Ishning bajarilishi: tufyelkali suv namunasidan (sun’iy ravishda ko’paytirilgan tufyelka lar) bir tomchisini tomizgich bilan buyum oynasi ustiga tomizib, mikroskopning kichik ob’ektivi bilan qarang. Bunda har tomonga harakat qilayotgan tufyelkalarni ko’rasiz. Tufyelkalar harakatini to'xtatish uchun tomchining ustiga bir necha paxta tolasini qo’yib, qoplag’ich oyna bilan yoping. Tomchidagi ortiqcha suvni filtr qog’oz bilan shimdirib olingandan keyin tufyelka-
58
ning harakati sekinlashadi. Harakati to’xtagan tufyelka lardan birini mikroskopning katta ob’ektivida kuzating. Avvalo tufyelka kiprikchalarining harakatini, peristomning oldida hosil boMadigan suv oqimini va tananing oldingi, keyingi qismlarida joylashgan qisqaruvchi vakuolalaming faoliyatiga diqqatingizni qarating. Tufyelka ning ovqat hazm qilish vakuolalarini o’rganish uchun mashg’ulot boshlanishidan 30- 40 daqiqa oldin soat oynasiga infuzoriyali suv namunasidan olib, biroz qizil qongo bo’yog’i aralashtiriladi. Bakteriyalar bilan birga tufyelka uni ham iste'mol qiladi. Natijada, hazm qilish vakuolalari rangli bo’lib ko’rinadi. Shunday yo’1bilan tayyorlangan suyuqlikdan bir tomchisi tomizgich bilan buyum oynasiga o’tkaziladi. Uning usti qoplag’ich oyna bilan yopilib, tufyelka ning hazm organlari kuzatiladi. Tufyelka ning yadrosini va trixotsistlarning otilib chiqishini o’rganish uchun buyum oynasi ustiga infuzoriyali suv namunasidan bir tomchi olinadi, unga sirka kislotasi eritmasi bilan metil yashilning suv bilan aralashtirilgan eritmasi bir tomchi tomiziladi. Keyin qoplag’ich oyna bilan yopib, mikroskopda kuzating. Kislota ta'sirida infuzoriyalar trixotsistlarini otib chiqaradi va o’zlari halok boMadi. Metildan yashil esa tufyelka ning yadrosini yashil rangga bo’yaydi.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni
baholang
1. Quyidagi sodda hayvonlaming qaysi birida ikki xil yadro boMadi?
A. Evglena; B. Tufyelka; S. Oddiy amyoba; D. Koksidiya;
2. Quyidagi sodda hayvonlardan qaysi biri geterotrof qism oziqlanuvchi hisoblanadi?
A. Yashil evgelena; B. Volvokslar; S. Yoqasimon yashil xivchinlilar; D. Tufyelka;
3. Trixotsistlar sodda hayvonlami qaysi birida uchraydi?
59
A. Amyobalarda; B. Foraminiferalarda; S. Gregarinalarda;
D. Infuzoriyalarda;
4. Infuzoriyalarga xos hujayra organoidlarini ko’rsating? A.Trixotsistlar; B.Xromotofor; S.Stigma; D.Kinetoplast;
5. Qaysi tip sodda hayvonlar evolyutsiyasining yuqori pog’onasida turadi?
A.Infuzoriyalar; B.Sarkodalilar; S.Xivchinlilar; D.Knidos- poridiyala;
6. Infuzoriyaning pellikylasi necha qavatli va necha membranali?
A. 1 qavatli 2 membranali; B. 2 qavatli 2 membranali;
S. 3 qavatli 4 membranali; D. 4 qavatli 6 membranali;
7. Infuzoriya tanasining muayyan shaklini, ya’ni tayanch skelet funksiyasini nima o’taydi?
A. Elastik pellikula; B. Pellikuladagi tolalar; S. Sirtidagi kiprikchalar; D. Kiprikchalar;
8. Lokomotor funksiyasini bajaruvchi a’zo?
A. Kinetosoma; B. Trixosist; S. Fibrilla; D. Kiprikchalar;
9. Infuzoriyaning hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari nima orqali tashqi muhitga chiqaziladi?
A. Og’iz; B. Hazm qiluvchi vakuola; S. Qisqaruvchi vakuola;
D. Poroshisa;
10. Taqasimon makronukleusga ega bo’lgan infiizoriyani aniqlang?
A. Tifelka; B. Suvoyka; S. Karnaychi; D. Barchasi to’g’ri;
11. Endimitoz nima?
A. Yadro bo’linmasdan xromasomalar sonining ortishi;
B. Yadro bo’linib, xromasomalar sonining ortishi; S. Xro- masomalarning ingichkalashib qolishi;
D. To’g’ri javob yo’q;
60
12. Polintomiya nima?
A. Sista ichida ketma-ket bo'Iinish; B. Ko’ndalangiga bo’linish; S. Jinsiy yo’I bilan ko’payish; D. Jinssiz yo’l bilan ko’payish;
13. Odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiluvchi infuzoriyani aniqlang?
A. Ixtioftirius; B. Trixodina; S. Spirostomium; D. Balantidiy;
14. Odam ichagidagi parazitlik qiluvchi infuzoriya nima hisobiga oziqlanadi?
A. Ichak epiteliysi; B. Eritrositlar; S. Ichakda hazm boMayotgan ozuqa; D. Barchasi to’g’ri;
15. So’ruvchi infuzoriyalami aniqlang?
A. Stentor; B. Spirostomium; S. Sphaerophrya; D. Balan- tidium;