2.2 «O‘qituvchi» avtomatlashtirilgan ish joyi
«O‘qituvchi» avtomatlashtirilgan ish joyi o‘qituvchining ish faoliyatida bajariladigan ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturlar, texnik vositalar, qonun – qoidalar, uslublar, tamoyillarning majmuidan iborat. O‘qituvchining ish faoliyati bilan bog‘liq hamma ishlar ham avtomatlashtirilmaydi. Masalan, mavzuni o‘quvchilarga tushuntirish jarayoni kabi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqatiga bog‘liq faoliyatini kompyuter yordamida avtomatlashtirish kutilgan natijani bermaydi. Avtomatlashtirilgan ish joyi o‘qituvchining ish faoliyatidagi barcha vazifalarni qamrab olmasdan, uning ma’lum yo‘nalishidagi ishini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarni bilimini obyektiv aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lmish test sinovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish yuqori samara beradi. Bugungu kunda test o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirishda turli kompyuterlar va ular uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlardan foydalanmoqda. Masalan IBM kompyuterlari uchun «Graf - test», «Super –test» dasturlari shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |