1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə68/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi.
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi juda ko‘p qirrali. Hozirgi kunda bolalar va yoshlar ijodiy faoliyati bilan har xil vazirliklar xalq ta’limi xodimlari, kasaba uyushmasi, “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakati, Vatanparvar tashkiloti va boshqalar shug‘ullanadilar.
Bolalar va yoshlarning ommaviy ravishda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishida umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari muassasalar (yosh texniklar stansiyasi, uylari, o‘quvchilar markazlari, yosh texniklar klubi, madaniyat markazi, madaniyat va texnika markazi) shug‘ullanadi.
Texnik ijodkorligining mazmuni o‘quvchilarning yoshlariga qarab tanlanadi. I-IV sinflarda elementar bilimlarga, V-IX sinflarda asosiy chuqur texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimlar shakllantiriladi.
Egallangan bilimlar va asosiy ko‘nikmalariga tayangan holda o‘quvchilarning texnik ijodkorligi mazmuni kengayib boradi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar tanlagan kasbi bo‘yicha ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatlarida ishtirok etadilar. Bunda ular texnik, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy tekshirish, konstruktorlik ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladilar.
O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu shubhasiz yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan ta’lim tizimini ham axborot texnologiyalari hamda uning asosi bo‘lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi yangi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining ko‘plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmoqda. SHu sababli, bugungi kunda yoshlarni axborot davrida yashash va ishlashga o‘rgatish, ularda axborotlarni yig‘ish, tartib va tahlil qilish, uni uzatish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o‘z navbatida o‘quvchilarning ko‘plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o‘taydi, chunki har qanday yangi g‘oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil o‘rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan echim bilan bog‘lashni o‘rganish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bo‘lsa, albatta oddiy inson xotirasida saqlab bo‘lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab etiladi. Axborot texnologiyalari imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o‘quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va ma’lumotlar banklari vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. SHu munosabat bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor kuchayib bormoqda, keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo‘yicha vatanimiz jahon ko‘rsatkichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnikalarini, jumladan shaxsiy kompyuterlarning qo‘llanishi uchun zarur nazariy va amaliy, ilmiy-metodiy asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Texnik ijodkorlikni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashning shakl va usullarini belgilashda, avvalo ular yordamida o‘quvchilarning ijod qilishni emas, balki yangi texnik echimni yaratishdagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va uni amalga oshirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalanishini e’tiborga olish lozim.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin