Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Tashkiliy boshqaruvning AT– shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat ob’ektlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyalari, mexmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.