira olishni ta’minlaydigan kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalar va faoliyat tajribasining yig‘indisi hamda shakllangan shaxsiy sifatlar tushuniladi.
Ta’limga texnik tajriba asosida yondashuv faqatgina ma’lumotlar va ko‘nikmalarning yig‘indisini egallashdan iborat bo‘lgan ta’lim natijalariga emas, balki shaxsning kasbiy faoliyatga, ijodkorlikka, turli xil muammolarni mustaqil ravishda echa olishga qodirligi va tayyorligiga yo‘naltirilgan ta’lim natijalarining yangi turlarini yuzaga keltiradi.
Ijodkorlikni tadqiq qilish mustaqil ta’lim olish va ijodiy individuallikni rivojlantirish maqsadida ijodkorlik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning ijodiy jarayonni innovatsion amaliyotda modellashtirish (aynan yaratuvchanlik faoliyatida shaxsning kreativ potensiali rivoj topadi) bilan bog‘liq maqbul shakllarini aniqlash imkonini berdi. Bu o‘rinda yuzaga keladigan murakkablik ijodiy hamkorlik faoliyatini yaxshiroq tashkil qilish hamda boshqarish bilan belgilanadi, zero, bunda ongli ijodiy individuallikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi.
Texnik modellashtirishda ijodkorlik dinamik hodisa, murakkab ochiq tizim, shaxs hayotiy dasturi sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy ijodkor o‘qituvchi pedagogik faoliyatning reproduktiv usuli va ijodkorlikdan birini tanlashda nafaqat o‘zligini, hayotiy maqsadlarini ro‘yobga chiqaradi, u o‘zini sifat jihatidan o‘zgartiradi, psixologik to‘siqlarni engadi, kasbiy ahamiyatli sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini qidiradi, o‘z pedagogik konsepsiyasini ishlab chiqadi. Umuman olganda, o‘qituvchining pedagogik faoliyati uchun, birinchidan, innovatsion yo‘naltirilgan, ikkinchidan, ijodkorlik faoliyati jarayonida individuallik sifatida o‘ziga yo‘naltirilganlik xos bo‘ladi
Xarakteri bo‘yicha – bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin.
Bu masalaga ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq:
Dostları ilə paylaş: |