1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə25/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

25-rasm. Aurelia auritaning rivojlanish sikli
1-tuxum hujayra; 2-planula lichinkasi; 3-stsifistoma; 4-kurtaklanayotgan stsifistoma; 5-strobilyasiya (efiralaming hosil boMishi); 6-eflra; 7-jinsiy voyaga yetgan meduza.

Urug’langan tuxum hujayradan usti kiprikchalar bilan qoplangan planula lichinka chiqib suvda suzib yuradi, so’ngra old tomoni bilan dengiz tubidagi substratlarga yopishib, o’troq holda yashovchi-stsifistomaga aylanadi. Uning yuqori qutbida og’iz teshigi va og’iz atrofida 16 ta paypaslagichlar hosil bo’ladi. Keyinchalik stsifistomaning kurtaklanish yo’li bilan ko’payishi natijasida yangi stsifistomalar hosil bo’ladi. Stsifistomaning ko’ndalangiga bo’linishidan halqasimon bo’g’inlar-efiralar shakllanadi. Keyinchalik efiralar mustaqil ajralib chiqib, rivojlanishini davom ettiradi va etuk meduzalarga aylanadi. Shunday qilib, jinssiz o’troq holdagi stsifistoma bilan jinsiy erkin hayot kechiruvchi meduza bo’g’inlari gallanib turadi.


Ishning bajarilishi: aureliyaning tuzilishini o’rganish uchun uncha katta bo’lmagan meduza Petri idishiga solinadi va qora qog’oz ustiga qo’yilib qo’l lupasi yordamida kuzating. Radial kanallar va ropaliyalaming tuzilishiga
77



e'tibor bering. Aureliyaning soyabonsimon tanasining ostki tomonini yuqoriga qaratib, og’iz oldi paypaslagichlari va og’iz teshigini toping. Aureliyaning tuzilishi va rivojlanishi bosqichlarini o’rganing.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Ropaliyalar stsifomeduzalarda nima vazifa bajaradi? A.Muvozanat saqlash; B.Oziqlanish; S.Nafas olish; D.Himoyalanish;
2. Gidroid poliplar koloniyasining qaysi qismida meduzalar hosil bo'ladi?
A.Blastostel; B.Gidrant; S.Nektofor; D.Gidroteka;
3.StsifomeduzaIar jinsiy bezlari qayerda joylashgan?
A. Oshqozon devorida; B. Ropaliyalarda; S. Paypas- lagichlarda; D. Og’izparraklarida;
4. Quyidagi berilgan sinflaming qaysi biri bo'shliqichlilar tipiga tegishli?
A. Xivchinlilar, kipriklilar, marjon poliplar; B. Stsifo- meduzalar, gregarinalar, opalinalar; S. Gidrasmonlar, stsifomeduzalar, marjon poliplar; D. Turbellariya, gidrasmonlar, zuluklar;
5. Kovakichlilaming qaysi biri doimiy o’troq holda yashay- di?
A. Gidralar; B. Meduzalar; S. Stsifomeduzalar; D. Marjon poliplar;
6. Riflar kovakichlilarning qaysi biridan hosil bo’ladi?
A. Gidralardan; B. Marjon poliplardan; S. Stsifome- duzalardan; D. Meduzalardan;
7. Gonadalar nima?
A. Paypaslagichlar; B. Kovakichlilaming gavda bo’shligi;
S. Embrion qavatlar; D. Jinsiy hujayralar yetilib chiquvchi organ;
78



A. Bulutlarda; B. Nemertinlarda; S. Kovakichlilarda;
D. Monogenetik so’rg'ichlilarda;

8. Quyidagi hayvonlarning qaysi birida planula lichinkasi boMadi?


A. Bo'shliqichlilarda; B. Bulutlarda; S. Oq planariyada;
D. Halqali chuvalchanglarda;

Mustaqil ish uchun topshiriqlar


1. Stsifomeduzaning tuzilishidagi murakkabliklami aniq- lang.


2. Marjon poliplar qanday tuzulishga ega.
3. Marjon poliplar qanday ahamiyatga ega.
4. Sifomeduzaning tuzulishi, rivojlanishi va ko'payishi aks ettirilgan rasmlarni chizing.

14 - MASHG’ULOT


OQ PLANARIYA MISOLIDA KIPRIKLI CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI
Tip. Yassi chuvalchanglar - Plathelminthes Sinf. Kiprikli chuvalchanglar - Turbellaria Turkum. Uch shoxlilar - Tricladida
Avlod. Planariyalar - Planaria
Tur. Oq planariya - Dendrocoelum lacteum
0 ’quv mashg’ulotining maqsadi: yassi chuvalchang- larning erkin yashovchi yirtqich vakillaridan oq planariya- ning tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihoziar: oq planariya yoki undan tayyorlangan preparatlar, soat oynasi, buyum va qoplag’ich oynalar, tomizgichlar, ninalar, ko'rgazmali vositalar, mikroskop va binokulyarlar.
Ishning mazmuni. Oq planariya sekin oqar, unchakatta
79



bo’lmagan daryolar va boshqa chuchuk suv havzalaridagi toshlar tagida, suv o’simIiklari bargining ostki tomonida yashaydi. Tanasi yassi, bargsimon, bo’yiga qarab cho’zilgan bo'lib, uzunligi 2-3 smdan iborat. Bosh qismining ikkala yon tomonida ikkita qisqa o’simtaIar-paypaslagichlar joylashgan. Tanasi silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qoplangan (26-rasm).

26-rasm. Oq planariyaning teri-muskul xaltasining tuzilishi


1-kiprikli epiteliy; 2-halqasimon muskullar; 3-qiyshiq muskullar; 4-bo’ylama muskullar; 5-dorzaventral muskullar; 6-parenxima hujayra; 7-rabditIar hosil qiluvchi hujayralar; 8-rabditIar; 9-bir hujayrali bezlar.
Epiteliy hujayralari orasida bir hujayrali bezlar va himoya vazifasini bajaruvchi rabditlar deb ataluvchi tanachalar joylashgan.
Epiteliyning asosida bazal parda mavjud. Planariyaning teri-muskul xaitasi rivojlangan bo’lib, unda turli xil muskullar (xalqali, qiyshiq, diagonal, dorzoventral) joylash- gan. Shuning uchun ham ularning tanasi kuchli qisqarish va cho’zilish xususiyatiga ega. Boshining yelka tomonida ikkita qora nuqta ko’zchalar bo’lib, qorin tomonining o’rtasida esa og’iz teshigi joylashgan. Planariyaning ovqat hazm qilish
80



sistemasi oldingi va o’rta uchi berk ichakdan iborat. Og’iz teshigi kuchli muskulli tomoqqa ochiladi, tomoq esa uchta ko’r o’simtali (uchlari yopiq) ichak bilan tutashgan.
Ichakning biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi esa halqumning ikki yon tomonidan orqaga qayriiib ketadi. Har bir asosiy tarmoq yana uchlari berk shoxchalarga boMinib ketadi. Planariya yirtqich hisoblanib, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularda orqa chiqaruv (anal) teshigi mavjud bo'lmay, hazm bo’lmagan oziq moddalar og’iz teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda birinchi marta paydo bo’lgan. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan bo'lib, ikkita yoki bir nechta naylardan iborat bo’ladi. Bu naylar parenximaga juda ko’p naychalar tarqatadi va ular ko’p marta shoxlanib, juda ingichka naychalami hosil qiladi. Naychalarning uchki qismida yulduzsimon hujayralar joylashgan bo’lib, ulaming ichida bir boylam kiprikchalar bo’ladi. Kiprikchalarning harakati yonib turgan shamning miltillashini eslatadi. Kiprikchalar silkinib ayirishning suyuq mahsulotlarini naychalarga chiqaradi. Naychalaming oqimi bitta yo’g’onroq nayga borib birlashadi va bu nay tananing oxirgi uchida ayirish teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Oq planariyaning nerv sistemasi bosh tomonga yaqin joylashgan nerv tuguni va undan pastga qarab yo’nalgan nerv tolalaridan iborat. Bu nervlar ko’ndalang komissurlar orqali bir-biri bilan qo’shiladi.
Oq planariya ikki jinsli (germafrodit) bo’lib, faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinsiy organlar sistemasi murakkab tuzilgan (27-rasm).
Erkaklik jinsiy organlari parenximada joylashgan juda ko’p mayda urug’donlar, urug’ chiqaruvchi naychalar va
- tananing ikki yonida joylashgan yirik umg’ yo’llaridan iborat. Ikki umg’ yo’li qo’shilib, urug’ to’kuvchi nayni hosil qiladi.

81




27-rasm. Oq planariyaning jinsiy sistcmasining tuzilishi
1-urug’donlar; 2-urug’ chiqaruvchi kanalcha; 3-urug’ yoMIari; 4-qo’shilish xaltasi; 5-qo’shilish organi; 6-bezli organ; 7-kapulyativ xalta; 8- kapulyativ xalta kanali; 9-jinsiy klaoka; 10-tuxum yoMining toq kanali; 11-tuxumdon; 12-sariqlik bezlari; 13-tuxum yo'li.
Urg’ochilik jinsiy sistemasi ikkita tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan tuxum yoMlari, jinsiy qin va juda ko’p sariqdonlardan tashkil topgan. Har ikkala jinsiy sistemaning yo’li ham kloakaga ochiladi. Ko’payish vaqtida ikkala chuvalchang qo’shilib spermatazoidlar almashtiradi. UrugMangan tuxum hujayralari maxsus pillaga o’ra!gandan so’ng ulami suvdagi turli xil substratlarga yopishtirib qo’yadi. Ma'lum vaqtdan so’ng pillalardan lichinka tashqi muhitga chiqadi. Oq planariyaning qon aylanish va nafas olish sistemalari mavjud emas.
Ishtting bajarilishi: oq planariyani soat oynasidagi bir tomchi suvga joylashtirilib binokulyar yoki qo’l lupasi yordamida uning harakatini kuzating. Planariya tanasiga nina tekkizilganda uning qisqarishiga va sekin-asta yana oldingi holiga qaytishiga e'tibor bering. Binokulyar yordamida planariya ichagining uchta shoxchasini toping. Agar tirik planariya bo’lmasa, u holda planariyaning bo’yalgan tayyor
82



mikropreparatlaridan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, oq planariyaning umumiy ko’rinishi, ovqat hazm qilish va nerv sistemalarining sxematik tuzilishini o’rganing.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin