18-MAVZU: TEXNIK MODELLAR KLASSIFIKATSIYASI
Hozirgi kunda texnika va texnologiyaning kun sayin rivojlanib borishi, bilimlarning tezlik bilan yangilanishi bo‘lajak o‘qituvchilardan zamonaviy sharoitlarga moslashish ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda yangi bilimlarga intilishni talab etadi. Bu esa bo‘lajak kasb ta’limi ta’limi o‘qituvchilarini mustaqil izlanishga va ishlashga, kasbiy hamda hayotiy muammolarni mustaqil echib unga ijodiy yondashishga o‘rgatish zaruriyatini tug‘diradi. SHuning uchun ham bugungi kunda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs konsepsiyasini amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining bosh vazifasi bo‘lib, bunda kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish muhim hisoblanadi
Model va modellashtirish. Texnik modellashtirishga kirish ishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining aniqlab bilib olish zarur. Model haqiqatdan ob’ektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. SHuningdek u xarakatlanadigan va o‘z na’munasi (haqiqiy ob’ekt)ning funksiyalari ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Maket - ob’ektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasavvurdir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o‘ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.
Texnik modellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo‘linadi.
1-tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan ob’ektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika ob’ektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili, ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular ob’ekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. SHu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2-tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki o‘rganilayotgan ob’ektning xarakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat ob’ektlarni tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuklikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
3-tip– funksional o‘xshashligi – tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o‘xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosanishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko‘rsatadi: chizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada etishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek topshiri bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Dostları ilə paylaş: |