1. Gregarinalarning tuzilishi va rivojlanishidagi muhim xususiyatlari.
2. Gregarinalarning keltirib chiqaradigan kasalliklar va uning ahamiyati.
3. Gregarinalaming tuzilishi va rivojlanishi aks ettirilgan rasmlarni chizing.
8 - MASHG’ULOT
QUYON KOKSIDIYASINING TURLIXIL TARAQQIYOT DAVRLARIDAGI TUZILISHIVA
RIVOJLANISHI
Tip. Sporalilar - Sporozoa
Sinf. Koksidiyasimonlar - Coccidiomorpha Kenja sinf. Telosporidiyalar - Telosporidia Turkum. Koksidiyalar-Coccidiida
Avlod. Eimeriyalar - Eimeria
Tur. Quyon koksidiyasi - Eimeria magna
Ojquvmashg 'ulotiningmaqsadi:sporalilardan quyon koktidiyasining hayotiy siklining turli davrlaridagi tuzilishlarini o'rganish.
Kerakli jihozlar:Koksidiyali har xil preparatlar, quyon fekali, osh tuzi (0,75%) eritmasi, tomizgichlar, buyum va qoplag’ich oynalar, immersion ob'ektivli mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Koksidiyalar hujayra ichidagi parazitlar bo’lib, har xil umurtqali hayvonlar, xususan quyonlar, qo’ylar, echkilar va parrandalaming epitelial to'qimalari hujaylarida yashaydi (16-rasm).
Quyonlarda parazitlik qiluvchi eymeriya oosistasining uzunligi 25-40 mkm, eni 18-30 mkm.ga yetadi. Har bir oosistada 4 tadan sporalar bor. Har qaysi spora ichida 2 tadan
44
ingichka, harakatchan sporozoitlar bo’ladi. Hayvonlar koksidiyalarning oosistalik stadiyasini suv yoki oziq moddasi orqali yuqtiradilar.
Quyon ichida oosistaning qobig’i erib ketadi, sporaiarning po’sti yorilib, ulardan duksimon ko’rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi va tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi. Epitelial hujayralarda sporozoitlar yumaloqlashib, o’sib hajmiga kattalashadi va yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) boMinadi. Shundan keyin yadrolar soniga qarab protoplazma ham o’shancha boMakka bo’linadi va yangi avlod merozoit\arshakllanadi. Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, qaytadan sog'lom epitelial hujayralariga kirib oladi va yana jinssiz yo’1 bilan ko’payib navbatdagi avlodni hosil qiladi.