1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə9/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Xivchinlilarning asosiy vakillari haqida maMumot bering.
2. Yashil evglenaning tuzilishi va biologiyasi.
3. Yashil evglenaning tuzilishi aks ettirilgan rasmlarni chizing.

29




5 - MASHG’ULOT
KOLONIAL XIVCHINLILARNING TUZILISHI VA KO’PAYISHI
Tip. Sarkomastigoforalar - Sarcomastigophora Sinf. Xivchinlilar- Mastigophora
Kenja sinf. O’simliksimon xivchinlilar - Phytomastiga Turkum. Fitomonadlar - Phytomonada
Avlod. Volvokslar - Volvox Tur. Volvoks - Volvox aureus
O'quv mashg 'ulotining maqsadi: kolonial holda yashovchi xivchinlilarning tuzilishini o’rganish hamda ulaming vakillari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: kolonial xivchinlilar bo’lgan suv namunasi, mikroskoplar, buyum va qoplag’ich oynalar, tomizgichlar, salfetkalar, ko’rgazmali vositalar, filtr qog’ozlar, yod eritmasi.
Ishning mazmuni. Volvoks kolonial xivchinlilar ichida eng yirigi (2 mm gacha) bo’lib, uni hovuzlarda, ko’llarda va ba'zan sholipoyalarda uchratish mumkin. Volvoksning tanasi sharsimon, koloniya holda yashovchi bir hujayrali xivchinlilardandir (8-rasm).

8-rasm. Volvoks - Eudorina elegansning sharsimon koloniyasi 1-3-hujayradan iborat koloniya; 2-jinsiz ko’payish.


30



Koloniyadagi bir necha ming individlar (hujayralar) sitoplazmatik ko’prikcha orqali bir-birlari bilan tutashgan. Har qaysi hujayraning tuzilishi xuddi evglenaning hujayra tuzilishiga o’xshaydi, ya'ni har bir individning ikkitadan xivchini, yadrosi, xromatoforalari, qisqaruvchi vakuolasi va
«ko’zchasi» (stigma) bo’ladi (9-rasm).
9-rasm. Volvoks aureus koloniyasining bir qismi
t-koloniyaning vegetativ hujayralari; 2-tsitoplazmatik ko'prikcha;
3-koloniyadagi eng yirik hujayralar bo’lib, ulaming taraqqiy etishi natijasida yangi qiz koloniyalar hosil bo'ladi.

Shuning uchun volvoks tarkibidagi individlaming har birini mustaqil bir hujayrali organizmlar deb qarash lozim. Lekin bu individlaming ko’pchiligi bo’linib ko’payish xususiyatiga ega emas, ulami volvoks tarkibidagi samotik hujayralar deb ataydilar. Volvokslarda ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan individlar juda oz, atigi 4-10 boMishi mumkin. Bular par- tenogonidiyalar yoki «ko’payuvchi vegetativ hujayralan>dir (10-rasm).


31




10-rasm. Volvoks-Volvox aureus ona koloniyasi ichidagi yosh koloniyalar

Ularda hech qanday organoidlar boMmaydi va faqat ko'payish uchun xizmat qiiadi. Koloniyadagi ana shu individlar (partenogoniyalar)ning bir nechtaga boMinishi natijasida yangi yosh koloniya hosil bo'ladi. Shuning uchun volvokslar ichida («ona» tarkibida) bir necha yosh («qiz») koloniyachalar bo’ladi.


Ishning bajarUishi: volvokslar va boshqa kolonial xivchinli suv namunalaridan buyum oynasiga bir tomchi tomiziladi. Dastlab mikroskopni kichik ob'ektivida ko’riladi. Bunda koloniyalaming umumiy shakliga va harakat qilish xususiyatiga diqqat qilinadi. Koloniya xivchinlarini hilpillab turishi tufayli shar hamma vaqt oldinga yumalab harakat qiladi. Volvokslar tanasi ichidagi yosh koloniyalarni topib, ularning tuzilishiga e'tibor bering.


Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Ko’p hujayrali hayvonlar evolyutsion taraqqiyot jara- yonida qaysi gmppa organizmlardan kelib chiqqan?
A. Bulutlardan; B. Volvokslardan; S. Gidrasmonlardan;
D. Bo’g’imoyoq!ilardan;

32




2. 0 ’simliksimon xivchinlilar qanday oziqlanadi?
A. Geterotrof; B. Fotosintezda paramila sintezlaydi;
S. Fotosintezda glicogen sintezlaydi; D. Ko’pchiligi parazit;
3. Evglenasimonlar hujayralarining kattalashmasdan ketma- ket boMinishini ko’rsating?
A. Palintomiya; B. Avtotomiya; S.Gametogoniya; D. Shizo- goniya;
4. Chuchuk suvda ko’p uchrovchi gonium koloniyasida nechta ikki xivchinli hujayralar bo’ladi?
A.12; B. 20; S.16; D.24;
5. Volvokslar qanday jinssiz ko’payadi?
A. Hujayralar ketma-ket bo’linib yosh koloniyalar hosil bo’ladi; B. Bo’yiga bo’linib volvokslar hosil bo’ladi;
5. Ko’ndalangiga bo'linib yosh koloniyalar hosil bo’ladi;
D. Hujayralar jinssiz bo’linmaydi;
6. Volvoks koloniyasida jinsiy ko’payishda qancha hujay- ralar ishtirok etadi?
A.25-30 tuxum, 5-10 urug’ hujayralami hosil qiladi; B.15-25 tuxum, 6-12 urug’ hujayralami hosil qiladi; S.30-40 tuxum, 10-20 urug’ hujayralami hosil qiladi; D.20-35 tuxum, 20-25 urug’ hujayralami hosil qiladi;
7. Qaysi evglenasimonlar avlod vakillari xlorofilni tamoman yo'qotib saprofit oziqlanadilar?
A.Fitomonada, peranema; B.Urseolus, peranema; S.Eudo- rina, volvoks; D.Pandorina, gonium;



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin