1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə24/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

13 - MASHG’ULOT
STSIFOMEDUZALARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Tip. Bo’shliqichlilar - Coelenterata Sinf. Stsifomeduzalar - Scyphozoa
Turkum. Diskomeduzalar - Semaeostomae Avlod. Aureliyalar - Aurelia
Tur. Dengiz laganchasi - Aurelia aurita
Ishning maqsadi: stsifomeduzalaming vakili dengiz laganchasining tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: formalinda fiksasiya qilingan ko’rgazmali materiallar, preparatlar, lupalar, mikroskoplar, binokulyarlar, ko'rgazmali vositalar, idishlar.
Ishning mazmuni. Dengiz laganchasi dengizlarda yashaydi, tana shakli soyabonsimon, uning diametri 20-30sm gacha boradi (24-rasm).

24-rasm. Aurelia aurita meduzasining tuzilishi


1-paypaslagichlar; 2-ropaliyalar; 3-oshqozon bo’shlig'i; 4-gastrovoskulyar sistemasining shoxlangan radiai kanalchaiari; 5-shoxlanmagan radial kanailar; 6-og’iz parraklari; 7-oshqozon xonalaridagi gastral ip; 8-halqasimon kanal.
75



Soyabonning chetida juda ko’p sonli paypaslagichlari mavjud. Paypaslagich halqasining oralig'ida sezuv, ko’rish, muvozanat organi hisoblangan tanacha-ropaliyalar joylashgan. Boshqa bo'shliqichlilarga o’xshab meduzaning tanasi ham ekto va endoderma qavatlaridan iborat. Soyabon- ning botiq qismining ostki tomonida 4 ta og’iz oldi paypaslagichlari, ularning o’rtasida esa to'rtburchakli og’iz joylashgan.
Paypaslagichlar ozuqani tutish uchun xizmat qiladi. Og’izdan keyin davom etadigan qisqagina tomoq oshqozonga borib qo'shiladi. Oshqozon bir-biridan parda bilan ajralgan 4 ta xona hosil qiladi. Oshqozon xonalaridan
8 ta shoxlangan va 8 ta shoxlanmagan radial kanallar boshlanib, ular soyabon chetidagi doirasmon radial kanalga borib qo’shiladi. Hamma kanallaming ichki yuzasi kiprikchali hujayralar bilan qoplangan. Bu kiprikchalaming harakati tufayli suv va oziq moddalar aureliyaning gastrovas- kulyar sistemasi bo'ylab doimo harakatlanib turadi. Bunda oziqa moddalar suv bilan birga shoxlanmaydigan kanallar orqali oshqozondan halqasimon kanalga, shoxlanuvchi kanallar orqali esa, aksincha teskari tomonga harakat qiladi. Demak, gastrovaskulyar sistemaning kanallari meduzaning ancha katta tanasini ozuqa bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari, suv meduzaning nafas olishi uchun kislorodning kirishi va qoldiq mahsulotlami tashqi muhitga chiqib ketishini ta'minlaydi.
Aureliya-dengiz laganchasi ayrim jinsli bo’lib, jinsiy bezlari gonadalar oshqozon xonalarining ostki yuzasida, ya'ni endodermadan hosil bo’ladi. Yetilgan jinsiy hujayralar aureliyaning og’iz teshigi orqali tashqariga chiqadi va og’iz oldi paypaslagichlari oralig'ida tuxum va spermatazoidlar qo’shilib, urug’lanish sodir boMadi (25-rasm).

76




7



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin