Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50 – yillarda paydo bo‘ldi. Bu yillarda ular maosh hisob – kitoblarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog‘oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib kelgan.
60 – yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o‘zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko‘pgina parametrlar bo‘yicha qo‘llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko‘pgina funksiyalarga ega bo‘lgan EHM lar talab etila boshlandi.
70 – 80 – yillarda boshlarida axborot tizimlari qarorlarni qo‘llab - quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo‘lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshladi.
80 – yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yanada o‘zgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai bo‘lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o‘z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda.
Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni umumiy holda quyidagicha tasavvur etish mumkin:
Qo‘llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog‘liqdir. Ularni dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: |