1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
 
Topshiriq: 
Tekshirishda aniqlangan ko`rsatkichlarni daftaringizga yozib va 
savollarga javob bering.
1. Odamda arterial qon bosimi qanday o`lchanadi ? 
2. Tomirlar sistemasidagi qon bosimini qanday onillar yuzaga keltiradi?
3. Sistolik va diastolik bosim deb nimaga aytiladi? 
4. Pul’s bosimi deb nimaga aytiladi? 
 
2-ish: Kapilyar qon aylanishini kuzatish. 
Ishning maqsadi:
Tirik baqa tanasining turli qismlarida kapillyar qon 
aylanishining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish. 
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Mikroskop, qongeyta taxtasi, 
Ringer eritmasi, shisha kalpoq, jarrohlik asboblar yig`indisi, nina, efir, paxta, suv, baqa. 
Ishni bajarish tartibi;
a) Baqa suzish pardasida kapillyardagi qon aylanishni 
kuzatish. Qon tomirlari va nerv sistemasining bir butunligini saqlash maqsadida baqaga 
norkoz berish lozim. Buning uchun baqani uncha katta bo`lmagan shisha qalpoq ostiga 
joylashtirib, qalpoqning ostiga efir bilan ho`llangan paxta qo`yiladi. Harakatsizlangan 
baqani qongeyma taxtachasiga qorinchasi pastga qilib yotqiziladi. Baqaning orqa 
oyog`idan 2 va 3-barmog`i o`rtasidagi suzuvchi pardani doskacha teshigiga 
to`g`irilanadi va barmoqlarini kengaytirib, nina bilan sanchib mustahkamlanadi. 


38 
Suzuvchi pardani ko`p tortishga taranglashga harakat qilmaslik kerak, chunki qoning 
oqishi to`xtab qolishi mumkin. Baqaning terisi qurib qolmasligi uchun paxtadan 
yasalgan ho`l sharcha bilan xo`llab turish lozim. Preparatni mikroskop stolchasiga 
joylashtirib ob`ektiv 8x20 bilan kichik arteriya, kapilyar va venozlardagi qonning 
harakatini kuzating. Qonning harakat yo`nalishini o`rganayotib, arteriyalarning 
kapillyar va venalarini toping, rasmini chizing.
b) Baqaning tilidagi kapillyarlarda qon aylanishini kuzatish. Narkoz bilan 
uxlatilgan baqani taxtachaga qorin tomoni bilan yotqizing. Sekinlik bilan baqaning 
og`iz bo`shlig`idan pintset yordamida tili tashqari tomon tortiladi va uni qongeyma 
doska teshikchasi satxiga nina bilan sanchib qo`yiladi. Preparatni mikroskop stolchasiga 
qo`yib, uning kichik ko`rsatkichi bilan juda mayda qon tomirlarida qonning oqish 
harakati kuzatiladi. Mikroskopni katta qilib ko`rsatadiganga (ob`ektiv 20x) 
kapillyardagi qonning oqishini, eritrotsitlarning ketma-ket bu qatorda harakat qilishini 
va kapillyar qayilgan joyda eritrotsitlar deformatsiyasini kuzating. Arteriya, kapillyar va 
venalarni topib, rasmini chizing, katta va kichik ob`ektiv bilan kuzatilganda qonning 
harakatidagi xususiyatlarni aniqlang. 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin