Mustaqilishuchuntopshiriqlar 1. Bulutlar qanday tuzulishga ega.
2. Bulut xoanotsit hujayralarining roli nimadan iborat.
3. Bulutlarda qanday skeletlar bor.
4. Bulutlar qanday ko’payadi.
5. Shishali bulutlarga qanday bulutlar kiradi.
6. Oxakli va oddiy bulutlar sinflariga qaysi bulutlar kiradi.
7. Bulutlarni amaliy ahamiyati.
8. Bodyaga bulutining tuzilishi, rivojlanishi, ko’payishi va xilma-xilligi aks ettirilgan rasmlami chizish.
68
12-MASHG’ULOT HAQIQIYKO’PHUJAYRALILAR /EUMETAZOA/BO'LIMI CHUCHUKSUVGIDRANINGTUZILISHIVARIVOJLANISHI Tip. Bo’shIiqichIilar -CoelenterataSinf. Gidrozoylar -HydrozoaKenja sinLGidroidlar -HydroideaTurkum. Gidralar -HydridaAvlod.Gidra-Hydra Tur.Chuchuksuvgidrasi-Hydraoligactis 0 ’quv mashg'ulotining maqsadi: gidraning tuzilishi va ular tanasidagi hujayra elementlari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar:gidraning tuzilishini aks ettiruvchi ko’rgazmali vositalar, preparatlar, bir-ikki sutka davomida ovqatlantirilmagan tirik gidralar, tomizgichlar, ninalar, mikroskoplar, binokulyarlar.
Ishningmazmuni. Gidra toza va tiniq o’simliklarga boy koT, hovuz va shu kabi suv havzalarida hayot kechiradi. Tanasi silindrsimon shaklda boTib, uzunligi 1-1,5 sm.ga etadi (22-rasm).
Gavdasining ingichkalashgan pastki qismi (aboral) bilan substratga yopishadi. Tanasining oldingi tomonida (oral) ogTz teshigi joylashgan boTib, uning asosida esa 5-9 ta paypaslagichlari boTadi.
Bu paypaslagichlar gidra uchun ozuqa boTadigan kolovratkalami, tuban qisqichbaqasimonlarni va mayda hasharotlaming lichinkalarini, ba'zan esa baliqlarning mayda chavaqlarini ushlash uchun xizmat qiladi. Gidraning aboral- tovon qismidagi hujayralar yopishqoq yelimsimon modda ishlab chiqaradi. Uning yordamida gidralar substratga (suv oTlariga, mollyuskalar chig'anogTga) yopishadi.
69
22-rasm. G idra (Hidra oligactis) ning tuzilishi
A-bo'yiga kesmasi; B-ko’ndalang kesmasi; V-tana devorining bir qismi; G-epiteliy muskul hujayrasi: 1-ektoderma; 2-endoderma; 3-bazal membrana; 4-gastral bo'shliq; 5-epitelial-muskul hujayralar; 6-interstitsial (oraliq) hujayralar; 7- otiluvchi hujayralar; 8-nerv hujayralar; 9-endodermal epiteliy hujayralari; 10-bezli hujayralar; 11-og’iz teshigi; 12-og’iz qonusi;
!3-kurtak; 14-tovon; 15-tuxum hujayra; 16- erkaklik gonada.
Gidralar yarim o’troq hayot kechiradi, ba'zan «odimlab» yoki umbaloq oshib harakat qiladilar.
Gidra tanasining ko’p qismini tana bo'shlig'i egallagan. Bu bo’shliq gastra! bo’shliq deyiladi va yagona og’iz teshigi orqati tashqi muhitga ochiladi. Gastral bo’shliq paypas- lagichlar ichiga qarab davom etadi.
Og'izcha orqali gastral bo’shlig'iga doimo suv va oziq moddalari kelib turadi.
Gidraning tanasi va paypaslagichlari ikki qavat hujayralardan, tashqi ektoderma va ichki endodermadan iborat. Har ikkala qavat orasida strukturasiz dil-diroq modda- mezogliya va tayanch plastinka joylashgan.
Ektoderma hujayralari mayda va bir-biriga zich
70
joylashgan. Bu qavatda otiluvchi hujayralar bo’lib (23-rasm), bu hujayralar himoya va hujum qilish vazifasini bajaradi.
Otiluvchi hujayralar uch xil boMadi: penetrantlar, volventlar va glyutinantlar. Penetrantlaming shakli noksimon boMib, ichida otuvchi kapsula boMadi. Kapsula suyuqligida orqaga qayrilgan ilmoqchali mayda tukchalarga ega boMgan sanchiluvchi stilet boMadi.
Otuvchi hujayra ustida maxsus sezgir tukcha knidoseljoylashgan. Knidotsel 18 ta barmoqsimon o'simtalar- mikrovorsinkalar bilan o’ralgan xivchindan iborat. OMja yoki dushman xivchinga tegib ketganida xivchin mikrovor- sinkalarga tegib otuvchi hujayrani qo’zg’atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga nayzaga o'xshab sanchiladi.
* Kapsula ichidagi suyuqlik tola ichidagi nay orqali oMja tanasiga oqib o’tadi. Suyuqlik mayda hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otiluvchi hujayralar qayta tiklanmaydi. Uning o’rniga boshqasi hosil boMadi.
71
Volventlarning suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Otiluvchi hujay- ralar ayniqsa gidraning paypaslagichlarida ko’p bo’lib, to’p- to’p bo’lib joylashgan. Ektodermada otiluvchi hujayralardan tashqari epitelial-muskulli, interstitsiol va yulduzsimon nerv hujayralari joylashgan. Epitelial-muskulli hujayralarning qisqarishi natijasida gidraning tanasi kichrayadi yoki cho’ziladi. Interstitsial hujayralardan jinsiy va otiluvchi hujayralar hosil bo’ladi.
Endodermadagi hujayralar asosan ovqatni hazm qilish va maxsus bez hujayralaridan iborat bo’lib, butun gastral bo’shliqdan tortib og’iz teshigigacha qoplab oigan. Endodermal-epitelial hujayralarining gastral bo’shliqqa qaragan qismida 1-3 ta xivchinlari joylashgan. Endodermaning bez hujayralari ovqat hazm qilish shirasini to’g’ridan-to’g’ri gastral bo’shliqqa ajratib chiqarishi natijasida ozuqa hazm bo’Iadi. Hazm bo’lmagan ozuqa qoldiqlari suv bilan birgalikda og’iz orqali tashqariga
chiqariladi.
Gidralar jinssiz va jinsiy yo’I bilan ko’payadi!ar. Jinssiz ko’payishda kurtaklar hosil qiladi. Gidra tanasining o’rta qismida bo’rtma paydo bo’lib o’sadi, uhda og’iz teshik va paypaslagichlar rivojlanadi. Kurtak «ona» gidra hisobiga oziqlanadi. Keyin kurtak «ona» gidra tanasidan ajralib, mustaqil yashashga o’tadi. Kurtaklash usuli bilan ko’payish erta bahordan kech kuzgacha davom etadi. Kuzda sovuq kunlar yaqinlashishi va oziq moddalaming kamayishi natijasida jinsiy ko’payishga o’tadi. Jinsiy hujayralar ektodermadagi interstitsial hujayralardan hosil boMadi. Interstitsial hujayralaming ayrimlaridan tuxum hujayra, ba'zilaridan esa ko’p marta boMinish yoMi bilan sper- matazoidlar shakllanadi. Gidra tanasining jinsiy hujayralari hosil boMadigan qismi bo’rtib chiqadi. Tuxum hujayralari gidraning tovoniga yaqin joyda, spermatazoidlar esa ogMzga yaqin joyda hosil boMadi. Jinsiy hujayralar rivojlanadigan joy
72
jinsiy gonadalar deb ataladi. Tuxum hujayra gidra organizmida urugManib, usti qalin po’st bilan o’raladi. Shundan keyin «ona» gidra nobud boMadi. UrugMangan tuxum hujayra shu holatda qishlaydi. Bahorda ulardan yosh gidralar rivojlanadi. Gidralarning ayrim jinsli hamda germafrodit turlari mavjud.
Ishning bajarilishi: gidraning tashqi tuzilishini o’rganish uchun uning bittasini tomizgich bilan ushlab olib, soat oynasiga yoki buyum oynasiga suv bilan o’tkaziladi. Preparat mikroskopning kichik ob'ektivi va binokulyarda Qaralgandan so’ng gidraning turli xil harakatlari kuzatiladi. Gidraning ovqatlanishini kuzatish uchun 2-3 ta dafniya yoki siklop mavjud boMgan suv tomizgich yordamida gidra solingan soat oynasiga solinadi va gidra ulami qanday qilib tutib olishi kuzatiladi. Tayyorlangan preparatlardan gidraning uzunasiga va ko’ndalangiga kesmasini, ektoderma va endoderma hujayralarining farqini mikroskopning kichik va katta ob'ektivlari orqali kuzatib aniqlang hamda ular orasidagi tayanch plastinka-mezogliyani toping. Bo'yiga va ko’ndalangiga kesmalarining tasvirini hamda otiluvchi hujayralar Va kurtaklanayotgan gidraning rasmini chizing. Dengiz gidroid poliplari turkumining vakili-obeliyaning tuzilishini mustaqil o’rganing.