37
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Sfigmomonometr,
fonendoskop.
Ishni bajarish tartibi;
Tekshiriluvchini ish stoliga o`tqizing, o`ng
yoki chap
qo`lni stolga qo`ying. Tekshiruvchining engini shimarib,
elka qismiga chiqariladi va
tirsak chuqurchasidan yuqoriroqda manjetka bilan elkadan o`raladi. Bilakning tirsak
bo`g`imidan o`tadigan
arteriyani topib, fenondoskopning membranasini yoki
stotoskopini qo`ying. Bir qo`lingiz
bilan fonendoskopni ushlang, ikkinchisi bilan
manjetkaga havo haydang. Manjetkaga rezina nasos orqali bilak arteriyasidagi pul’s
yo`qolguncha havo yuboriladi. Manjetkadagi havoning
bosimini sekinlik bilan
kamaytiring. Shu bilan birga monemetrning ko`rsatkichini kuzating va arterial qon
tomiridagi tovushni eshiting. Tovushning kelib chiqish vaqti sistolik bosimga to`g`ri
keladi (maksimal bosim). Manjetkadagi havo bosimini kamaytirishni davom ettiring va
Korotkov tonlarining kuchayishini, sekin pasayishini va butunlay yo`qolishini kuzating.
Tonning yo`qolish payti diastolik bosimga to`g`ri keladi (minimal bosim).
Uch marta
shu tariqa o`lchang va eng kichik darajali qon bosimini yozing. Tekshiriluvchiga
uncha og`ir bo`lmagan jismoniy ishni bajarish (20 marta o`tirib turish)
taklif
etiladi va tezlik bilan arterial bosim o`lchanadi va farqi aniqlanaaadi.
9- jadval
Qon bosimini o`lchash
Qon bosimi, mm s.u.
Sistolik bosim
Diastolik
bosim
Pul`s bosimi
Tinch holatda
110
70
40
Jismoniy ish tugashi bilan
5 min dam olgandan keyin
Dostları ilə paylaş: