40
19-rasm; Nafas harakatlarini yozib olish. (pnevmografiya)
Ishni bajarish tartibi;
Buning uchun pnevmografni tekshiriluvchi odam ko`krak
qafasining pastki qismiga o`rab bog`lanadi. Marey kapsulasidagi
yozadigan peroni
dudlangan baraban sathiga tegizib, rezina nasos
yordamida xalta ichiga havo
yuboriladi va u chiqib ketmasligi uchun rezina naycha nasosdan yuqorida qisqich
bilan qisiladi. Ko`krak qafasi kengayganda rezina
xalta ichidagi havo siqilib, Marey
kapsulasiga o`tadi va yozadigan pero yuqoriga ko`tariladi. Ko`krak
qafasi
torayganda, aksincha, havo Marey kapsulasidan yana xalta ichiga kiradi va yozadiga
pero pastga tushadi. Shunday qilib, xaltadagi bosim o`zgarganda,
yozadigan pero
harakatga keladi va bu harakat barabanga yozib olinadi. Shu yo`l bilan ko`krak
qafasining yuqori, o`rta qismidan va qorindan nafas olish va chiqarish harakatlarini
quyidagi hollarda:
a) tinch nafas olish vaqtida; b) tez va chuqur nafas olish vaqtida;
v) uzoq nafas olmay turilganda; g) gaplashib turgan vaqtda yozib olish kerak.
Topshiriq
:
Tajriba natijalarini qayd qiling va savollarga javob bering.
1. Nafas olish va chiqarish harakatlarini tezligi nimalarga bog`liq?
2. Tinch holatdagi odam bir minutda necha marta nafas olib, chiqaradi?
Dostları ilə paylaş: