Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar – funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.