1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə13/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

14-rasm. Gregarinalar
A-Corycella armata, B-Stylocepholus longicollis, V-Gregarina blattarum, G-gregarina sporasi: 1-epimerit, 2-protomerit, 3-deytomerit, 4-kutikula, 5-yadro.

Keyin ikkita gregarinaning tanasi yumaloqlanib, umumiy qalin qobiqqa o'raladi va sistaga aylanadi. Sista ichida gregarinalar qo’shilmaydi, har bir gregarinaning yadrosi ko’p marta mitoz yo’li bilan bo’linib, ulardan makro va mikro gametalar hosil bo’ladi. Gametalar qo’shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin qobiqqa o’raladi va oosistaga aylanadi. Buni ko’pincha spora deb atashadi. Oosistalar hasharot najasi bilan tashqi muhitga chiqadi. Keyin oosistalarda sporozoitlar hosil boMadi. Ana shunday oosistalar (sporalar) xo’jayin tomonidan oziqa bilan yutinganda oosistaning qobig’i erib, undagi sporozoitlar ichak epiteliy hujayralariga kirib rivojlanishini davom ettiradi va yirik (epimeritli, protomeritli va deytomeritli) gregarinaga aylanadi.


41



15-rasm. Gregarinaning qo'ng'iz ichidagi rivojlanish sikli
1-sporozoit; 2-gamont; 3-sizigiy; 4-gametosista; 5-yadroning gamontlarda bo'linishi; 6-gametalarning hosil bo'lisht; 7-sistadagi erkin gametalar a); 8-gametalaming qo'shilishi; 9-oosistaning hosil bo'lishi; 10,14-sporo- goniyaning har bir stadiyalari; 15-oosista(sakkiztasporozoit bilan).
Demak, gregarinalaming rivojlanish davrida gameta hosil qilish (gametogoniya) va oosista hosil qilish (sporogoniya) jarayonlari almashinib turadi.
Ishning bajarilishi: gregarinali preparatlami mikroskopning ostida qarab yirik gregarinalar topib olinadi, so’ng katta qilib ko'rsatadigan ob'ektiv orqali ulaming tana qismlari: protomeriti, deytomeriti, qattiq kutikuia qavatini, ektoplazma va endoplazmasini diqqat bilan ko’rib chiqing.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni
baholang
1. Gregarina qaysi hayvon organizmlari tipiga kiradi?
A. Sporozoa; B. Cnidosporidia; S. Microsporidia; D. Sarco- mastigophora;
2. Gregarinalar qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi?
A. Bulutlar va yumaloq chuvalchanglar; B. Yumaloq chuvalchanglar va molyuskalar; S. Bo’g’imoyoqlilar va
42



halqalilarda; D. Bo’g’imoyoqlilar va molyuskalarda;
3. Gregarinalar tanasi necha qismdan iborat? A. 2; B. 3-4; S. 2-3; D. 3;
4. Gregarinalar tanasi tashqi tomondan nima bilan qoplangan?
A. Kutikula; B. Pellikula; S. Elastik qobiq; D. Elastik membrana;
5. Gregarina ektoplazmasida qanday tolachalar borligini aniqlang?
A. Muskul; B. Epiteliy; S. Nerv; D. Mioepiteliy;
6. Jinssiz ko’payish gregarinalaming qaysi turkum vakillariga xos?
A. Haqiqiy gregarinalar va arxegregarinalar; B. Haqiqiy gregarinalar va neogregarinalar; S. Arxegregarinalar va neogregarinalar; D. Eugregarinida;
7. Jinsiy ko’payish gregarinalarning qaysi turkum vakillariga xos?
A. Haqiqiy^ gregarinalar va arxegregarinalar; B. Haqiqiy gregarinalar va haqiqiy gregarinalar va neogregarinalar;
S. Arxegregarinalar va neogregarinalar; D. Eugregarinida;
8. Gregarinalarda sizigiy qanday hosil boMadi?
A. Epimeritini tashlab yuborish orqali; B. Gregarina juftining bir-biridan ajralishi orqali; S. Gregarinaning sista hosil qilishi orqali; D. Ikkita gregarinaning juftlashib yopishishi orqali;
9. Gregarinalaming rivojlanish sikli necha bosqichdan iborat?
A. 4; B. 3; S. 2; D. 5;

43





Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin